Axmadova Dilnura Ashraf qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
 “O‘zbek tilida kasallik nomlari leksik qatlami”. 10.00.01 ‒ O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil3253
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07  
Rasmiy opponentlar: Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Jabborov Xo‘jamurod Jabborovich, Buxoro davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Navro‘zova Muyassar G‘aybullaevna
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida kasallik nomlarini bildiruvchi tibbiy atamalarning nominatsion-motivatsion, leksik-semantik, etimologik shakllanish xususiyatlarini  o‘rganish va tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
leksikaga nisbatan tizim sifatida qarash lug‘aviy (semantik) maydon yoki lug‘aviy-ma’noviy (leksik-semantik) guruhlar nazariyasini shakllantiradi. Bu esa leksikani o‘rganishda semasiologik (so‘zdan tushunchaga) va onomasiologik (tushunchadan so‘zga) kabi ikkita yondashuvga asoslanishi, ular bir-birini to‘ldirishi va semantik maydon qurilishida asosiy tayanch unsurlar hisoblanishi kasallik nomlari misolida izohlangan;
kasalliklarning nomlarini aks ettiruvchi leksika o‘zbek tilining ming yillar davomida rivojlanib kelgan lug‘at fondi hisoblanib, inson kasalliklarini bildiruvchi nominatsiyalarning eng katta lug‘aviy-semantik guruhini tashkil etishi, kasallik nomlarini berishda xalqona, noterminologik, arxaik variantlarni qo‘llash mumkinligi asoslangan;
atamalar milliy tilning bir qismi sifatida polisemik, sinonimik, antonimik hamda graduonimik munosabatlarga kirishishi mumkinligi, mazkur lisoniy hodisalarni, xususan, inson salomatligi bilan bog‘liq  tibbiy terminologik tizimda ham inkor etib bo‘lmasligi isbotlangan;  
o‘zbek tilidagi kasallik nomlarining nominatsion-motivatsion xususiyatlari aniqlangan hamda kasallik nomlari bilan bog‘liq lingvokulturemalar tahlili amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tibbiy terminologik tizimda kasallik nomlarining tutgan o‘rnini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kasalliklarning nomlarini aks ettiruvchi leksika o‘zbek tilining ming yillar davomida rivojlanib kelgan lug‘at fondi hisoblanib, inson kasalliklarini bildiruvchi nominatsiyalarning eng katta lug‘aviy-semantik guruhini tashkil etishi, kasallik nomlarini berishda xalqona, noterminologik, arxaik variantlarni qo‘llash mumkinligi asoslangan mulohazalardan; 
atamalar milliy tilning bir qismi sifatida polisemik, sinonimik, antonimik hamda graduonimik munosabatlarga kirishishi mumkinligi, mazkur lisoniy hodisalarni, xususan, inson salomatligi bilan bog‘liq  tibbiy terminologik tizimda ham inkor etib bo‘lmasligi haqidagi qarashlardan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-noyabrdagi, № 04/1-5527 sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalqona, noterminologik tibbiy tushunchalar, inson salomatligi bilan bog‘liq  tibbiy terminologik tizim ma’lumotlari bilan dasturiy vosita boyitilgan;
leksikaga nisbatan tizim sifatida qarash lug‘aviy(semantik) maydon yoki lug‘aviy-ma’noviy (leksik-semantik) guruhlar nazariyasini shakllantiradi. Bu esa leksikani o‘rganishda semasiologik (so‘zdan tushunchaga) va onomasiologik (tushunchadan so‘zga) kabi ikkita yondashuvga asoslanishi, ular bir-birini to‘ldirishi va semantik maydon qurilishida asosiy tayanch unsurlar hisoblanishi kasallik nomlari misolida qaralgan, o‘zbek tilidagi kasallik nomlarining nominatsion-motivatsion xususiyatlari aniqlangan hamda kasallik nomlari bilan bog‘liq lingvokulturemalar tahlili amalga oshirilgan misollar orqali dalillanishi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-yilda bajarilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobilli ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 5-noyabrdagi №1934-sonli ma’lumotnomasi). Natijada leksikaga nisbatan tizim sifatida qarash lug‘aviy(semantik) maydon yoki lug‘aviy-ma’noviy(leksik-semantik) guruhlar nazariyasini shakllantirilganligi platformaning mukammallashishiga xizmat qilgan;
tadqiqotdan o‘rin olgan, o‘zbek tilidagi kasallik nomlarining nominatsion-motivatsion xususiyatlari aniqlangan hamda kasallik nomlari bilan bog‘liq lingvokulturemalar tahlili bo‘yicha amalga oshirgan tahlillar va qiziqarli materiallar Buxoro viloyat teleradiokanalining “O‘zlikni anglash” hamda “Vuxoro” radiosining “Najot bilimda”, “Ijod zavqi” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston millliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 24-apreldagi №01-09-201-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar mazmunan boyitilgan va ma’lumotlar aniqligi hamda izchilligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish