Berdisheva Gulayim Abishovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ustyurt platosi sharoitida qora rangli qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik va biologik xususiyatlari”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD /Qx1746
Ilmiy rahbar: Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.08/2025.27.12.Qx.02.03.
Rasmiy opponentlar: Urimbetov Axmet Abdirazakovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Parmanova Dilnoza Mavlanovna. qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ustyurt platosining turli yaylov sharoitida qora rangli qorako‘l qo‘ylarining konstitutsiya tiplarin, mahsuldorlik (qorako‘l terisi, sut, jun va go‘sht) va biologik xususiyatlarining chegarasini aniqlash va seleksiya ishlarida foydalanish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qoraqalpog‘iston respublikasi Ustyurt platosi sharoitida qora rangli qorako‘l qo‘ylarining konstitutsiya tiplari kesimida olingan avlodlarning qorako‘l terilarining sifati oshishiga, qora rangli qo‘zilar teri sinfi bo‘yicha mustahkam tipga mansub qo‘zilarda dag‘al (6,2 %) va nozik tipga nisbatan 14,7 %-ga ustunligi isbotlangan. 
Jun mahsuldorligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanib, yillik jun mahsuldorligi dag‘al tipga mansub qo‘ylardan 1987,2 g, mustahkam tipdagilardan 1793,7 g va nozik tipdagilardan 1613,2 g jun mahsuldorligiga erishildi.Tivit jun miqdori mustahkam tipga mansub qo‘ylarda dag‘al tipdagilarga nisbatan 2,3 % ustunlikka erishildi. Jundorlik koeffisienti bo‘yicha tug‘im yoshi dinamikasida aniqlanilib, barcha konstitutsiya tiplarida 1,9-3,8 chegarasida bo‘lishi dalillangan.
Go‘sht mahsuldorligi bo‘yicha yosh qo‘zilarni tabiiy yaylov sharoitida boqib semirtishga nisbatan yarim yaylov sharoitida qo‘shimcha oziqlantirish texnologiyasi usutunligi isbotlandi. Qo‘shimcha oziqlantirishda tabiiy yaylov sharoitiga nisbatan dag‘al tipga mansub qo‘zilarda so‘yim chiqimi 1,0 %, mustahkam tipdagilarda 1,3 % va nozik tipdagilarda 2,0 %-ga ustunligi dalillangan.
Sut mahsuldorligi bo‘yicha, laktatsiya davomida tug‘im yoshi kesimida mustahkam tipga mansub qo‘ylar nozik tipga nisbatan 9,3 %-ga ustunligi aniqlanilib, 1-tug‘im yoshiga nisbatan 5-tug‘im yoshida 21,4 %-gacha oshishi isbotlandi. Sut mahsuldorligining semizlik darajasiga bog‘liq chegarasi ko‘rsatkichlari va sut mahsulotining konstitutsiya kesimida kimyoviy tarkibi aniqlangan.
Ustyurt platosining keskin iqlim sharoitida qora  rangli qorako‘l qo‘ylarining biologik xususiyatlari aniqlandi. Ustyurt platosi sharoitida qora rangli qo‘ylarni urchitishning iqtisodiy samaradorligini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt platosi yaylov sharoitida qora rangli qorako‘l qo‘ylari qorako‘l teri, jun,  go‘sht va sut mahsuldorligining miqdor va sifatini oshirish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
qora rangli qorako‘l qo‘ylari sifatini oshirish usuli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani «Ustyurt qorako‘lchilik markazi»  Ishlab chiqarish korporativida joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 33/02-13-1116-son ma’lumotnomasi). Natijada «Ustyurt qorako‘lchilik markazi» ishlab chiqarish korporativida, tajribadagi qora rangli qorako‘l qo‘ylaridan olingan qorako‘l terilarining dag‘al tipga mansub  bir dona qorakoʻl terisining sotish bahosi 160000 so‘m, mustahkam tipga ega 164000 so‘m va nozik tipdagilarda esa, 157000 so‘m-ga etkazildi.Bir dona qorakoʻl teri tannarxi 135000 soʻm-gacha tushirildi. Rentabellik darajasi mustahkam tipga ega qo‘ylarda 21,5 %-gacha oshirilgan.
Qora rangli qorako‘l qo‘zilaridan yaylov sharoitida va qo‘shimcha oziqlantirish texnologiyasida go‘sht etishtirish, sifatini oshirish usuli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani "Aq Tolqin" fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 33/02-13-1116 son ma’lumotnomasi). Natijada tajribadagi turli konstitutsiya tiplariga mansub qo‘zilardan go‘sht etishtirish borasida tabiiy sharoitda so‘yim chiqimi dag‘al tipga mansub qo‘zilarda 52,6 %, mustahkam tipdagilarda 53,2 % va nozik tipga ega qo‘zilarda 50,1 % bo‘lib, qo‘shimcha oziqlantirish texnologiyasini qo‘llaganda 1,0-2,0 gacha oshirildi va 1kg-go‘sht tannarxi 66500 so‘mgacha tushirildi. Go‘sht sotishdan rentabellik darajasi konstitutsiyalar kesimida 39,8- 43,1 %-gacha oshirilgan.
Qora rangli qorako‘l qo‘ylaridan jun etishtirish bo‘yicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakopir rayoni "Janadarya qarako‘lshilik orayi" ishlab chiqarish korporativid joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 33/02-13-1116-son ma’lumotnomasi). Natijada tajribadagi turli konstitutsiya tiplariga mansub qoʻylardan olingan sof foyda dag‘al tipdagilarda 30000 so‘m, mustahkam tipdagilarda 37500 so‘m va nozik tiptagilarda 22500 so‘m-ni tashkil qilib, tajribadagi qo‘ylardan olingan junning sotilishi konstitutsiyalar kesimida 35250 so‘m- 36750 so‘m-ni tashkil qildi. Rentabellik darajasi mustahkam tipga ega qo‘ylarda 11,4 %-ga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish