Choriev Sanjar Hamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda adabiyot va san’at tarixi (Surxondaryo viloyati misolida, 1920 -1990 yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1254
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, professor; To‘raeva Matluba Xoliqulovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda adabiyot va san’at tarixi (Surxondaryo viloyati misolida, 1920-1990-yillar) ni o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vohada sovet hokimiyati tomonidan dastlabki yillarida kommunistik mafkura siyosati tufayli milliy siquvga olingan milliy adabiyot va san’at xodimlari faoliyati ilk bor arxiv hujjatlari va e’lon qilinmagan qo‘l yozmalar hamda “eski o‘zbek tili”, “lotin tili” va dastlabki rus-kiril yozuvida chop etilgan adabiyotlar asosida aniqlangan va ularni milliy madaniyatga qo‘shgan xizmatlariga oid ma’lumotlar asoslab berilgan;
voha misolida ilk bor o‘zbek adabiyoti va san’at namoyondalari vakillari aniqlanib, ularning asarlari va ijodiy izlanishlari, milliy manfaatlarni badiiy va san’at yo‘nalishida milliy o‘zlikni himoya qilishga doir harakatlari, ijod-ahliga nisbatan tazyiqlar, surgun va qatag‘on qilinganlar hayoti va ilk ijod namunalariga doir ma’lumotlar yoritib berildi;
sovet hokimiyatini mustahkamlash, kommunistik mafkuraga mos yangi adabiyot va san’at namoyondalari shakllantirish borasidagi urinishlar, sotsializm manfaatlariga xizmat qilayotgan ishchi, dehqon, chorvadorlardan qahramonlari “qiyofasi”ni badiiy talqinda yaratishga doir ma’lumotlar xolisona bayon etildi;
urushdan keyingi yillarda adabiyot va san’at sohasini mafkuraviy jihatdan “tozalash”, davlat manfaatlariga tahdid soluvchi “guruhbozlikni” tugatish, pioner, komsomol, kommunist, “besh yillik zarbdori”, “Sifat belgisi” kabi shaxslar va siyosiy shoirlarni olqishlovchi asarlar yaratishga majburlash, shunday og‘ir vaziyatga qaramay o‘zligini yo‘qotmagan ijod ahlining matonati ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda adabiyot va san’at tarixi (Surxondaryo viloyati misolida, 1920-1990 yillar) mavzusini o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida:
vohada sovet hokimiyati tomonidan dastlabki yillarida kommunistik mafkura siyosati tufayli milliy siquvga olingan milliy adabiyot va san’at xodimlari faoliyati ilk bor arxiv hujjatlari va e’lon qilinmagan qo‘l yozmalar hamda “eski o‘zbek tili”, “lotin tili” va dastlabki rus-kiril yozuvida chop etilgan adabiyotlar asosida aniqlangan va ularni milliy madaniyatga qo‘shgan xizmatlariga oid ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysi tayyorlanganligi rasmiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-maydagi 06-48-994-sonli hujjati). Mazkur ko‘rsatuvda, o‘zbek adabiyoti va san’at namoyondalari vakillari aniqlanib, ularni asarlari va ijodiy izlanishlari, milliy manfaatlarni badiiy va san’at yo‘nalishida milliy o‘zlikni himoya qilishga doir harakatlari, ijod-ahliga nisbatan tazyiqlar, surgun va qatag‘on qilinganlar hayoti va ilk ijod namunalariga doir ma’lumotlarni yoritishga xizmat qildi;
voha misolida ilk bor o‘zbek adabiyoti va san’at namoyondalari vakillari aniqlanib, ularning asarlari va ijodiy izlanishlari, milliy manfaatlarni badiiy va san’at yo‘nalishida milliy o‘zlikni himoya qilishga doir harakatlari, ijod-ahliga nisbatan tazyiqlar, surgun va qatag‘on qilinganlar hayoti va ilk ijod namunalariga doir ma’lumotlar dan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 9-iyundagi 03-22/566-son ma’lumotnomasi). Natijada, vohada ilk bor aniqlangan o‘zbek adabiyoti va san’at namoyandalari, ularning ijodiy merosi hamda siyosiy tazyiqlar, surgun va qatag‘onlarga oid ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritilib, ular asosida hududda milliy tarixiy xotirani tiklash, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash va targ‘ibot faoliyatining samaradorligini oshirishga erishildi.