Azimova Aziza O‘ktamovnaning  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
“Toshpo‘lat Ahmad she’riyatining lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlari”. 10.00.01 ‒ O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Fil3993
Ilmiy rahbar: Asadov To‘lqin Hamroevich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07  
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Quvvatova Dilrabo Habibovna, Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Abdufattoev Muhammadtohir Tojimamatovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshpo‘lat Ahmad she’riyatini lingvopoetik, lingvokulturologik o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshpo‘lat Ahmad she’riyatining fonostilistikasi, ya’ni shoir ijodida badiiylikni ta’minlovchi fonografik vositalar – alliteratsiya, assonans, geminatsiyaning o‘ziga xos ko‘rinishlari uchrashi, shuningdek, so‘zni alohida bo‘g‘inlarga ajratish yoki muayyan bir so‘zni to‘lig‘icha bosh harfda yozish kabilardan unumli foydalanishi aniqlangan;
 morfologik-funksional, leksik-semantik xususiyatlari, umumiste’moldagi hamda qo‘llanish doirasi chegaralangan birliklarning adabiy tilga munosabati, yangicha ifodalar, shoir ijodidagi leksik ma’no-munosabat turlari, individual-uslubiy neologik birliklar; subektiv munosabat ifodasi uchun qo‘llanuvchi shakllar; frazeologik birlik va maqollar ifodasi; tasviriy vosita sifatida qo‘llanuvchi sintaktik birliklar atroflicha o‘rganilgan;
Toshpo‘lat Ahmad she’riyatidagi milliylik ifodasi sifatida yuzaga kelgan, yangilik bo‘yog‘iga ega muallif nutqi birliklarining tadqiqi, badiiy adabiyotda muayyan bir lingvopoetik maqsad uchun qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos tarixiy nomlarning tasnif va tavsifi, xalqimizga xos turli shakl va mazmundagi milliy-madaniy birliklar hamda o‘xshatishlarning lingvopoetik va lingvokulturologik tahlili amalga oshirilgan;  
badiiy adabiyotda muayyan lingvopoetik maqsad uchun qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos milliy nomlar, ular tavsifi, xalqimizga xos turli shakl va mazmundagi milliy-madaniy  nomlar Toshpo‘lat Ahmad ijodi misolida tadqiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
tahlilga tortilgan leksik va grammatik shakllar, ya’ni umumiste’moldagi hamda qo‘llanish doirasi chegaralangan birliklarning adabiy tilga munosabati, so‘z, tovush, affikslarning turlicha ma’no qirralari, yangicha ifodalar, shuningdek, shoir ijodidagi leksik ma’no-munosabat turlari; individual-uslubiy neologik birliklar; subektiv munosabat ifodasi uchun qo‘llanuvchi shakllar; frazeologik birlik va maqollar ifodasi; tasviriy vosita sifatida qo‘llanuvchi sintaktik birliklar hamda ushbu vositalarning keng qamrovdagi lingvomadaniy xususiyatlari, milliy-madaniy birliklarni atovchi so‘z va jumlalar tahlil etilgan ilmiy natija va xulosalaridan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 
2025-yil 14-apreldagi 1/04-216-sonli ma’lumotnomasi) Natijada o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda lug‘at tarkibi boyishiga erishilgan;
til va madaniyat, til va jamiyat uyg‘unligi asosida Toshpo‘lat Ahmad she’riyatidagi milliylik ifodasi sifatida yuzaga kelgan yangilik bo‘yog‘iga ega muallif nutqi birliklarining tadqiqi, badiiy adabiyotda muayyan bir lingvopoetik maqsad uchun qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos tarixiy nomlarning tasnif va tavsifi, xalqimizga xos turli shakl va mazmundagi milliy-madaniy birliklar hamda turg‘un va erkin o‘xshatishlarning lingvopoetik va lingvokulturologik natijalaridan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada (2022-2023) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 7-maydagi 827-sonli ma’lumotnomasi) Natijada elektron platformada milliy-madaniy birliklar qo‘llanishining samaradorligiga erishilgan;
badiiy adabiyotda muayyan lingvopoetik maqsad uchun qo‘llangan o‘zbek xalqiga xos milliy  nomlar, ular tavsifi, xalqimizga xos turli shakl va mazmundagi milliy-madaniy birliklar Toshpo‘lat Ahmad ijodi misolida adib she’riyati materiallaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniyasi “Assalom, Buxoro”, “Zamondosh”, “Buxoro guzarlari” ko‘rsatuvlarining  2025-yil yanvar, fevral, mart sonlaridagi ssenariysini tayyorlashda unumli foydalanilgan holda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokanalining 2025-yil 6-maydagi 
01-09-94-son ma’lumotnomasi) Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish