Bo‘riboev Bekzod Etmish o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va simbiotik faoliyatiga biostimulyatorlar qo‘llashning ta’sirini asoslash”, 06.01.08– O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1541
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mo‘minov Abduvali Akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning o‘rtapishar “Nafis” va “Vilana” navlarining o‘sishi, rivojlanishi, simbiotik faoliyati, hosildorligi hamda donining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga biostimulyatorlar qo‘llashning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” va “Vilana” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirish uchun “Fitovak” biostimulyatori va “Er malhami” biopreparati bilan urug‘lariga ekish oldidan ishlov berish, o‘simlikning shonalash, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida bargi orqali qo‘llash maqbul ekanligi aniqlangan;
soyaning “Nafis” va “Vilana” navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N30 P90 K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda “Fitovak” biostimulyatori bilan urug‘larga ekish oldidan 200 ml/t, shonalash davrida 300 ml/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida 500 ml/ga, “Er malhami” biopreparati bilan ekish oldidan urug‘larga 2,0 l/t, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida 2,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash o‘simlikning quruq massa to‘plashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, pishish davrida bir tup o‘simlikning umumiy quruq massasi nazorat variantiga nisbatan “Nafis” navida 9,2-11,0 g. ga, “Vilana” navida 9,4-11,2 g. ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
soya o‘simligi ildizida hosil bo‘lgan tuganak bakteriyalar soni va vazniga “Fitovak” biostimulyatori bilan urug‘larga ekish oldidan 200 ml/t, shonalash davrida 300 ml/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida 500 ml/ga, “Er malhami” biopreparati bilan ekish oldidan urug‘larga 2,0 l/t, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida 2,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash ijobiy ta’sir ko‘rsatib, dukkak hosil qilish davrida bir tup o‘simlik ildizidagi tuganaklar soni nazorat variantiga nisbatan “Nafis” navida 8,3-18,1 dona, vazni 0,22-0,47 g. ga, “Vilana” navida esa 9,8-15,7 dona va 0,30-0,45 g. ga ko‘proq shakllanganligi isbotlangan;
soyaning “Nafis” va “Vilana” navlarini etishtirishda urug‘lariga ekish oldidan, shonalash, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida bargi orqali qo‘llanilishi hisobiga tuproqning tarkibidagi gumus miqdori dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan 0,033-0,041 % ga, umumiy azot miqdori 0,014-0,022 % ga, umumiy fosfor miqdori 0,013-0,021 % ga, nitratli azot miqdori 2,82-4,60 mg/kg ga, harakatchan fosfor miqdori 2,85-4,12 mg/kg ga, almashinuvchi kaliy miqdori esa 12-19 mg/kg ga ortganligi aniqlangan;
“Fitovak” biostimulyatori va “Er malhami” biopreparati soya navlari urug‘lariga ekish oldidan, shonalash, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida qo‘llanilishi hisobiga “Nafis” navidan 37,6-39,0 s/ga, “Vilana” navidan esa 35,7-37,3 s/ga miqdorida don hosili olinib, ishlov berilmagan nazorat variantiga nisbatan 7,2-8,9 s/ga, “Uz gumin” stimulyatori qo‘llanilgan andoza variantiga nisbatan esa 4,1-5,7 s/ga miqdorida qo‘shimcha don hosili olish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqli sharoitida “Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va simbiotik faoliyatiga biostimulyatorlar qo‘llashning ta’sirini asoslash” mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
soya navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishni ta’minlashda biopreparatlar bilan urug‘ni ekish oldidan va vegetatsiya davrida bargi orqali suspenziya shaklida qo‘llash bo‘yicha “Soyaning Nafis va Vilana navlarini parvarishlashda biopreparatlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/01-05/02-05/04-03-497-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar hamda tomorqa er egalari uchun soya etishtirishda urug‘larga ekish oldidan va turli rivojlanish davrlarida biopreparatlar bilan ishlov berish orqali undan olinadigan don hosildorligini oshirish hamda sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
bahorgi muddatda soyaning “Nafis” va “Vilana” navlari urug‘lariga ekish oldidan “Er malhami” biopreparati bilan 2,0 l/t me’yorda ishlov berish, o‘simlikning shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida 2,0 l/ga me’yorlarda bargi orqali oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi “Abdurofe Rajabzoda” fermer xo‘jaligining 3,5 gektar, “Navobod Bo‘ston” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, jami 6,5 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/01-05/02-05/04-03-497-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyaning “Nafis” navidan 37,5-39,8 s/ga, “Vilana” navidan 35,6-38,0 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi nazorat variantiga nisbatan 35,8-40,0 % ga yuqori bo‘lgan;
soya navlari urug‘lariga ekish oldidan “Fitovak” stimulyatori bilan 200 ml/t me’yorda ishlov berish, o‘simlikning shonalash davrida 300 ml/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida 500 ml/ga me’yorlarda bargi orqali oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi “Umida Sarvinoz Bobur” fermer xo‘jaligining 4,5 gektar, maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/01-05/02-05/04-03-497-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyaning “Nafis” navidan 35,7-38,4 s/ga, “Vilana” navidan 33,9-35,5 s/ga miqdorida don hosili olinib, rentabellik darajasi nazorat variantiga nisbatan 27,0-31,3 % ga yuqori bo‘lgan.