Dolgova Irina Evdokimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini prognozlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt684.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Baxtiyor Tadjievich – Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilyos Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bayxonov Bahodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini prognozlashning metodologik yondashuvlarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni inson hayoti uchun zarur mahsulotlarni ilmiy asoslangan me’yorlarda iste’mol qilish imkonini ta’minlovchi, turli aholi guruhlari uchun jins, yosh va ijtimoiy holatni hisobga olgan holda “oziq-ovqat savatlari” hamda ular asosida “iste’mol savatlari” tarkibi va qiymatini hisoblash va hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati asosida takomillashtirilgan;
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik darajalarini prognozlash uslubi mazkur holatning xalqaro amaliyotga muvofiq talqini asosida “yuqori” (0,75–1,00), “barqaror” (0,55–0,74), “mo‘tadil beqaror” (0,40–0,54), “inqirozli” (<0,40) xavfsizlik darajalariga tasniflash asosida takomillashtirilgan;
fuqarolarning nogironligi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar ishlovchi pensionerlarning mehnat staji va pensiyalarini har ikki yilda qayta hisoblash tartibini joriy etish orqali ularning ijtimoiy himoyasini oshirish, ularni davlat manfaatlari yo‘lida faol mehnat qilishga rag‘batlantirish hamda mehnat resurslari etishmasligi muammosini hal etish bo‘yicha taklif asoslangan;
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning chegaraviy qiymatlari asosida “xavfsizlik ta’minlangan”, “inqiroz oldi holati”, “tahdidli holat” mezonlariga mos keluvchi xavfsizlik darajalarini to‘plangan ball (tegishli ravishda 30–40; 20–29; ≤19) hamda foiz ko‘rsatkichlari (tegishli ravishda 75–100; 50–74; ≤49) orqali ifodalash asosida prognozlash natijalarining aniqligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ifodalovchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2029-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bazaviy, optimistik va pessimistik ssenariylar bo‘yicha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini statistik baholash va ekonometrik prognozlashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining iqtisodiy mazmunini inson organizmining samarali hayot faoliyati uchun zarur mahsulotlarni ratsional ilmiy me’yorlar asosida iste’mol qilish imkonini ta’minlovchi, turli aholi guruhlari uchun jins, yosh va ijtimoiy holatni hisobga olgan holda “oziq-ovqat savatlari” hamda ular asosida “iste’mol savatlari” tarkibi va qiymatini hisoblash va hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Statistika” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-noyabrdagi 1023-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi talabalar tomonidan aholining turli demografik guruhlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning eng kam zarur darajasini ilmiy asoslangan aniqlikda baholash, aholining oziq-ovqat bilan ta’minlanganlik darajasi, yashash minimumi darajasi va kambag‘allik chegarasini to‘g‘ri hisoblash bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkonini bergan;
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik darajalarini prognozlash uslubini mazkur holatning xalqaro amaliyotga muvofiq talqini asosida “yuqori” (0,75–1,00), “barqaror” (0,55–0,74), “mo‘tadil beqaror” (0,40–0,54), “inqirozli” (<0,40) xavfsizlik darajalariga tasniflash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 06/02/12-175-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi statistik tahlil vositalarini kengaytirish hamda respublika aholisining turmush darajasini turli hududlar va vaqt davrlari kesimida monitoring qilish va qiyosiy baholash imkonini bergan;
fuqarolarning nogironligi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar ishlovchi pensionerlarning mehnat staji va pensiyalarini har ikki yilda qayta hisoblash tartibini joriy etish orqali ularning ijtimoiy himoyasini oshirish, ularni davlat manfaatlari yo‘lida faol mehnat qilishga rag‘batlantirish hamda mehnat resurslari etishmasligi muammosini hal etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 06/02/12-175-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi ishlovchi pensionerlarning ijtimoiy himoyalanganlik darajasini oshirish, ularning davlat ravnaqi yo‘lidagi mehnat faoliyatini davom ettirishga bo‘lgan manfaatdorligini kuchaytirish imkonini berib, mazkur sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning chegaraviy qiymatlari asosida “xavfsizlik ta’minlangan”, “inqiroz oldi holati”, “tahdidli holat” mezonlariga mos keluvchi xavfsizlik darajalarini to‘plangan ball (tegishli ravishda 30–40; 20–29; ≤19) hamda foiz ko‘rsatkichlari (tegishli ravishda 75–100; 50–74; ≤49) orqali ifodalash asosida prognozlash natijalarining aniqligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 06/02/12-175-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini turli hududlar va vaqt davrlari kesimida monitoring qilish hamda qiyosiy baholash, inqiroz oldi holatini oldindan prognoz qilish va uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ifodalovchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2029-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bazaviy, optimistik va pessimistik ssenariylar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 06/02/12-175-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligiga oid eng muhim ko‘rsatkichlarni 2029-yilgacha bo‘lgan istiqbol uchun uchta hisob-kitob varianti (bazaviy, pessimistik va optimistik) asosida ekonometrik prognozlash imkonini ta’minlagan.