Xusanova Xilola Xaqberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini phenomenon-based learning texnologiyasi asosida rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6651
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori , professor; Saydullaeva Xusnora pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini fenomenlarga asoslangan (PhenoBL) ta’lim yondashuvi orqali rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ-kompetensiyaviy paradigmaga asoslangan, sun’iy intellekt vositalari bilan boyitilgan, multimodal va interaktiv-geymifikatsion komponentlar integratsiyalashgan 5E fenomenologik-didaktik modeli asosida og‘zaki nutqni rivojlantirish jarayoni konstruktivistik, shaxs va kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvda loyihalashtirilib, natijada, ularning lingvistik, pragmatik, sotsiolingvistik, diskursiv, tanqidiy-refleksiv kompetensiyalarining integrativ va barqaror shakllanishi ta’minlangan;
5E modelining “Evaluate” bosqichida ta’lim jarayonining shaffofligi, obektivligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida analitik, xolistik va deskriptiv yondashuvlarga tayangan, og‘zaki nutq kompetensiyasini kompleks diagnostika qilishga mo‘ljallangan, lingvistik aniqlik (grammatika va leksika), pragmatik moslik, diskursiv yaxlitlik, sotsiomadaniy adekvatlik, tanqidiy-refleksiv fikrlash indikatorlarini qamrab oluvchi 5 va 4 darajali deskriptorlarga ega ko‘pmezonli analitik rubrikali baholash modeli ishlab chiqilib, u orqali fenomenga asoslangan mashqlar samaradorligini tizimli, aniq va obektiv baholash hamda o‘quvchining refleksiv rivojlanishi va o‘qituvchining professional rivojlanishi nazariy asoslangan;
an’anaviy ta’limdagi cheklangan, passiv kontent, mexanik takrorlovchi amaliyot, izolyasiyalangan ko‘nikmalarga asoslangan yondashuv bilan fenomenga asoslangan, shaxsiylashtirilgan va integrativ model o‘rtasidagi nazariy-amaliy farqlar asoslab berilib, ingliz tilini mavzulashtirilgan emas, balki real voqea-hodisani markazga olgan ko‘p yo‘nalishli topshiriqlar tizimi asosida 4 bosqichli (“Observe!”, “Discuss!”, “Create!”, “Present!”) struktura orqali tashkil etish yo‘lga qo‘yilishi bilan o‘quvchilarning leksik, grammatik, fonetik, kulturologik va ijtimoiy kompetensiyalari integratsiyasi takomillashtirilgan;
og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda 5E va fenomenga asoslangan multimodal ta’lim texnologiyalari sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan “5E va PhenoBL til ta’limi metodik modeli” va “Kompetensiya xaritasi” yordamida o‘quvchilarning grammatika, leksika, talaffuz, diskursiv, pragmatik kamchiliklari real vaqtda aniqlanib, rubrikali baholash orqali korreksiya qilinib, natijada ularning real hayotiy kontekstda suhbat olib borish, tanqidiy-refleksiv va ijodiy fikrlash malakalari shakllanadi, o‘qituvchining professional rivojlanishi va ta’lim jarayonining shaffofligi, samaradorligi va adolatliligi ta’minlanishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarining shet tilda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini fenomenlarga asoslangan ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantirish boʻyisha olingan natijalar, ishlab shiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ-kompetensiyaviy paradigmaga asoslangan, sun’iy intellekt vositalari bilan boyitilgan, multimodal va interaktiv-geymifikatsion komponentlar integratsiyalashgan 5E fenomenologik-didaktik modeli asosida og‘zaki nutqni rivojlantirish jarayoni konstruktivistik, shaxs va kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvda loyihalashtirilib, natijada, ularning lingvistik, pragmatik, sotsiolingvistik, diskursiv, tanqidiy-refleksiv kompetensiyalarining integrativ va barqaror shakllanishi ta’minlanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan 1683580-raqamli “English as a school subject” nomli xalqaro loyihasi doirasida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil
16-iyuldagi 04-01/3467-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining og‘zaki, yozma, madaniy va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
5E modelining “Evaluate” bosqichida ta’lim jarayonining shaffofligi, obektivligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida analitik, xolistik va deskriptiv yondashuvlarga tayangan, og‘zaki nutq kompetensiyasini kompleks diagnostika qilishga mo‘ljallangan, lingvistik aniqlik (grammatika va leksika), pragmatik moslik, diskursiv yaxlitlik, sotsiomadaniy adekvatlik, tanqidiy-refleksiv fikrlash indikatorlarini qamrab oluvchi 5 va 4 darajali deskriptorlarga ega ko‘pmezonli analitik rubrikali baholash modeli ishlab chiqilib, u orqali fenomenga asoslangan mashqlar samaradorligini tizimli, aniq va obektiv baholash hamda o‘quvchining refleksiv rivojlanishi va o‘qituvchining professional rivojlanishi nazariy asoslangan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12 -dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 18-dekabrdagi 4052/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonining shaffofligi, obektivligi va adolatliligini ta’minlashga erishilgan;
an’anaviy ta’limdagi cheklangan, passiv kontent, mexanik takrorlovchi amaliyot, izolyasiyalangan ko‘nikmalarga asoslangan yondashuv bilan fenomenga asoslangan, shaxsiylashtirilgan va integrativ model o‘rtasidagi nazariy-amaliy farqlar asoslab berilib, ingliz tilini mavzulashtirilgan emas, balki real voqea-hodisani markazga olgan ko‘p yo‘nalishli topshiriqlar tizimi asosida 4 bosqichli (“Observe!”, “Discuss!”, “Create!”, “Present!”) struktura orqali tashkil etish yo‘lga qo‘yilishi bilan o‘quvchilarning leksik, grammatik, fonetik, kulturologik va ijtimoiy kompetensiyalari integratsiyasi takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022423-sonli “Qiyosiy adabioyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 6-dekabrdagi 04-01/6880-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy ta’limdagi cheklangan, passiv kontent, mexanik takrorlovchi amaliyot, izolyasiyalangan ko‘nikmalarga asoslangan yondashuv bilan fenomenga asoslangan, shaxsiylashtirilgan va integrativ model o‘rtasidagi nazariy-amaliy farqlar asoslab berilgan;
og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda 5E va fenomenga asoslangan multimodal ta’lim texnologiyalari sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan “5E va PhenoBL til ta’limi metodik modeli” va “Kompetensiya xaritasi” yordamida o‘quvchilarning grammatika, leksika, talaffuz, diskursiv, pragmatik kamchiliklari real vaqtda aniqlanib, rubrikali baholash orqali korreksiya qilinib, natijada ularning real hayotiy kontekstda suhbat olib borish, tanqidiy-refleksiv va ijodiy fikrlash malakalari shakllanadi, o‘qituvchining professional rivojlanishi va ta’lim jarayonining shaffofligi, samaradorligi va adolatliligi ta’minlanishi isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalaridan “Samarqand” telekanalida 2023-yil 27-noyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi hamda 2025-yil 16-aprel kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil
16-apreldagi 01-07/153-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning grammatika, leksika, talaffuz, diskursiv, pragmatik kamchiliklari real vaqtda aniqlanib, rubrikali baholash orqali korreksiya qilingan.