Yoqubov Xisrav Tolib o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nok (Pyrus communis L.) duragaylarini o‘rganish asosida serhosil, yirik mevali, eksportbop navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1665.
Ilmiy rahbar: Mirzohidov Urmonbek, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.05.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Nokning “Azamat” navi (NAP 444).
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamiz iqlim sharoitiga mos nokning nav na’munalarini morfobiologik, xo‘jalik muhim belgilari bo‘yicha baholash, qimmatli xo‘jalik belgilarga ega yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba nokning istiqbolli “Lyubimisa klappa” va “Uvazi shaxrisabzskaya” navlarini chatishtirish orqali duragaylarining morfo-biologik belgilari kompleks baholangan va qimmatli-xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan shakllari ajratib olingan;
nokning rangdor, kuzgi deb topilgan № 8 duragayining muhim xo‘jalik belgilari o‘rganilgan va turli noqulay omillarga, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi aniqlangan;
nokning istiqbolli duragay kombinatsiyalari asosida tashqi muhit noqulay omillariga chidamli, yuqori hosilli, meva sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan №8 duragayi asosida “Azamat” navi yaratilgan;
nokning yangi yaratilgan “Azamat” navi “Zimnyaya nashvati” andoza naviga nisbatan issiqqa, nok shirinchasiga chidamliligi, kurtaklarining uyg‘onishi 2-4 kunga hamda gullash muddati 3-5 kunga kechligi va pishish muddati bo‘yicha 15-20 kunga ertapisharligi bilan farq qilishi aniqlangan;
nokning istiqbolli deb topilgan “Azamat” naviga seleksiya yutug‘i sifatida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan 15.03.2024 yilda №NAP444-raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nok (Pyrus communis L.) duragaylarini o‘rganish asosida yuqori hosilli, yirik mevali, kechpishar, eksportbop navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“Nokning istiqbolli navlari seleksiyasi va etishtirish agrotexnologiyasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-03-508-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilik fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
nokning yangi “Azamat” navi nazorat (“Uvazi shaxrisabzskaya”) naviga nisbatan iqtisodiy samarali ekanligi aniqlangan va Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Rasulov G‘ani bog‘dorchilik” fermer xo‘jaligida, Tayloq tumani “Dilshodjon Dilmurodjon Ishonch” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida jami 6,8 gektar amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/06-03-508-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir dona nok mevalarining vazni 166-180 gramni hamda bir tupidan oligan o‘rtacha hosil 27-35 kilogramni tashkil etgan;
nokning yangi yaratilgan “Azamat” navi 2020-yildan to 2024-yilgacha Samarqand tumanidagi “Rasulov G‘ani bog‘dorchilik” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar maydonda Davlat reestriga kiritilgan “Lyubimisa Klappa” va “Uvazi Shaxrisabzkaya” navlari bilan birga taqqoslab joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi № 05/06-03-508-son ma’lumotnomasi). Natijada, nokning yangi yaratilgan “Azamat” navi mahsuldorligi “Lyubimisa Klappa” va “Uvazi Shaxrisabzkaya” navlariga nisbatan 20-30% ga yuqor bo‘lgan.
nokning yangi “Azamat” navi 2020-yildan to 2024-yilgacha Tayloq tumanidagi “Dilshodjon Dilmurodjon Ishonch” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida jami 4,3 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi № 05/06-03-508-son ma’lumotnomasi). Natijada, nokning yangi yaratilgan “Azamat” navidan 137,4 s/ga uuqori sifatli mevalar olishga erishilgan.