Yaxyoeva Umida Ibrohim qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek xalq maqollarida nutqiy akt” (A.Qahhor asarlari misolida). 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil6041
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Hakimov Muhammadjon Xo‘jaxonovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq maqollarini nutqiy aktning reprezentativ, ekspressiv, komissiv, direktiv, deklarativ kategoriyalari asosida tadqiq qilish, shu asosda har bir kategoriyaning o‘zbek xalq maqollarida voqelanishini nazariy jihatdan asoslash va lingvistik imkoniyatlari, pragmatik ma’nolarini A.Qahhor asarlari asosida qo‘llanilgan maqollar vositasida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dissertatsiya o‘zbek xalq maqollarini nutqiy akt jihatdan o‘rganishga qaratilgan ilk tadqiqot bo‘lib, barqaror birikmalar va paremalarning alohida hodisalar ekanligiga oid mulohazalar bildirilgan va nazariy jihatdan asoslangan;
A.Qahhor asarlarida qo‘llanilgan o‘zbek xalq maqollari reprezentativ, ekspressiv, komissiv, deklarativ, direktiv nutqiy akt kategoriyalari asosida tadqiq etilgan va ichki semantik guruhlarga ajratilgan holda tizimli o‘rganilgan;
tadqiqot davomida A.Qahhor asarlarida mavjud 118 ta o‘zbek xalq maqoli aniqlanib, ushbu maqollarning 32 tasi reprezentativ, 45 tasi ekspressiv, 27 tasi direktiv, 4 tasi komissiv aktni yuzaga keltirishi kuzatildi, shuningdek, maqollarda deklarativ akt turi uchramasligi haqida xulosa qilindi;
jahon tilshunosligida maqollarni nutqiy aktlar asosida tahlil qilishga oid tadqiqotlar o‘rganilganda mavjud ishlarda, odatda, 20 tadan 59 tagacha maqollar tahlil obekti sifatida tanlangan. Mazkur ish esa 118 ta maqolning pragmatik jihatdan chuqur tahlil qilinishi bilan ilgari amalga oshirilgan tadqiqotlardan sezilarli farq qiladi. Tadqiqot materiallarning ko‘lami, mazmunan chuqurligi va empirik asoslanganligi bilan ham alohidalik kasb etadi;
Mavjud maqollar faollik darajasi bo‘yicha statistik tahlil etilganda reprezentativ aktli maqollar 29%, deklarativ 0%, ekspressiv 42%,direktiv 25%, komissiv 4% ni tashkil etib, A.Qahhor asarlarida ekspressiv aktli maqollar birlamchi o‘rinda turishi aniqlandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq maqollarida nutqiy akt (A.Qahhor asarlari misolida) turlari konnotativ ma’no orqali nutqning jozibardorligiga erishish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesi “O‘zlikni anglash” hamda Buxoro radiosining “Najot bilimda”, “Ijod zavqi” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 24-iyundagi №01-09-141-son ma’lumotnomasi).
O‘zbek xalq maqollarida nutqiy akt ishtirok etgan birliklarning lingvistik xususiyatlari, milliy tafakkur shakllanish tadrijini paremalar misolida ko‘rish, umummilliy ong shakllanishida, ular tadqiqi bo‘yicha muayyan xulosalarni berishda II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada ushbu dissertatsiyaning xulosalariga tayanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 25-iyundagi 1120-sonli ma’lumotnomasi).
Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilining nutqiy akt bilan bog‘liq masalalari hamda metaforizatsiya darajasiga ko‘tarilishdagi ahamiyati, o‘zbek xalqi kognitatsiyasida ushbu aktlar bilan bog‘liq milliy-mental xususiyatlarning aks etishi jihatlari haqidagi muayyan xulosalarni ochib berishda ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalarga tayanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 25-iyundagi 1119-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilovadagi nomlarni shakllantirishda dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalardan foydalanilgan.