Toshpo‘latov Xumoyun Rahmatillo o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlash texnologiyasi” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha, pedagogika fanlari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V-2025.1.PhD/Ped7153
Ilmiy rahbar: Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.16.05 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Samieva Shaxnoz Hikmatovna, Buxoro davlat texnika universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor, ixtisoslik shifri 13.00.02;
Juraev Husniddin Oltinboevich, Buxoro davlat universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor, ixtisoslik shifri 13.00.02. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlashning rivojlantiruvchi, aqliy harakatli, jamoaviy, adaptiv, muammoli, loyihalash kabi texnologiyalari tabaqalashtirilgan ta’limning “mazmun – jarayon – natija” triadasi mazmuniga kiritish asosida aniqlashtirilgan;
tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga muammoni aniqlash, loyihalash, rejalashtirishlarni tatbiq etishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali bilish faoliyatini rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarni “rivojlantiruvchi topshiriqlar tamoyili” asosida intellektual sifatlarni rivojlantirish mezonlari murakkablik darajasi bo‘yicha toifalangan amaliy mashqlar, test savollari va “intellektual chig‘iriq” topshiriqlari  asosida takomillashtirilgan;
iqtidorli talabalar orasida raqobat muhiti mazmuni kasbiy faoliyatga moslashuvchanlik darajalari hamda shaxsiy sifatlar (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy) tavsifi asosida Google Classroom, Kahoot, Quizizz kabi platformalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlash texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asosida:
oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlashning rivojlantiruvchi, aqliy harakatli, jamoaviy, adaptiv, muammoli, loyihalash kabi texnologiyalari tabaqalashtirilgan ta’limning “mazmun – jarayon – natija” triadasi mazmuniga kiritishga oid taklif va tavsiyalar “Ilmiy va innovatsion faoliyat asoslari” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 02/01/01/327-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtidorli talabalar intellektual sifatlarini tarbiyalash bo’yicha manbalar va resurslar kengaytirilgan;
tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga muammoni aniqlash, loyihalash, rejalashtirishlarni tatbiq etishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali bilish faoliyatini rag‘batlantirishga  oid taklif va tavsiyalardan "ECAMPUZ - ERASMUS-EDA 2022-CBHE: European World Talent Camp for Uzbekistan Scientiss in Food Science and Technology/ Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo'yicha O'zbekiston olimlari uchun Evropa jahon iqtidorlar kampusi" amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat texnika universitetining 2-25-yil 15-avgustdagi 1675-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlashda integrativ topshiriqlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan; 
texnika yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarni “rivojlantiruvchi topshiriqlar tamoyili” asosida intellektual sifatlarni rivojlantirish mezonlari murakkablik darajasi bo‘yicha toifalangan amaliy mashqlar, test savollari va “intellektual chig‘iriq” topshiriqlari  orqali o‘qitish metodikasiga oid tadqiqot natijalaridan 60710100 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 02/01/01/327-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida iqtidorli talabalar bilan ishlashga yo’naltirilgan tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
iqtidorli talabalar orasida raqobat muhiti mazmuni kasbiy faoliyatga moslashuvchanlik darajalari hamda shaxsiy sifatlar (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy) tavsifi Google Classroom, Kahoot, Quizizz kabi platformalar asosida “Iqtidorli talabalarni saralash metodikasi” nomli elektron darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 2025-yil 28-fevraldagi № DGU 48135-raqamli mualliflik guvohnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan amaliy o‘qitish metodlarilarini amaliyotga joriy etish orqali iqtidorli talabalar bilan ishlash texnologiyasini tashkil qilish shuningdek, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish  imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish