Ergashev Tolif Yuldashevichning
pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Geografik va matematik fanlar integratsiyasi asosida o‘quvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirish (akademik liseylar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10384
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17
Rasmiy opponentlar: Musaev Jahongir Payazovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Haydarova Surayyo Abdusalomovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda geografik va matematik fanlar integratsiyasi asosida o‘quvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
geografiya va matematika fanlari integratsiyasi asosida o‘quvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan anketa so‘rovi, bilimlarni tashxislash, dastur, dasturga muvofiq reja hamda turli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va o‘quv topshiriqlari toʻplamidan iborat metodika ishlab chiqilgan;
nazariy qarashlar, metodik ta’minot va zamonaviy ta’lim texnologiyalari, shuningdek, yaratilgan “Elektron kartografik atribut” va “Amaliy kartografik bilimdonlik” metodikalarini akademik liseylar amaliyotiga joriy etish natijalariga tayangan holda, geografiya va matematika fanlari integratsiyasi asosida o‘quvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining kartografik bilim va kompetensiyalarini baholovchi shkalali indikator va mezonlar hamda o‘quvchilarining kartografik bilimlarini samarali rivojlantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilgan, “Elektron kartografik atribut”, “Amaliy kartografik bilimdonlik” turkumidagi stimullovchi o‘quv topshiriqlarining ijodiy, erkin va majburiy bajarilishini belgilovchi ko‘rsatkichlar va ular bo‘yicha qo‘yilgan ballar tizimlashtirish orqali asoslangan;
geografik va matematik fanlar integratsiyasi asosida akademik liseylar o‘quvchilarining kartografik bilimlarini rivojlantirish mexanizmi nazariy, amaliy va mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, bosqichlari, usullari, vositalari va baholash mezonlarining o‘zaro integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. akademik liseylarda geografik va matematik fanlar integratsiyasi asosida o‘quvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot ishining muhim natijalari asosida:
geografiya va matematika fanlari integratsiyasi asosida o‘quvchilarning kartografik bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan anketa so‘rovi, o‘quvchilar bilimini tashxislash, dastur, dasturga muvofiq reja hamda turli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va o‘quv topshiriqlari toʻplami asosida ishlab chiqilgan  metodika “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 15-apreldagi 05-09-714-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlanishiga va yangi manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
“Elektron  kartografik  atribut”  va  “Amaliy kartografik bilimdonlik”  texnologik jarayoni asosida ishlab chiqilgan kartografik bilimlarini rivojlantirish modelidan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan IL-402104339- raqamli “O‘zbekistonning nozoekologik sharoitini  geografik  tahlil qilish asosida ixtisoslashtirilgan xaritalar ishlab chiqish (Jizzax va Sirdariyo viloyatlari uchun)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydanilgan (Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 14-noyabrdagi 04/11-22697-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya va matematika fanlari integratsiyasi asosida oʻquvchilarning kartografik bilimlarini istiqbolli rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilovchi ilmiy–metodik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;     
kartografik bilim va kompetensiyalarga egalikni baholovchi shkalali indikator hamda baholovchi mezonlar hamda geografik va matematik fanlar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan akademik liseylar o‘quvchilarining kartografik bilimlarini samarali rivojlantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalari “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 15-apreldagi 05-09-714-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallanishiga va ilmiy dalillarga asoslanishiga  xizmat qilgan;    
Akademik liseylarda geografiya fanlarini o‘qitishda ijodiy va kreativ o‘quv topshiriqlaridan foydalanish, geografik va matematik fanlar integratsiyasi asosida akademik lisey o‘quvchilarining kartografik bilimlarini rivojlantirish mexanizmiga oid ilmiy metodik-tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi faoliyatida geografiya ta’lim yo‘nalishining malaka talabiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 02/01-01-482-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini takomillashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish