Ishanjanova Munosibxon Said-Axmadovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy-memuar asarlar tarjimasida etnografik birliklarning berilishi hamda lingvokulturologik tamoyillari (“Boburnoma”ning fransuzcha tarjimalari
misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fil943.
Ilmiy maslahatchi: Shaxabitdinova Shoxidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Otajonov Nematilla, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy-memuar asarlar, jumladan, “Boburnoma” fransuzcha tarjimalaridagi etnografik birliklarni tahlil etish va lingvokultrologik tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
memuar asar tarjima syujetida soxtalashtirishdan qochish, badiiy texnika, ongli anaxronizm orqali memuar asar mazmunini to‘liq yaratishda tarjimonga qo‘yiladigan talablar: tarjimon asl nusxaning tuzilishi va mazmun tartibini aniq etkazish uchun o‘zgartirishlar, istisnolar yoki qo‘shimchalar kiritmasligi, asliyat va tarjimadagi bo‘limlar va ularning soni hamda mazmuni bir-biriga mos kelishi, agar asl nusxada ma’lum bir fikr keyingi bo‘limda ifodalangan bo‘lsa, tarjimada ham bir xil joyda bo‘lishi, faqat asl nusxaning mazmunini aniqroq etkazish uchungina matnning tuzilishi tafsilotlarida kichik og‘ishlarga yo‘l qo‘yishi mumkinligi aniqlangan;
tarjima jarayonida adaptiv transkodlashni ham amalga oshirish mumkinligi: ma’lumotlarning ma’lum hajmi va tabiatiga qaratilgan adaptiv transkodlash izohlar, tezislar, rezyumelar va ma’lumotlarni uzatishning boshqa shakllarini tuzishni o‘z ichiga olishi, ushbu jarayonlar asliyat matnidagi ma’lumotlarni tanlash va qayta tashkil etish bilan bog‘liqligi, shakllarning har biri ma’lum materialni taqdim etish qoidalariga egaligi uzatilgan ma’lumotni idrok etishni osonlashtirishi ochib berilgan;
etnik madaniyatlar lug‘aviy birligi – etnografik birliklarni tarjima matnida uzatish madaniy tarkibiy qismga ega bo‘lgan etnografik birliklar orqali, denotativ ma’no shaklida, konnotatsiyalar bilan yoki madaniy obektlar va hodisalarning batafsil tavsiflari (ular ishoralar orqali qisqartirilishi ham mumkin) bilan amalga oshirilishi dalillangan;
“Boburnoma” asaridagi etnografik birliklarning leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra tasniflari yaratilib, umumiy 1779 ta etnografik birliklardan etnogeografik birliklar 1620 tani tashkil etib, ular: a) etnotoponimlar 1040 ta;
b) etnogidronimlar 92 ta; d)etnooronimlar 119 ta; e) etnofloraga oid birliklar 122 ta; f) etnofaunaga oid birliklar 427 ta; moddiy madaniyat bilan bog‘liq 82 ta etnosotsiumlar: 1) etnoarxitekturaga oid birliklar 21 ta; 2) etnojihozlar 18 ta; 3) etnoarmoslar 29 ta; 4) etnosibuslar 14 ta; ma’naviy madaniyat bilan bog‘liq 77 ta etnosotsiumlar: 1) etnoseremoniuslar 23 ta; 2) etnorelegiozlar 19 ta; 3) etnotibbiy birliklar 20 ta; 4) etnomadaniy birliklar 15 tadan iborat bo‘lib, ularning adekvat tarjimasiga erishishda so‘zma-so‘z, kalkalash, izohli, transliteratsiya tarjima usullaridan foydalanilganligi dalillangan;
memuar asarlarda etnografik birliklarni tarjima qilishda madaniy kontekstni saqlash, ya’ni etnografik birlik ularning madaniy ahamiyatini tushunish va tarjimaga kiritish, bunda birliklarning o‘ziga xosligini va kontekstini saqlab qolish zarurligi; tarjimon an’analar va urf-odatlarning mazmunini yaxshi tushunishi, tarjimada ularni to‘g‘ri ifodalashi va o‘quvchiga etkazishi muhimligi; etnografik birliklarni tarjima qilishda asliyatdagi ma’noni saqlab qolish uchun mos keluvchi so‘zlar yoki iboralarni topish zarurligi, tarjimada adekvatlikka erishish nazarda tutilishi; etnografik birliklar tarjima tili uchun notanish o‘quvchilar uchun tushunarsiz bo‘lganda, izohlar yoki tushuntirishlar berish; etnografik birliklar tarjimasida muallifning hissiyotlarini saqlab qolish; etnografik birliklarning ijtimoiy va tarixiy kontekstini hisobga olish; tilning grammatikasi va leksikasini to‘g‘ri qo‘llashi, etnografik birliklarni aniq va ravon tarzda ifodalashi zarurligi tamoyillari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
memuar asar tarjima syujetida soxtalashtirishdan qochish, badiiy texnika, ongli anaxronizm kabi memuar asar mazmunini to‘liq yaratishda tarjimonga qo‘yiladigan talablar: tarjimon asliyatga o‘zgartirishlar, istisnolar yoki qo‘shimchalar kiritmasdan asl nusxaning tuzilishi va mazmun tartibini aniq etkazishi, asliyat va tarjimadagi bo‘limlar va ularning soni hamda mazmuni bir-biriga mos kelishi, agar asl nusxada ma’lum bir fikr ikkinchi bo‘limning boshida ifodalangan bo‘lsa, unda tarjimada ham u bir xil joyda bo‘lishi, agar tarjimon matnning tuzilishi tafsilotlarida kichik og‘ishlarga yo‘l qo‘ysa, unda faqat asl nusxaning mazmunini aniqroq etkazish uchun yuz berishi kerakligi kabi materiallari va natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 25-yanvar kuni imzolagan “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori va ushbu qarorga muvofiq Bosh Vazir tasdiqlagan chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning ijrosini to‘laqonli ta’minlash hamda Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyati, ijodini o‘rganishda jahon hamda o‘zbekistonlik olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarni umumlashtirib beruvchi, tizimga solingan xalqaro elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar merosini o‘rganishga qiziquvchi barcha olimlar va ixlosmandlar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Xalqaro ilmiy Boburshunoslik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha loyiha ishida foydalanilgan (Bobur nomli xalqaro jamoat fondining 2025-yil 2-sentyabr 34-son ma’lumotnomasi). Natijada, memuar janrining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tarjima jarayonida tarjimon faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablar tizimli tarzda ochib berilgan;
tadqiqotda ilgari surilgan nazariy xulosa va tavsiyalardan “Boburnoma” tadqiqiga oid ilmiy izlanishlarda, anjumanlarda, Bobur ma’rifiy, adabiy merosi haqida risolalar tayyorlashda, davra suhbatlarida keng istifoda etildi. 2024-yilning 13-fevralida Axsikent xalqaro ilmiy tadqiqot birlashmasi tomonidan tashkil etilib, Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan “Bobur va Axsikent” mavzusida respublika olimlari ishtirokidagi IV ilmiy-amaliy anjumanda, “Bobur va Boburnoma”, “Humoyunnoma”, “Ikki Axsikent”, “Namanganlik boburshunos olimlar” kabi turkum monografiyalarni nashr qilish ishida hamda Pokiston Islom Respublikasi Panjob universiteti olimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Boburnoma – jahon adabiy jarayonida” mavzusidagi grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahar “Axsikent” Xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasining 2025-yil 30-sentyabr 135-son ma’lumotnomasi). Natijada, anjuman va monogfiyalarni Mirzo Boburning xorijda o‘rganilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
memuar asarlardagi etnografik birliklarni tarjima qilishda madaniy kontekstni saqlash, ya’ni etnografik birliklarning madaniy ahamiyatini tushunish va tarjimaga kiritish, bunda birliklarning o‘ziga xosligini va kontekstini saqlab qolish zarurligi; tarjimon an’analar va urf-odatlarning mazmunini yaxshi tushunishi, tarjimada ularni to‘g‘ri ifodalash va o‘quvchiga yetkazish muhim sanalishi; etnografik birliklarni tarjima qilishda, manba tilidagi ma’noni saqlab qolish uchun mos keluvchi so‘zlar yoki iboralarni topish zarurligi, tarjimada adekvatlikka erishish nazarda tutilishi; etnografik birliklar o‘quvchilar uchun tushunarsiz bo‘lganda, izohlar yoki tushuntirishlar berish; etnografik birliklar tarjimasida muallifning hissiyotlarini saqlab qolish; etnografik birliklarning ijtimoiy va tarixiy kontekstini hisobga olish; tilning grammatikasi va leksikasini to‘g‘ri qo‘llashi, etnografik birliklarni aniq va ravon tarzda ifodalashi zarurligi kabi yaratilgan tamoyillardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2025-yil 9-sentyabr 04-3552-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvokultrologiyani ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
tarjimon tarjima jarayonida adaptiv transkodlashni ham amalga oshirishi mumkinligi: ma’lumotlarning ma’lum hajmi va tabiatiga qaratilgan adaptiv transkodlash izohlar, tezislar, rezyumelar va ma’lumotlarni uzatishning boshqa shakllarini tuzishni o‘z ichiga olishi, ushbu jarayonlar asliyat matnidagi ma’lumotlarni tanlash va qayta tashkil etish bilan bog‘liqligi, shakllarning har biri ma’lum materialni taqdim etish qoidalariga egaligi uzatilgan ma’lumotni idrok etishni osonlashtirishini ochib berishga doir materiallari va natijalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovasion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universiteti OO‘MTVning 2025-yil 9-sentyabr 04-3553-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima jarayonida adaptiv transkodlash uzatilgan ma’lumotni oson idrok etishga xizmat qilishi yanada yorqinlashgan;
etnografik birliklar va ularning fransuzcha tarjimalarida semantik ekvivalentlik va madaniy kodlarning saqlanish darajasi, etnolingvistika doirasida tarjimada ekvivalentlarni moslashtirish bo‘yicha semantik va pragmatik yondashuvlar, fitomorfik, zoomorfik, oziq-ovqatga oid, makon, zamonga oid hamda boshqa madaniy kodlar ahamiyatini aniqlash kabi xulosa va natijalaridan Fransiya Elchixonasi tomonidan 2025-yil 15-mayda o‘tkazilgan Frankofoniya festivali doirasidagi “2080-yilgi ta’til” nomli sahna asarining sahnalashtirish jarayonida foydalanilgan (Fransiya Elchixonasining 2025-yil 30-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, festival ishtirokchilarining til va san’atdagi semantik ekvivalentlik, madaniy kodlarni chuqurroq tushunishi hamda baholash imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishilgan;
etnik madaniyatlar lug‘aviy birligi etnografik birliklarni tarjima matnida uzatish madaniy tarkibiy qismga ega bo‘lgan etnografik birliklar orqali, denotativ ma’no shaklida, konnotatsiyalar bilan yoki madaniy obektlar va hodisalarning batafsil tavsiflari kabi (ular ishoralar orqali qisqartirilishi ham mumkin) yo‘llar bilan amalga oshirilishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil fevral va mart oylaridagi sonlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab tayyorlangan “G‘azal bostoni” hamda etnografik ma’lumotlarga bag‘ishlangan “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlarning ssenariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 26-avgustdagi 05-09-1368-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlar materiallari mazmuni etnik madaniyatlar va etnografik birliklarning madaniy jihatlarini ochib berish kabi ilmiy dalillar bilan boyitilgan.