Raxmonova Sojida Muxammadovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10625.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Turdieva Mohira Jo‘raqulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni malaka talablaridagi kasbiy faoliyat ob’ektlari bilan bog‘liq innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga qaratirilgan uzluksiz rivojlanish traektoriyasi va evristik mexanizmli faoliyatga tayyorgarlikning diagnostik indikatorlarini adaptiv transformatsiyalash xususiyatlari institutsional legitimatsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarini dasturiy ta’lim vositalariga asoslangan ta’lim mazmunini kasbiy identifikatsiyalashni paradigmik rivojlantirishga qaratilgan model pedagogik faoliyatning refleksiv hamda regulyativ mexanizmlariga asosan mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorgarlik holatini progressiv baholashga qaratilgan pedagogik algoritmlar orqali refleksiv ko‘nikmalarini transformatsiyalash yuzasidan mutaxasislikka oid majburiy fanlarni pedagogik jarayonning sinergetik xususiyatlarini transdisiplinar integratsiyalashga oid o‘qitish metodikasini  modifikatsiya qilishning evristik imkoniyatlarini kasbiy refleksiyalash asosida mazmunan takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligini ta’minlovchi strategiyalarni loyihalashda “Aktivator”, “Problem-based learning”, “SWOT-tahlil” metodlarini amaliy kuzatuvchanlik, sinergetik moslashuvchanlik asosida optimallashtirish orqali amaliyotiga singdirish va dinamik traektoriyasini sintezlashga oid evolyusion metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni malaka talablaridagi kasbiy faoliyat ob’ektlari bilan bog‘liq innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga qaratirilgan uzluksiz rivojlanish traektoriyasi va evristik mexanizmli faoliyatga tayyorgarlikning diagnostik indikatorlarini adaptiv transformatsiyalash xususiyatlari institutsional legitimatsiyalash orqali aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Maktabgacha ta’limda o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i, 485-0279 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining pedagogik faoliyatidagi qulaylik, zamonaviy o‘qitish metodlari, pedagogik ta’limiy vositalar, pedagogik texnologiyalarni bola imkoniyatlarini inobatga olgan holda joriy etish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarini dasturiy ta’lim vositalariga asoslangan ta’lim mazmunini kasbiy identifikatsiyalashni paradigmik rivojlantirishga qaratilgan model pedagogik faoliyatning refleksiv hamda regulyativ mexanizmlariga asosan mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-746 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarini elementar matematik qonuniyatlarga oid o‘qitishning o‘ziga xos jihatlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorgarlik holatini progressiv baholashga qaratilgan pedagogik algoritmlar orqali refleksiv ko‘nikmalarini transformatsiyalash yuzasidan mutaxasislikka oid majburiy fanlarni pedagogik jarayonning sinergetik xususiyatlarini transdisiplinar integratsiyalashga oid o‘qitish metodikasini  modifikatsiya qilishning evristik imkoniyatlarini kasbiy refleksiyalash asosida mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil          1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-392 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy mahorati hamda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish asosida muloqot madaniyati va pedagogik texnikalarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari rivojlantirilgan; 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligini ta’minlovchi strategiyalarni loyihalashda “Aktivator”, “Problem-based learning”, “SWOT-tahlil” metodlarini amaliy kuzatuvchanlik, sinergetik moslashuvchanlik asosida optimallashtirish orqali amaliyotiga singdirish va dinamik traektoriyasini sintezlashga oid evolyusion metodik tavsiyalar “Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 418528 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilar ilk yoshli bolalar bilan noan’anaviy faoliyatni olib borish, ta’lim-tarbiya jaryonlarini samarali tashkil etish mazmundagi innovatsion kasbiy faoliyatlariga qaratilgan tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish