Erkaeva Barno Abduraximovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada tarixiy-madaniy turizm xizmatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Ismatullaev Jasurbek Anvarovich Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Raximov Anvar  Nurimovich Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Abduvohidov Ma’murjon Avazxon o‘g‘li iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. mintaqada tarixiy-madaniy turizm xizmatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: noyob tarixiy-madaniy turizm obektlarining tanilganlik darajasi, tashriflar oqimi hamda turistlarda yuzaga keladigan hissiy ta’sir intensivligi mezonlari bo‘yicha alohida baholash asosida “hayrat uyg‘otish muhiti”ning “o‘rta” (30–70%; 10 000–50 000 kishi/yil; 4–7 ball) va past (mos ravishda <30%; <10 000 kishi/yil; <4 ball) darajasidagi obektlarda mahalliy hunarmandchilik va hissiy tajribalarga asoslangan interaktiv ishtirokni rag‘batlantiruvchi xizmatlarni rivojlantirish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida meros resurslari bo‘yicha turistik talab va taklif nisbatini ifodalovchi muvozanat indeksi (BI=D/S) asosida BI<1-etarli foydalanmaslik, BI≈1-muvozanat va BI>1-ortiqcha yuklanish holatlariga mos ravishda hududiy turizmni differensial boshqarish taklifi ilmiy asoslangan;
takomillashtirilgan uslubiy yondashuvga ko‘ra, tarixiy-madaniy turizm obektlari va xizmatlarining yagona qiymat zanjiridagi funksional rollarini obekt daromadining umumiy zanjirdagi ulushi 5–15%, xizmatlar ulushi 10–25% da, raqamli platformadagi vaqt-parametrik marshrutlash uzunligini 30–120 km, umumiy vaqtni 1,5–6 soat va 4–12 ta to‘xtash nuqtasiga, hamda mahalliy tajriba paketlari o‘rtasidagi bog‘liqlik zanjiri elementlari kesimida har bir elementning ta’sir koeffisienti 0,3–0,8, talab elastikligi 0,2–0,5 orqali turizm samaradorligiga ta’sirini miqdoriy baholash ilmiy asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida tarixiy-madaniy turizm obektlari soni hamda xorijiy va mahalliy turistlar oqimining o‘zgarish dinamikasi vaqt qatorlari trend modellari yordamida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada tarixiy-madaniy turizm xizmatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
noyob tarixiy-madaniy turizm obektlarining tanilganlik darajasi, tashriflar oqimi hamda turistlarda yuzaga keladigan hissiy ta’sir intensivligi mezonlari bo‘yicha alohida baholash asosida,  ilk bor fenomenal, filtrlovchi va tajribaviy meros muhitlari o‘zaro uyg‘unligida, tizimli hamda integratsiyalashgan yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 09-11/4625-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish mexanizmi asosida mehmonxona, transport, ovqatlanish va gid xizmatlari integratsiyasi takomillashtirilib, hududda turistik xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilgan;
meros resurslari bo‘yicha turistik talab va taklif muvozanati indeksidan Qashqadaryo viloyati hududlari “ortiqcha yuklanishga ega”, “muvozanatli” va “etarli foydalanilmaslik” holatlari bo‘yicha uch toifaga guruhlandi, viloyatda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish samaradorligi hududiy KPI-indikatorlar tizimi asosida real sonlar bilan kompleks baholash hamda ularga mos ravishda turizmni differensial boshqarish  chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 09-11/4625-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijaning hisob-kitoblari asosida   viloyatda raqamlashtirilgan obektlar ulushini 90 foizga, onlayn bronlash ulushini 60 foizga, turist qoniqish indeksining 85 foizga, DXSh loyihalarini 10 tagacha, restavratsiya qilingan obektlar ulushini 80 foizga va turizmda band aholi ulushini 8 foizga yetkazish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar  belgilanishiga asos bo‘lgan.  Natijada hududiy turistik xizmatlar samaradorligini monitoring qilish mexanizmi ishlab chiqilib, onlayn bronlash, servis sifati va turist qoniqish darajasini oshirishga xizmat qilgan; 
tarixiy-madaniy turizm obektlari va xizmatlarining yagona qiymat zanjiridagi daromadining umumiy zanjirdagi ulushi asosida har bir elementning ta’sir koeffisientidan kelib chiqib kompleks baholash haqidagi taklifidan Qashqadaryo viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar tomonidan amaliy qarorlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 09-11/4625-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm salohiyatini kompleks baholash natijalari xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari  8 950 tadan 15 800 taga etishiga, servis infratuzilmasini kengaytirilishiga va turizm eksporti hajmini 18 mln AQSh dollaridan 58 mln AQSh dollarigacha ortishiga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida madaniy meros obektlari soni va turistlar oqimini o‘zgarishining ekonometrik modeli va 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlaridan  turizm xizmatlari ko‘rsatkichlarini rejalashtirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 09-11/4625-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ekonometrik model turistik xizmatlar bozorida talab, turistlar oqimi va xizmatlar hajmini prognozlashda qo‘llanilib, xizmat ko‘rsatish sohasini strategik rejalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish