Sadikova Asilaxon Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Sog‘lom turmush tarzi ma’naviy barkamollik omili (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal508
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shermuhamedova Nigina Arslanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc) professor; Azamat Muxtorov falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘lom turmush tarzining ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyatini tahlil qilish va uning shaxs ma’naviy barkamolligining shakllanishidagi o‘rnini nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
salomatlikning umuminsoniy qadriyat sifatidagi mazmuni fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy mexanizmi ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslandi hamda uni asrash va saqlashda moddiy va ma’naviy omillar uyg‘unligiga tayangan dialektik yondashuv zarurligi ilmiy asoslangan;
jamiyatda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning konseptual asoslari ma’naviy barkamol inson tamoyillari-barkamol shaxs, komil inson g‘oyasi, milliy va diniy qadriyatlar hamda odob-axloq mezonlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
aholini ommaviy sport mashg‘ulotlariga jalb etish va sog‘lom turmush tarziga tizimli rioya qilish mexanizmlari orqali organizmni chiniqtirish, zararli odatlardan (chekish, alkogol va narkotik moddalarni iste’mol qilish) tiyilish uzoq umr ko‘rishning substansial asosi ekanligi ilmiy-amaliy jihatdan aniqlangan;
sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda davlat siyosatining ustuvorligi shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, qishloq vrachlik punktlari, yangi tipdagi birlamchi davolash-profilaktika muassasalari faoliyati, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni byudjet hisobidan davolash hamda milliy farmatsevtika tizimini shakllantirish misolida ochib berildi va mazkur faoliyat inson qadrini himoya qilishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘lom turmush tarzi ma’naviy barkamollik omili mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
salomatlik umuminsoniy qadriyat sifatida demokratik jamiyat rivojlanishining ustivor yo‘nalishi bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlarida uni asrash va saqlashning moddiy va ma’naviy usullaridan foydalanishda insonning o‘z hayoti umrguzaronligini ta’minlashga oqilona yondashuvni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy ahamiyatiga oid g‘oyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari, xususan “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” va “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” tadbir Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 15-fevraldagi 01/124-3 sonli dalolatnomasi). Natijalar aholining salomatligiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratishning odamlar ongida sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning kundalik faoliyat darajasiga etkazishning singdirilishiga xizmat qilgan;
aholini ommaviy sport mashg‘ulotlariga jalb qilish, sog‘lom turmush tarziga tizimli rioya qilishning mexanizmlarini ishlab chiqish xalqning ma’naviy boyligi sifatida avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlash mamlakat aholisi umr ko‘rishining umumiy o‘rta yoshini oshirish imkoni ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi 2023 iylga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Rejasini ishlab chiqishda folydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 25-fevraldagi 02/44-10 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar barcha hududlarda sport maydonchalarini tashkil etish va ularda aholining turli qatlamlarining jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini ommalashuviga xizmat qilgan;
Sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishining ko‘ptarmoqli shoshilinch tibbiy yordam, qishloq vrachlik punktlari, yangi tipdagi birlamchi davolash profilaktika muassasalari, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga davlat byudjeti hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish, milliy farmatseftika tizimini yaratishda namoyon bo‘lishi va bu faoliyat inson qadri himoyasini ta’minlashga yo‘nalganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston respublikasi Yoshlar Agentliginig respublika yoshlari ongiga sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilishga oid o‘tkazilgan “Biz, yoshlar - sog‘lom turmush tarzini qo‘llaymiz” nomli tadbir ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Agentliginig 2023-yil 28-sentyabrdagi 1-15-21-2712 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning ma’naviy barkamollikdagi o‘rnini asoslashga doir tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
sportning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishdagi roli va dunyoda tinchlikni saqlash, ijtimoiy hamkorlik, madaniyatlar dialogining vositasi sifatidagi ahamiyati ochib berilgan va yoshlarni sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan Germaniya federative respublikasi Bremen shahridagi “Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ilmiy tadqiqot markazida “Fuqarolarnining ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini tizimli tashkil etish” nomli tadqiqot doirasida foydalanilgan (Germaniya 2023-yil 03/03 dagi 28207-son ma’lumotnomasi). Natijalar ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda inson salomatligining o‘rni va roli, uni mustahkamlash taraqqiyot omili ekanini tushunishga xizmat qilgan.