Zaylobova Nazokat Turqunboevnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek muloqot xulqida munosabat ifodalanishining lingvomadaniy va ijtimoiy-lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil.4060.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilafruz Mahammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek muloqot xulqida munosabat ifodalanishining nazariy masalalari, muloqot jarayonida subektiv munosabat ifodalanishining usul va vositalari, turli janr va nutq ko‘rinishlarida munosabat ifodalanishining lingvomadaniy hamda ijtimoiy-lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muloqot jarayonida munosabat ifodalanishining lingvomadaniy hamda ijtimoiy-lisoniy jihatlari kompleks tarzda o‘rganilgan va bir qator yangi ilmiy natijalar qo‘lga kiritilgan, muloqotda munosabatning ifodalanishi va uning nazariy asoslari tahlil qilinib, muloqot xulqi (MX)ning kommunikativ vaziyat bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan; nutqiy munosabat ifodalanishi faqat lisoniy birliklar emas, balki nutq ishtirokchilarining milliy mentaliteti, madaniy qadriyatlari, ijtimoiy me’yorlari va kommunikativ an’analari bilan ham bevosita bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilgan; shu asosda o‘zbek nutq madaniyatida munosabat bildirishning o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlari aniqlanib, ular kommunikativ vaziyat, suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy masofa, yosh, maqom va ijtimoiy rol bilan uyg‘un holda namoyon bo‘lishi ilmiy dalillar asosida izohlangan;
o‘zbek muloqot xulqi va baho munosabatiga bag‘ishlangan tadqiqotlar tizimli tahlil etilib, tilning fonetik, leksik, morfologik va sintaktik sathlari orqali baho munosabatining ifodalanish mexanizmlari o‘rganilgan; nutqda ijobiy va salbiy baho munosabatini ifodalovchi lisoniy birliklar, baholovchi leksika, modal birliklar, emotsional-ekspressiv vositalar hamda intonatsion ko‘rsatkichlarning funksional imkoniyatlari aniqlanib, ular real nutqiy misollar yordamida dalillangan; ijobiy baho (maqtov, rag‘bat, hurmat ifodasi) va salbiy baho (tanqid, norozilik, kinoya, e’tiroz)ning ifodalanish usullari kommunikativ vaziyatga qarab turlicha namoyon bo‘lishi asoslangan;
turli janr va nutq ko‘rinishlarida munosabat ifodalanishining lingvomadaniy xususiyatlari, jumladan, kundalik muloqot, rasmiy nutq, ommaviy axborot vositalari nutqi, badiiy nutq va ijtimoiy tarmoqlar kommunikatsiyasida munosabat bildirishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan; oilaviy muloqot doirasida munosabat ifodalanishining milliy  xususiyatlari alohida ko‘rib chiqilib, turli hududlarda yashovchi o‘zbeklarning nutqiy odatlarida kuzatiladigan farqlar aniqlangan; bu jarayonda hududiy dialektlar, mahalliy-madaniy an’analar hamda oilaviy ierarxiya tizimi munosabat ifodalanishiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi misollar orqali ochib berilgan;
turli kasb egalari nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari tadqiq etilib, notiq, o‘qituvchi, shifokor, savdo xodimi, davlat xizmatchisi kabi kasb vakillarining nutqida munosabat ifodalanishining o‘ziga xos shakllari aniqlanib, ularning lisoniy xususiyatlari suhbatdoshning jinsi, yoshi, ijtimoiy mavqeyi, kasbiy faoliyati hamda yashash hududi bilan bog‘liqligi izohlangan; nutqiy munosabatning ifodalanishida ijtimoiy omillar muhim rol o‘ynashi va ular muloqot strategiyasi hamda nutqiy etiket shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek muloqot xulqida munosabat ifodalanishining lingvomadaniy va ijtimoiy-lisoniy tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsiya quyidagicha joriylangan:
tadqiqot materiallaridan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiyasi akademiyasida amalga oshirilgan O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘at) to‘plamini yaratish mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Davlat xoreografiyasi akademiyasi, 2025-yil 28-martdagi №1/04-205 ma’lumotnomasi). Natijada muloqotda munosabat ifodalanishi va uning nazariy masalalari til sathlarida baho munosabati ifodalanishining usul va vositalari yordamida ijobiy va salbiy baho munosabati berilishi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan takomillashgan;
turli janr va nutq ko‘rinishlaridagi milliylik, jumladan, oilaviy muloqotlarda munosabat ifodalanishining  mental jihatlarining hududlar bo‘yicha xilma xilligi haqidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan, AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha vebsayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Qo‘qon universitetining 2025-yil 10-iyundagi 01-03⁄356-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘qon hududi aholisi nutqidagi milliylik hamda turli janr va nutq ko‘rinishidagi mentallik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar platformani boyitgan va to‘ldirgan;
tadqiqotning ilmiy yangiligi materiallaridan ommaviy axborot vositalari orqali bugungi kundagi insonlar ma’naviy-madaniy hayotida tutgan o‘rniga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida yosh avlodni ma’naviy komillik, har tomonlama barkamol va istiqlolga sodiqlik muhitida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlash hamda ijodkor yoshlar uchun turli seminarlar va tadbirlar tashkil qilishda foydalanildi, jumladan, 2023-2024-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim taraqqiyoti”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi va suhbatlar uyushtirildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali Davlat muassasasining 2025-yil 28-martdagi ma’lumotnomasi, 26-36-968-son). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan. Tadqiqot ishining dunyo tilshunosligida muloqotda baho munosabati xalqlarning milliy-madaniy xususiyatlari, e’tiqodi, yashash tarzini etnik tarix va estetik qarashlar yaxlitligida tadqiq etishga imkoniyat beruvchi muhim asos sanalganligi, millatlarning ma’naviyat va ma’rifatini boyitishda asosiy vazifalardan hisoblanishi, turli muloqot ko‘rinishlarida munosabat ifodalanishi muayyan xalq tilining leksik imkonini boyitishi, badiiy matnlarni zamonaviy lisoniy metodlar asosida tadqiq etish soha taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omillardan hisoblanishi haqidagi ilmiy qarashlari, tahlillari va xulosalaridan ushbu eshittirishlarning mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish