Abduraxmanov Abduazim Djalalitdinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda aholi demografik jarayonlarini statistik o‘rganish metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.06 – Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt404
Ilmiy rahbar:  Begalov Baxodir Abdusalomovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kenjabaev Aman Turgunovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholi demografik jarayonlarini statistik o‘rganishni xalqaro standartlar va raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodologik taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “demografik ma’lumotlar sifatini ta’minlash mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni statistika, sog‘liqni saqlash, migratsiya va ta’lim axborot tizimlarining kross-platformal muvofiqligini ta’minlash, ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovutlarni avtomatik aniqlash va ularning validlik hamda reprezentativlik darajasini oshirish nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
tug‘ilishning yig‘indi koeffisientini tahlil qilish uslubi unga ta’sir etuvchi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘zaro elastiklik darajasini miqdoriy baholash hamda shahar va qishloq o‘rtasidagi  demografik tafovutining 0,05 gacha bo‘lgan qiymati “kam”, 0,05 - 0,10 oralig‘i “mo‘tadil” va 0,10 dan yuqori qiymati “sezilarli” tafovut sifatida belgilash orqali takomillashtirilgan;
hududlarning demografik salohiyatini baholash uslubi ularni ko‘p o‘lchovli demografik ko‘rsatkichlar asosida klassifikatsiyalash, tipologik guruhlash va har bir hududiy klaster uchun tabaqalashtirilgan demografik strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beruvchi klaster tahlilini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
demografik jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi, ta’sir kuchi va hududiy farqlanish darajasini kompleks baholash imkonini beruvchi ko‘p omilli regressiya modellariga asoslangan demografik barqarorlik, reproduktiv omillar ta’siri hamda hududiy demografik sezgirlik indekslarining “past” (0,00 - 0,39), “o‘rtacha” (0,40 - 0,69), “yuqori” (0,70 - 1,00) darajalardagi chegaraviy qiymatlari asoslangan;
demografik jarayonlarning dinamik qonuniyatlari va aholi tarkibining evolyusion o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda, ARIMA modeli ssenariylari asosida O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholining demografik holatini statistik baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “demografik ma’lumotlar sifatini ta’minlash mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini statistika, sog‘liqni saqlash, migratsiya va ta’lim axborot tizimlarining kross-platformal muvofiqligini ta’minlash, ma’lumotlar o‘rtasidagi tafovutlarni avtomatik aniqlash va ularning validlik hamda reprezentativlik darajasini oshirish nuqtai-nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Aholi statistikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi “500”-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda axborot tizimlarning kross-platformal muvofiqligini ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “demografik ma’lumotlar sifatini ta’minlash mexanizmi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
tug‘ilishning yig‘indi koeffisyientini tahlil qilish uslubi unga ta’sir etuvchi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘zaro elastiklik darajasini miqdoriy baholash hamda shahar va qishloq o‘rtasidagi  demografik tafovutining 0,05 gacha bo‘lgan qiymati “kam”, 0,05 - 0,10 oralig‘i “mo‘tadil” va 0,10 dan yuqori qiymati “sezilarli” tafovut sifatida belgilash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 06/02/12-588-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tug‘ilishning yig‘indi koeffisientini tahlil qilish uslubini unga ta’sir etuvchi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar hamda shahar va qishloq o‘rtasidagi  demografik tafovut orqali takomillashtirish imkoni yaratilgan;
hududlarning demografik salohiyatini baholash uslubi ularni ko‘p o‘lchovli demografik ko‘rsatkichlar asosida klassifikatsiyalash, tipologik guruhlash va har bir hududiy klaster uchun tabaqalashtirilgan demografik strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beruvchi klaster tahlilini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 06/02/12-588-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning demografik rivojlanish hududlari bo‘yicha yangi tipologik guruhlanish modeli ishlab chiqilib, hududlararo taqqoslashni soddalashtirish va demografik siyosatni ilmiy asoslash imkonini bergan;
demografik jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi, ta’sir kuchi va hududiy farqlanish darajasini kompleks baholash imkonini beruvchi ko‘p omilli regressiya modellariga asoslangan demografik barqarorlik, reproduktiv omillar ta’siri hamda hududiy demografik sezgirlik indekslarining “past” (0,00 - 0,39), “o‘rtacha” (0,40 - 0,69), “yuqori” (0,70 - 1,00) darajalardagi chegaraviy qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 06/02/12-588-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining demografik jarayonlaridagi o‘zgarishlarni kompleks baholash hamda yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish imkonini bergan;
demografik jarayonlarning dinamik qonuniyatlari va aholi tarkibining evolyusion o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda, ARIMA modeli ssenariylari asosida O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 06/02/12-588-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘p omilli regressiya va ARIMA modeli birgalikda demografik jarayonlarni chuqur tahlil qilish, o‘zgarishlarni kompleks baholash va kelajakdagi tendensiyalarni ilmiy asosda prognoz qilish hamda demografik siyosatni samarali shakllantirish va strategik qarorlar qabul qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish