Qodirova Madinabonu Murodjon qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Avtomatik tarjima dasturi uchun grammatik shakllarning lingvistik ta’minoti”, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Fil3672.
Ilmiy rahbar: Xamroeva Shahlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Umidjon Yandashalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomatik tarjima dasturi uchun grammatik shakllarning lingvistik ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tilidagi grammatik shakllar: affikslar, yordamchi so‘zlar, ko‘makchi fe’llar, affiksoid va bog‘lamalar hamda ularga muqobil ingliz tilidagi artikllar, predlog, yordamchi fe’llar, bog‘lovchilar, nisbiy olmoshlar, tasdiq va inkor so‘zlarning tarjimalari keng qamrovli lingvistik baza sifatida tizimli modellashtirilgan;
o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlarning sinonimik tizimi funksional, stilistik va davriy qo‘llanish mezonlari asosida ilk bor kompleks tarzda tasniflangan hamda ularning ingliz tilidagi muqobil grammatik vositalar bilan semantik moslik darajalari qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil asosida ochib berilgan;
polifunksional grammatik birliklar uchun “bir grammatik ma’no – alohida kod” tamoyiliga asoslangan lingvistik ta’minot modeli ishlab chiqilgan. Mazkur model grammatik ma’no muvofiqligini ta’minlash, kontekstga mos tarjima variantini tanlash hamda ko‘p funksiyali birliklarning tarjimaviy ekvivalentligini aniqlash imkonini berishi ilmiy-amaliy jihatdan dalillangan;
avtomatik tarjimada yuzaga keladigan grammatik ekvivalentlik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan 10 bosqichli (konseptualizatsiya, kolleksiya va seleksiya, POStegging, identifikatsiya, alignatsiya, klassifikatsiya, formalizatsiya, statistik tahlil va vizualizatsiya, implementatsiya) lingvistik baza yaratish metodologiyasi hamda tarjimaviy lingvistik model taklif qilingan va uning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek-ingliz grammatik shakllar tizimi, ularning tarjimalari lingvistik ta’minot vositalaridan:
o‘zbek tili grammatik shakllar: affikslar, yordamchi so‘zlar, ko‘makchi fe’l, affiksoid va bog‘lama fe’llar hamda ularga muqobil ingliz tilidagi artikllar, predlog, yordamchi fe’llar, bog‘lovchilar, tasdiq va inkor grammatik ma’noli birliklar, nisbiy olmoshlarning tarjimalari keng qamrovli lingvistik baza shaklida tizimli modellashtirilgan o‘rinlardan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-maydagi 04/1-2125-son ma’lumotnomasi). Natijada Google, Yandex, Google Translate axborot-qidiruv tizimi mukammallashtirilgan;
o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar sinonimiyasi funksional, stilistik va davriy qo‘llanish mezonlari asosida tasniflangan, ularning ingliz tilidagi muqobil vositalar bilan funksional-semantik moslik darajalari chog‘ishtirish, taqqoslash va qiyosiy tahlil tamoyillari orqali dalillangan amaliy natija va xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-maydagi 04/1-2126-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusi”dagi grammatik shakllar salmog‘i ortgan; 
polifunksional grammatik birliklar uchun “bir grammatik ma’no – alohida kod” tamoyiliga asosan lingvistik ta’minot modeli yaratilgan va u avtomatik tarjimada tillararo grammatik ma’no nomuvofiqligini kamaytirishi va kontekstga mos variantni tanlash imkonini berishi amaliy dalillar asosida isbotlangan materiallar asosida “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonun doirasida “O‘zbek-ingliz yordamchi so‘zlari va grammatik shakllari lingvistik bazasi” dasturi yaratilgan, mualliflik guvohnomasi olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 17-maydagi № DGU 52652-raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillari grammatik shakllari tizimli shakllantirilgan;
avtomatik tarjimada yuzaga keladigan grammatik ekvivalentlik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan 10 bosqichli lingvistik baza yaratish metodologiyasi hamda tarjimaviy lingvistik model taklif qilingan va uning samaradorligi asoslangan natijalar va xulosalaridan 2024-2025-yillarda O‘ZMTRK «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 3-iyundagi 26/36/994-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilida qo‘llangan grammatik shakllarning qo‘llanish haqidagi fikrlar eshittirishlarning ilmiyligini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish