Jumakulova Mavludaxon Xosilovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish (ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fani misolida) (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped9195
 Ilmiy rahbar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD 01/2025.27.12.Ped.05.01 
Rasmiy opponentlar: Hasanov Sharobiddin Azamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, professor; Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik oliy ta’lim talabalarini rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim oluvchilarda mustaqil faoliyatga tayyorgarlikni kuchaytiruvchi motivatsion, refleksiv, baholash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komponentlariga o‘qituvchi faoliyatida ichki rag‘bat ustuvorligini ta’minlash elementlarini adaptatsiyalash orqali ishlab chiqilgan
talabalarni rag‘batlantirishga tayyorlashning metodik tizimi ona tili-o‘qish savodxonligi fanida ta’lim oluvchilarning motivatsion holati, ijodkorlik qobiliyati va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan individual o‘quv muhitiga muammoli o‘qitish va refleksiv tahlil elementlarini implementatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan samarali foydalanishga tayyorlashning pedagogik modeli ona tili va o‘qish savodxonligi fanining dasturiy ta’minotiga kasbiy motivatsiya, refleksiv faoliyat va tashabbuskorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bosqichli yondashuvlarni amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorgarlik darajasini aniqlash mezonlari talabalarning ta’lim jarayonida samaradorlikni monitoring qilish va individuallashtirilgan yondashuvni diagnostik aniqlash indikatorlariga ta’lim oluvchilarning kognitiv, emotsional va faoliyat ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik oliy ta’lim talabalarini rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim oluvchilarda mustaqil faoliyatga tayyorgarlikni kuchaytiruvchi motivatsion, refleksiv, baholash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komponentlariga o‘qituvchi faoliyatida ichki rag‘bat ustuvorligini ta’minlash elementlarini adaptatsiyalash orqali ishlab chiqilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 954466 raqamli ruxsatnoma). Natijada Bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanish orqali ilmiy bilimlarini rivojlantirish va nutq, til va muloqot qobiliyatlari shakllantirishga erishilgan;
talabalarni rag‘batlantirishga tayyorlashning metodik tizimi ona tili-o‘qish savodxonligi fanida ta’lim oluvchilarning motivatsion holati, ijodkorlik qobiliyati va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan individual o‘quv muhitiga muammoli o‘qitish va refleksiv tahlil elementlarini implementatsiyalash asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiligidan 2024-2025-yillarda bajarilgan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 23-iyuldagi 01-782-sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarda ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) elementlarini rag‘batlantirishning tashkiliy va didaktik tizimi bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan samarali foydalanishga tayyorlashning pedagogik modeli ona tili va o‘qish savodxonligi fanining dasturiy ta’minotiga kasbiy motivatsiya, refleksiv faoliyat va tashabbuskorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bosqichli yondashuvlarni amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlariga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid yangiliklaridan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 954466 raqamli ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorlash metodikasi va texnologiyasining modeli takomillashtirilgan va amaliyotga tadbiq etilgan;
bo‘lajak pedagoglarni rag‘batlantirish tizimidan foydalanishga tayyorgarlik darajasini aniqlash mezonlari talabalarning ta’lim jarayonida samaradorlikni monitoring qilish va individuallashtirilgan yondashuvni diagnostik aniqlash indikatorlariga ta’lim oluvchilarning kognitiv, emotsional va faoliyat ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich kiritish orqali takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklardan 2024-2025-yillarda bajarilgan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan ( Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 23-iyuldagi 01-782-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni rag‘batlantirish metodidan foydalanishga tayyorlash tizimini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash imkoniyatlari kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish