Umarov Bexzod Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globalizatsiya sharoitida zamonaviy moslashuvchan menejment tizimlarini yashil iqtisodiyot tamoyillariga integratsiya qilish”, 08.00.13 – Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Nabiev Dilmurod Xamidullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Matyoqubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abdixamidov Sarvar Adxamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Globalizatsiya sharoitida zamonaviy moslashuvchan menejment tizimlarini yashil iqtisodiyot tamoyillariga integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qisqa siklli rejalashtirish va doimiy teskari aloqa asosidagi Agile menejment va chiqindilarni minimallashtirish tamoyillariga asoslangan yashil menejment yondashuvlarini integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan raqamli adaptiv boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini bosqichma-bosqich yaxshilab borish va moslashuvchan shaklda tashkil etish taklifi ilmiy asoslangan;
Korxona va hududlar loyihalarini qisqa siklli “sprint”larga ajratish, har bir bosqich yakunida natijalarni tahlil qilish hamda boshqaruv jarayonini qat’iy rejalarga emas, balki o‘zgaruvchan talablarga moslashtirishga asoslangan Agile-digital boshqaruv salohiyati va ekologik natijadorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi EGDI indeksi 0≤EGDI≤1 oraliqda baholanib, uning 0,79 darajaga etishi asosida boshqaruv usuli takomillashtirilgan;
Yashil menejment tizimlarini baholashda raqamli transformatsiya, ESG boshqaruv va ekologik natijadorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni yagona integratsion model asosida miqdoriy aniqlash hamda umumiy emissiya (314 519 tCO₂e), ofset ulushi (219 482 tCO₂e) va sof ekologik ta’sirni (95 037 tCO₂e) kompleks baholashga xizmat qiluvchi takomillashtirilgan hisoblash uslubiyoti asoslangan;
Qashqadaryo viloyati hududlari kesimida PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi, CO₂ emissiyasi hamda chiqindilarni qayta ishlash darajasi kabi ekologik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini yagona integratsiyalashgan baholash orqali ekologik holatning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz dinamikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining barqaror rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qisqa siklli rejalashtirish va doimiy teskari aloqa asosidagi Agile menejment va chiqindilarni minimallashtirish tamoyillariga asoslangan yashil menejment yondashuvlarini integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan raqamli adaptiv boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini bosqichma-bosqich yaxshilab borish va moslashuvchan shaklda tashkil etish taklifi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha taklif (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 02-11/4604-son ma’lumotnomasi). Natijada, moslashuvchan (Agile) menejment va yashil menejment yondashuvlarini integratsiyalashga asoslangan konseptual model asosida ishlab chiqilgan boshqaruv mexanizmi korxona va hududiy boshqaruv tizimlarida joriy etilib, qaror qabul qilish jarayonining tezkorligi hamda moslashuvchanligi oshirildi. Natijada ekologik risklarni baholash va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini iterativ tartibda qabul qilish imkoniyati kengaydi;
Korxona va hududlar loyihalarini qisqa siklli “sprint”larga ajratish, har bir bosqich yakunida natijalarni tahlil qilish hamda boshqaruv jarayonini qat’iy rejalarga emas, balki o‘zgaruvchan talablarga moslashtirishga asoslangan Agile-digital boshqaruv salohiyati va ekologik natijadorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi EGDI indeksi 0≤EGDI≤1 oraliqda baholanib, uning 0,79 darajaga etishi asosida boshqaruv usuli takomillashtirilganligi bo‘yicha taklif (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 02-11/4604-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agile-digital boshqaruv salohiyati va ekologik natijadorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashda EGDI ko‘rsatkichining 0,7999 darajaga etgani asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotga joriy etilib, korxonalarda yashil menejment va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish mexanizmlari takomillashtirildi hamda ekologik boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Yashil menejment tizimlarini baholashda raqamli transformatsiya, ESG boshqaruv va ekologik natijadorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni yagona integratsion model asosida miqdoriy aniqlash hamda umumiy emissiya (314 519 tCO₂e), ofset ulushi (219 482 tCO₂e) va sof ekologik ta’sirni (95 037 tCO₂e) kompleks baholashga xizmat qiluvchi takomillashtirilgan hisoblash uslubiyoti asoslanganligi bo‘yicha taklif (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 02-11/4604-son ma’lumotnomasi). Natijada, Raqamli transformatsiya, ESG boshqaruv va ekologik natijadorlikni integratsiyalashga asoslangan model amaliyotga tatbiq etilishi natijasida korxona faoliyatida emissiya hajmini baholash va kompensatsiya mexanizmlarini qo‘llash tizimi shakllantirildi. Natijada umumiy emissiyaning 314 519 tCO₂e dan 219 482 tCO₂e qismi ofset mexanizmlari orqali qoplanib, ekologik boshqaruv samaradorligi oshirildi;
Qashqadaryo viloyati hududlari kesimida PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi, CO₂ emissiyasi hamda chiqindilarni qayta ishlash darajasi kabi ekologik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini yagona integratsiyalashgan baholash orqali ekologik holatning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz dinamikasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklif ((O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 20-apreldagi 02-11/4604-son ma’lumotnomasi). Natijada, ESG–Agile integral indeksiga asoslangan baholash va prognozlash modeli hududiy boshqaruv amaliyotiga joriy etilib, Qashqadaryo viloyatida ekologik boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejalashtirish instrumenti sifatida tavsiya etildi. Model natijalariga ko‘ra 2030-yilgacha emissiya hajmini kamaytirish va chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirish bo‘yicha aniq boshqaruv choralarini ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.