Jumaeva Marjona Erkinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «”Tuya” lug‘aviy ma'noviy guruhi qatnashgan maqollarning lingvokognitiv tadqiqi». 10.00.01 – oʻzbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Fil3701
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) G‘aybullaeva Nafisa Izzatullaevna, Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Turdialieva Dilfuza Salohiddinovna. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq maqollaridagi “tuya” LMGga aloqador birliklarni ajratish, lingvokognitologiyaning nazariy tadqiqini jahon va o‘zbek tilshunosligi doirasida o‘rganish, o‘zbek xalq maqollaridagi “tuya” LMGga aloqador birliklarni freym va slotlarga bo‘lish, ularning shakllanish asoslarini izohlash va ma’lum bir mavzuviy guruhlarga tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek tilshunosligida lingvokognitiv tilshunoslikning nazariy tadqiqi bo‘yicha olib borilgan ishlar atroflicha o‘rganilib, ular negizida zoonim birliklarga koseptual qarash asoslari yaratilgan, turli zoonim guruhlar asosida nazariy ma’lumotlar dalillangan; 
tadqiqot davomida “tuya” LMGga oid birliklar ishtirok etgan 185 ta o‘zbek xalq maqoli aniqlangan, ularning semantikasi hamda konnotativ ma’nosi matn qurshovida aniqlangan; 
“tuya” LMGga tegishli birliklarning assotsiativ maydoni belgilanib, mazkur jonivor nomlarining yosh va jins munosabatiga ko‘ra farqlanishi, ular bilan bog‘liq jihoz nomlari tahlilga tortilgan; Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari asosida ushbu nom bilan bog‘liq maqol va leksema ko‘rinishidagi birliklar tahlil etilgan;
mazkur zoonimik birliklar ishtirok etgan kognitiv birliklar: freym hamda slotlar matn tahlili asosida semantik guruhlarga ajratilib, freym to‘pi hamda ularning uyalariga (slotlarga) xos xususiyatlarning lingvokognitiv asoslari isbotlangan.
oltita freym to‘pi hamda uning tarkibiga kiruvchi 15 ta slot kognitiv tadqiq asosida tahlilga tortilib, maqol tarkibida ifodalangan kognitiv manzara matn qurshovida ochib berilgan, ularning har biri ssenariy va mavjudligiga ko‘ra stereotiplar nuqtayi nazardan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq maqollarida tarkibida “tuya” zoonimi ishtirok etgan birliklar vositasida nutqda obraz yaratish, konnotativ ma’no orqali nutqning jozibardorligiga erishish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesi “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarining 2025-yil yanvar, fevral, mart sonlaridagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 29-apreldagi №01-09-88-son ma’lumotnomasi). Bu orqali ushbu ko‘rsatuvlarining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.
“Tuya” LMG ishtirok etgan birliklarning lingvistik xususiyatlari, milliy tafakkur shakllanish tadrijini paremalar misolida ko‘rish, umummilliy ong shakllanishida zoonimlar ishtirok etgan maqollarning o‘rnini belgilash hamda ular tadqiqi bo‘yicha muayyan xulosalarni berishda II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada ushbu dissertatsiyaning xulosalariga tayanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-iyundagi 907-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqishda “tuya” zoonimi ishtirok etgan maqollarning kognitiv tadqiqi asosida ilgari surilgan ilmiy xulosalardan foydalanilgan. 
Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilining zoonimlar bilan bog‘liq masalalari hamda “tuya” zoonimining metaforizatsiya darajasiga ko‘tarilishdagi ahamiyati, o‘zbek xalqi kognitatsiyasida ushbu zoonim bilan bog‘liq milliy-mental xususiyatlarning aks etishi jihatlari haqidagi muayyan xulosalarni ochib berishda ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalarga tayanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-iyundagi 906-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilovadagi nomlarni shakllantirishda dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalardan foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish