Nurdinbaeva Nargizaxon Maxammadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek badiiy matnlarida “farzand” konseptining voqelanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil3714. 
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Umidjon Yandashalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmanov Farhodjon Faxriddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek badiiy matnlarida “farzand” konseptining voqelanishini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo va o‘zbek tilshunosligida mavjud ilmiy-nazariy qarashlar va yondashuvlar tahlili asosida “farzand” konseptining tarixiy-madaniy taraqqiyot bosqichlari, iearxik, ko‘p qatlamli semantik-struktural modellari hamda nutqiy-uslubiy realizatsiya mexanizmlari aniqlanib, tizimli ravishda asoslab berilgan;
badiiy matnlarda qo‘llangan “farzand” konseptini voqelantiruvchi til birliklarining mazmuniy qatlamlari xalqona qadriyatlar, milliy stereotipik tasavvurlar hamda olamning milliy-lisoniy manzarasini kodlovchi kognitiv bilimlarga asoslanganligi dalillangan;
badiiy matnlarda “farzand” konsepti bilan bog‘liq paremiyalar, o‘xshatishlar hamda murojaat shakllarida mujassamlashgan milliy xarakter va mentalitetning madaniy asoslari, shuningdek, lingvistik-ekspressiv vositalari konseptual metod asosida ochib berilgan;
badiiy matnlardagi “farzand” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklar,  etnografizmlar, badiiy ko‘chimlar, milliy dunyoqarashning lisoniy ifodalari hamda nutqiy qo‘llanish jarayonlardagi kognitiv, perseptiv, xulosaviy va baholovchi bosqichlar vositasida shakllangan kommunikatsion-konseptual tuzilmalari o‘zbek milliy konseptosferasining integrativ in’ikosi ekanligi dalillar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy matnlarida “farzand” konseptining voqelanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dunyo va o‘zbek tilshunosligida mavjud ilmiy-nazariy qarashlar va yondashuvlar tahlili asosida “farzand” konsepti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar, mashhur adiblarning “farzand” tushunchasini ifodalovchi so‘zni qo‘llashdagi amaliy-ijodiy lingvistik mahorati va pozisiyalari, mazkur konseptning tarixiy-madaniy davriy taraqqiyoti borasidagi tavsif va tasniflardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-52 tur-21091433 “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil                     9-sentyabrdagi № 01/4-4087-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish, o‘zbek realiyalari ma’nosini izohlashga oid yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
badiiy matnlarda “farzand” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning o‘zbek leksik fondidagi o‘xshatishlar, etnografizmlar, erkalamalar, o‘yin va turli milliy jarayonlardagi lingvomadaniy ko‘lami obrazli, badiiy ko‘chimlar, hayotiy voqeliklar, ko‘rinishlar asosida uning nutqiy qo‘llanish jarayonlardagi qirralari: anglash, mushohada, xulosalash va hukm kabi kommunikatsion-konseptual asoslariga oid fikrlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PZ-2020042022-“Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 6-sentyabrdagi № 01/4-4025-son ma’lumotnomasi) Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar orqali platforma zaruriy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
“farzand” konseptining etimologiyasi, tuzilmaviy va milliy shakllanish evolusiyasi, uslubiy xususiyatlari lingvomadaniyatshunoslik, matnshunoslik, uslub stilistikasi tamoyillari orqali isbotlangan va farzand haqidagi milliy stereotip tasavvurlar qayta ko‘rib chiqilgan hamda unga taalluqli bilimlar majmua sifatida o‘rganish muhimligi aniqlangan xulosalardan 2024-2025-yillarda  O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariyasini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-sentyabrda № 26-36-1029-son ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarda milliylik, o‘zbek tili va adabiyotining zamonaviy talqinlari targ‘iboti amalga oshirilib, ommabopligi ortgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish