Shamsieva Zilola Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Buxoro vohasi nikoh to‘yi marosimlari an’anaviy tizimi va transformatsiyasi”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1513
Ilmiy rahbar: Kurbanova Manzila Bakievna, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Mavlyuda Xamzaevna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent, Vaxobov Botirali Mixailovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro nikoh to‘yi marosimlari an’anaviy tizimi, genezisi va tarixiy-tadrijiy rivoji, ularning o‘ziga xos etnik xususiyatlari va transformatsiya jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro vohasining an’anaviy nikoh to‘ylari tizimidagi kelin tanlash (toj. “duxtarbini”), sovchilik (toj. “xo‘skori”), non sindirish (toj. “nonshikanon”), oqliq kesish (toj. “parchaburon”), javobberdi, ro‘molberdi, hayitlik etish (toj. “iydi”, “iydonabari”), “fotiha to‘yi”, “raxturdi” (toj. “raxtzanon”), “chimildiq” (toj. “chimiliq”), nahorgi osh (toj. “oshi padari” yoki “padaroshi”) joyyig‘di (toj. “joyg‘undoron” yoki “ro‘ybinon”), kuyovning qizning oilasi tomonidan to‘ydan keyin ilk marotaba mehmon sifatida chaqirilishi (toj. “dommotsalom”), kelinning qarindoshlar tomonidan mehmonga ilk marotaba chaqirilishi (toj. “kelintalbon”) kabi marosimlarning an’anaviy o‘tkazilish tartiblari va ulardagi transformatsiya jarayonlari, vazifaviy xususiyatlari etnolokal jihatdan o‘rganilgan;
zamonaviy jamiyatda aholi ma’naviy ongining o‘sishi, g‘arb madaniyatining shiddat bilan kirib kelishi tufayli nikoh to‘yi marosimlarining tashkil etilishi sohasida kuzatilayotgan transformatsiyalashuv jarayonlari globallashuv, migratsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli madaniyatlararo nikohlarning oshib borayotganligi voha kesimida ilk marotaba ilmiy jihatdan tahlil qilingan;
nikoh to‘yi marosimlarida bugungi kunda ommalashib borayotgan “love story” (“sevgi tarixi”), to‘ydan oldin fotosessiyalar, “marry me”, “bride me” fleshmob (guruh bo‘lib to‘satdan raqsga tushish) lar kabi “yangicha” urflarning nikoh to‘yi marosimlarida keng ommalashayotganligi, o‘z navbatida qadriyatlar, milliy madaniyatimizga mensimay qarashni kuchaytirayotganligi, milliy identiklikdan begonalashuv, tarixga, milliy o‘zlikka, ajdodlardan meros milliy an’analarga hurmatsizlik bilan qarashga sabab bo‘layotganligi voha misolida tanqidiy tahlil qilingan;
Buxoro vohasi zamonaviy nikoh to‘yi marosimlarida ayrim hollarda haddan tashqari isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilayotganligi, ya’ni to‘y dasturxoni, kelin-kuyov kiyim-kechaklari, to‘yxona-restoranlar, to‘ylarni tashkillashtirishda katta mablag‘ sarflanishi singari ortiqcha xarajatlar oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, oilaviy turmushiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy-maishiy turmushda ko‘payib borayotgan oilaviy mojarolar va hatto, ajrimlarga olib kelayotganligi, bu borada O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat siyosati, shu jumladan, “Oqilona iste’mol” davlat dasturida keltirilgan to‘y ma’rakalarini o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov va ta’qiqlar voha misolida birinchi marta ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Buxoro vohasi nikoh to‘yi marosimlari an’anaviy tizimi va transformatsiyasi” mavzusi boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Buxoro vohasining an’anaviy nikoh to‘ylari tizimidagi kelin tanlash (toj. “duxtarbini”), sovchilik (toj. “xo‘skori”), non sindirish (toj. “nonshikanon”), oqliq kesish (toj. “parchaburon”), javobberdi, ro‘molberdi, hayitlik etish (toj. “iydi”, “iydonabari”), “fotiha to‘yi”, “raxturdi” (toj. “raxtzanon”), “chimildiq” (toj. “chimiliq”), nahorgi osh (toj. “oshi padari” yoki “padaroshi”) joyyig‘di (toj. “joyg‘undoron” yoki “ro‘ybinon”), kuyovning qizning oilasi tomonidan to‘ydan keyin ilk marotaba mehmon sifatida chaqirilishi (toj. “dommotsalom”), kelinning qarindoshlar tomonidan mehmonga ilk marotaba chaqirilishi (toj. “kelintalbon”) kabi marosimlarning an’anaviy o‘tkazilish tartiblari va ulardagi transformatsiya jarayonlari, vazifaviy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi tadbirlarini tashkil etish uchun foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 1-apreldagi 14-07-22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro vohasining an’anaviy nikoh to‘ylari tizimidagi ko‘plab marosimlarning o‘tkazilish tartiblari, vazifaviy xususiyatlari haqidagi materiallar ilmiy jamoatchilikka etkazildi;
zamonaviy jamiyatda aholi ma’naviy ongining o‘sishi, g‘arb madaniyatining shiddat bilan kirib kelishi tufayli nikoh to‘yi marosimlarining tashkil etilishi sohasida kuzatilayotgan transformatsiyalashuv jarayonlari globallashuv, migratsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli madaniyatlararo nikohlarning oshib borayotganligihaqidagi tahlillardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Sayyor dars”, “Tarixiy savol” va “Etno” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 1-aprel 01-33/202- son ma’lumotnomasi). Bu esa vohaning nikoh to‘yi marosimlari bilan bog‘liq o‘ziga xos etnolokal an’analaridan keng jamoatchilikning yaqindan xabardor bo‘lishi uchun xizmat qilgan;
nikoh to‘yi marosimlarida bugungi kunda ommalashib borayotgan “love story” va “marry me” kabi “yangicha” urflarning nikoh to‘yi marosimlarida keng ommalashayotganligi, buning o‘z navbatida qadriyatlarimiz, milliy madaniyatimizdan uzoqlashuv, milliy identiklikdan begonalashuv, tarixga, milliy o‘zlikka, ajdodlardan meros milliy an’analarga hurmatsizlik bilan qarashga sabab bo‘layotganligi haqidagi tanqidiy fikrlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. Bu esa o‘z navbatida ushbu urflarga bo‘lgan munosabatning salbiy oqibatlari haqida keng ommaga ma’lumot berishda alohida o‘rin egalladi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 1-apreldagi 10/163-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar yoshlarning milliy an’analar borasidagi dunyoqarashlarini kengaytirishga, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni to‘g‘ri tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqarishga ko‘maklashish barobarida, milliy-madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga sabab bo‘ldi;
Buxoro vohasi zamonaviy nikoh to‘yi marosimlarida ayrim hollarda haddan tashqari isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilayotganligi, ya’ni to‘y dasturxoni, kelin-kuyov kiyim-kechaklari, to‘yxona-restoranlar, to‘ylarni tashkillashtirishda katta mablag‘ sarflanishi singari ortiqcha xarajatlar oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, oilaviy turmushiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy-maishiy turmushda ko‘payib borayotgan oilaviy mojarolar va hatto, ajrimlarga olib kelayotganligi, bu borada O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat siyosati, shu jumladan, “Oqilona iste’mol” davlat dasturida keltirilgan to‘y-ma’rakalarini o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov va ta’qiqlar haqidagi tahlillardan Buxoro davlat universiteti xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Oila va baxtli hayot” davra suhbatlarida muhokamalar jarayonida amalda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 22-apreldagi 04-02/140-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu davra suhbatlari nikoh to‘yi marosimlarini ixcham, dabdabasiz o‘tkazish haqida yoshlarga batafsil ma’lumot berishda alohida ahamiyat kasb etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish