Alimbekova Mavjuda Xalimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdurauf Fitrat asarlari korpusi strukturasi, lingvistik va dasturiy ta’minoti”, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi. 
Mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3662.
Ilmiy rahbar: Hamroeva Shahlo Mirjonovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03. 
Opponentlar: Akbarova Zuhra Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdurauf Fitrat asarlari korpusini tuzish, lingvistik va dasturiy ta’minotini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Abdurauf Fitrat asarlari korpusini ishlab chiqish jarayonida manbalarni tanlashning lingvistik, ekstralingvistik, to‘liqlilik mezonlari, matnlarni raqamlashtirish, metama’lumot bilan ta’minlash, imlo hamda grafik variantlarni me’yorlashtirish, matnlarga dastlabki lingvistik ishlov berish bosqichlari aniqlangan; 
statistik va korpus tahlil tamoyili asosida muallif ijodidagi publisistik, badiiy, ilmiy uslub matnlaridagi leksik, morfologik birliklar – muallif tili ideostili, individual-uslubiy xususiyatlarini belgilovchi lingvistik omillar asoslangan;
lingvistik teglash jarayonida yuzaga keluvchi tarixiy imlo, variantlilik, morfologik noaniqlik va uslubiy tafovut kabi muammolarni bartaraf etish yo‘llari ochib berilgan, o‘zbek tilining tarixiy-lisoniy va uslubiy sathini tashkil etuvchi turli tillardan o‘zlashgan leksik birliklarni aniqlashning samarali echimlari fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlar orqali dalillangan; 
Abdurauf Fitrat asarlari korpusi uchun matnlarni yarimavtomatik lemmalash, morfologik teglash va statistik tahlil qilishning metodik yondashuvlari, so‘zshakl va lemmalarning chastotali ko‘rsatkichlari, leksik qatlamning statistik tasnifi, konkordans moduli va kengaytirilgan qidiruv mexanizmini shakllantirishga yo‘naltirilgan dasturiy-algoritmik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya natijalaridan olingan xulosalar asosida: 
Abdurauf Fitrat asarlari korpusini ishlab chiqish jarayonida manbalarni tanlashning lingvistik, ekstralingvistik, to‘liqlilik mezonlari, matnlarni raqamlashtirish, metama’lumot bilan ta’minlash, imlo hamda grafik variantlarni me’yorlashtirish, matnlarga dastlabki lingvistik ishlov berish bosqichlari aniqlanganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM- FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-maydagi 01/4-1880-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusi” Fitrat asarlari bazasi bilan boyitilgan;
statistik va korpus tahlil tamoyili asosida muallif ijodidagi publisistik, badiiy, ilmiy uslub matnlaridagi leksik, morfologik birliklar – muallif tili ideostili, individual-uslubiy xususiyatlarini belgilovchi lingvistik omillar asoslanganligi bilan bog‘liq fikr-mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan № IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 26-noyabr 04/1-5683-son ma’lumotnomasi). Natijada Google, Yandex, Google Translate axborot-qidiruv tizimi mukammallashtirilgan;
lingvistik teglash jarayonida yuzaga keluvchi tarixiy imlo, variantlilik, morfologik noaniqlik va uslubiy tafovut kabi muammolarni bartaraf etish yo‘llari ochib berilgan, o‘zbek tilining tarixiy-lisoniy va uslubiy sathini tashkil etuvchi turli tillardan o‘zlashgan leksik birliklarni aniqlashning samarali echimlari fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlar orqali dalillangan o‘rinlardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Afsona va haqiqat” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 24-sentyabrdagi 15-33/713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
Abdurauf Fitrat asarlari korpusi uchun matnlarni yarimavtomatik lemmalash, morfologik teglash va statistik tahlil qilishning metodik yondashuvlari, so‘zshakl va lemmalarning chastotali ko‘rsatkichlari, leksik qatlamning statistik tasnifi, konkordans moduli va kengaytirilgan qidiruv mexanizmini shakllantirishga yo‘naltirilgan dasturiy-algoritmik model ishlab chiqilgan. Model asosida yaratilgan “Abdurauf Fitrat asarlari korpusi” dasturi uchun “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan mualliflik guvohnomasi olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi № DGU 48806-raqamli mualliflik guvohnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish