Latifova Maftuna Yashin qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida erkin o‘xshatishlarning lingvistik va lingvokulturologik xususiyati” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/Fil4641
Ilmiy rahbar: Asadov To‘lqin Hamroevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Yusubova Ra’no Norboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Adizova Nilufar Istamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin o‘xshatishlarni struktur-semantik, lingvokulturologik tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘xshatish, qiyoslash hodisasi odamzodning atrof-muhitni anglashida benihoya keng o‘rin tutadigan, tashqi dunyo, olamning lisoniy tasvirini aks ettirishda ishtirok etadigan, xizmat qiladigan vositalardan biri sifatida baholanib, o‘xshatishlar filologik tadqiqot obekti sifatida, milliy til jozibasi, xarakterini ko‘rsatib turuvchi vosita sifatida qaralgan, uning lingvistik mohiyatiga aniqlik kiritilgan;
o‘xshatishning yondosh hodisalarga munosabati, o‘xshash va farqli jihatlari, uning til va nutqqa munosabati, yuzaga kelish jarayonlari, tasvir, obraz yaratishda muhim sintaktik vosita sifatidagi roli badiiy asarlardan olingan misollar orqali keng tadqiq etilib, erkin o‘xshatishlarni yuzaga keltiruvchi leksik-grammatik vositalar belgilangan hamda uning struktur-semantik tadqiqi amalga oshirilgan;
o‘zbek adabiyotidagi erkin o‘xshatishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilib, milliy-madaniy narsa-hodisalar bilan bog‘liq erkin o‘xshatishlar shu jamiyatda yashab, faoliyat olib boradigan kishilarning milliy tafakkuri, milliy madaniyati va ma’naviyati, milliy mentaliteti va xarakterini ko‘rsatib turuvchi til va nutq hodisasi ekanligi, tilning ma’naviyatda, madaniy belgilarning tilda aks eta borishi bevosita shu tilga xos o‘xshatishlar bilan ham bog‘liqligi isbotlangan;
milliy ruh, o‘zlik, insonning ma’naviy olami, dunyoqarashi, mentalitetini yorqin ko‘rsatish qudratiga ega bo‘lgan erkin o‘xshatishlar, xususan, qiyos etaloni presedent birlik hamda realiyali erkin o‘xshatishlar tilimizning jozibasi, serjiloligi, ayniqsa, milliyligini o‘zida yorqin aks ettiruvchi vosita bo‘la olishi lingvistik, lingvomadaniy aspektda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘xshatish, qiyoslash hodisasi odamzodning atrof-muhitni anglashida benihoya keng o‘rin tutadigan, tashqi dunyo, olamning lisoniy tasvirini aks ettirishda xizmat qiladigan vositalardan biri sifatida baholanib, o‘xshatishlar filologik tadqiqot obekti, milliy til jozibasi, xarakterini ko‘rsatib turuvchi vosita sifatida qaralgan; o‘xshatishning yondosh hodisalarga munosabati, o‘xshash va farqli jihatlari, uning til va nutqqa munosabati, yuzaga kelish jarayonlari, tasvir, obraz yaratishda muhim vosita hisoblanishi haqidagi fikrlardan 2024-yilda bajarilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intelekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobilli ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda (2023-2024-y.y.) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yilning 11-sentyabrdagi 1521-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ma’lumotlar bilan boyigan.
o‘zbek adabiyotidagi erkin o‘xshatishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilib, milliy-madaniy narsa-hodisalar bilan bog‘liq erkin o‘xshatishlar shu jamiyatda yashab, faoliyat olib boradigan kishilarning milliy tafakkuri, milliy madaniyati va ma’naviyati, milliy mentaliteti va xarakterini ko‘rsatib turuvchi til va nutq hodisasi ekanligi, tilning ma’naviyatda, madaniy belgilarning tilda aks eta borishi bevosita shu tilga xos o‘xshatishlar bilan ham bog‘liqligi haqidagi fikr-mulohazalardan 2024-yilda bajarilgan AL-662204396 raqamli “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 12-dekabrdagi 7773-son ma’lumotnomasi).Natijada loyiha doirasida to‘plangan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan boyigan.
milliy ruh, o‘zlik, insonning ma’naviy olami, dunyoqarashi, mentalitetini yorqin ko‘rsatish qudratiga ega bo‘lgan erkin o‘xshatishlar, xususan, qiyos etaloni presedent birlik hamda realiyali erkin o‘xshatishlar tilimizning jozibasi, serjiloligi, ayniqsa, milliyligini o‘zida yorqin aks ettiruvchi vosita bo‘la oladigan o‘xshatishlardan, ular qatnashgan she’riy parchalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Zamondosh”, “Buxoro guzarlari” ko‘rsatuvlarining 2025-yil yanvar, fevral, mart sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 16-sentyabrdagi 01-09-219-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.