Samandarova Gulsara Ismatilloevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “ Integrativ yondashuv asosida talabalarning xorijiy tildan ko‘nikmalarini rivojlantirishda onlayn platfromalarni qo‘llash metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz  tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11503
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05
Rasmiy opponentlar: Xikmatova Muqaddas Nurilloevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Fozilova Maxina Yarashevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Integrativ yondashuv asosida talabalarning xorijiy tildan ko‘nikmalarini rivojlantirishda onlayn platfromalarni qo‘llash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarda nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan interaktiv va adaptiv texnologiyalar, onlayn interfaol o‘quv platformalari, raqamli darsliklar, multimedia resurslari, o‘quv ilovalari tizimli tahlil qilinib, yangi didaktik shart-sharoitlar aniqlangan hamda onlayn texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
talabalarning xorijiy til bo‘yicha kommunikativ kompetensiyasini oshirishga qaratilgan integrativ (integrative) va interfaol ta’lim (interactive learning) yondashuvlari asosidagi metodik mexanizmlar takomillashtirilib, mazkur mexanizmlar asosida ingliz tilida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan;
xorijiy tilni o‘qitishda integrativ yondashuv va zamonaviy onlayn platformalarni o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan metodik model takomillashtirilib, uning o‘qitish samaradorligiga ta’siri hamda an’anaviy yondashuvlardan ustun tomoni nazariy jihatdan dallillandi;
Toshkent davlat agrar universiteti va Seyfulina nomidagi qozoq agrotexnika universiteti bilan hamkorlikda yaratilgan “Easy English”nomli bepul til o‘rganish platformasi yaratildi; 
xorijiy tit ta’limida qo‘llaniladigan o‘qitishning zamonaviy usullari va ularning didaktik imkoniyatlarini oshirish yo‘llari tajriba-sinov ishlari jarayonida aniqlandi va shu asosda talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Talabalarning xorijiy til bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishda onlayn platformalardan foydalanish metodikasi va pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, talabalarning xorijiy tilni samarali o‘rganish kommunikativ kompetensiyalarini integrativ yondashuvlar orqali takomillashtirish bo‘yicha  olingan  ilmiy  natijalar  asosida:
xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarda nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan interaktiv va adaptiv texnologiyalar, onlayn interfaol o‘quv platformalari, raqamli darsliklar, multimedia resurslari, o‘quv ilovalari tizimli tahlil qilinib, yangi didaktik shart-sharoitlar aniqlangan hamda onlayn texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan xulosalardan “English for ESP studens (of agricultural universities)” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 8-apreldagi 1-9-6/68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68/13-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini onlayn texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik ahamiyatini anglatish asosida takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning xorijiy til bo‘yicha kommunikativ kompetensiyasini oshirishga qaratilgan integrativ (integrative) va interfaol ta’lim (interactive learning) yondashuvlari asosidagi metodik mexanizmlar takomillashtirilib, mazkur mexanizmlar asosida ingliz tilida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirish imkoniyatlariga oid xulosalar  “Practical English for studens of animal engineering” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2024-yil 5-apreldagi 1-9-6/123-son buyrug‘iga asosan berilgan 123-43-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning ingliz tilida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirish bo‘limi mazmunan boyitilgan;
xorijiy tilni o‘qitishda integrativ yondashuv va zamonaviy onlayn platformalarni o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan metodik model takomillashtirilib, uning o‘qitish samaradorligiga ta’siri hamda an’anaviy yondashuvlardan ustun tomoni nazariy jihatdan asoslan xulosa va takliflardan “Wide outlook into the world of food technology and industry” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan  500-593-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmada ingliz tilidan kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-metodik bo‘limi takomillashtirilgan;
xorijiy tilni o‘qitishda qo‘llaniladigan o‘qitishning zamonaviy usullari va ularning didaktik imkoniyatlarini oshirish yo‘llari tajriba-sinov ishlari jarayonida aniqlangan natijalar va shu asosda talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan “English talk: your first step in animal engineering and veterinary medicine” nomli darslik materiallarini yoritishda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2026-yil 20-yanvardagi 1-9-6/15-son buyrug‘iga asosan berilgan 15-04-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada mazkur darslikning xorijiy tilni o‘qitish jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning yangi didaktik shart-sharoitlari, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash usullari bilan bog‘liq bo‘limlari nazariy qarashlar bilan boyitilgan hamda darslikning amaliy tatbiqi amalga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish