Turumbetov Bairam Kongratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modeli i algoritm obslujivaniya raznorodnogo trafika v setyax 5G”, 05.04.01–“Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6200.
Ilmiy rahbar: Amirsaidov Ulugbek Baburovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Salimjon Olimjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5G tarmoqlarida turli xil trafiklarga xizmat ko‘rsatish sifati va radiokanaldan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beruvchi modellar va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trafiklarning o‘ziga xosligi va eMBB, URLLC hamda mMTC xizmatlari vaqt-ehtimollik xarakteristikalariga belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda turli xil trafik paketlarini uzatish uchun radiokanalning minimal o‘tkazish kengligini aniqlash imkonini beruvchi 5G tarmog‘i radiokanal resurslarini segmentlarga taqsimlash modeli ishlab chiqilgan;
radiokanalning signal/shovqin nisbati va xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlariga belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda optimal modulyasiya-kodlash sxemasi va paketlarni qayta uzatish sonini aniqlash imkonini beruvchi URLLC trafigi paketlarini uzatishning optimal parametrlarini aniqlash modeli ishlab chiqilgan;
paketlarni uzatishning oldingi bosqichidagi to‘qnashuvlar sonini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beruvchi mustahkamlash orqali o‘rganishga asoslangan mMTC trafigi qurilmalarining radiokanalga kirish modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlariga belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda paketlarni umumiy kechikishlarini minimallashtirish imkonini beruvchi AnyLogic dasturiy ta’minoti asosida 5G pastki kanalida turli xil trafiklarga xizmat ko‘rsatishning imitatsion modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5G tarmoqlarida turli xil trafiklarga xizmat ko‘rsatish modellari va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
trafiklarning o‘ziga xosligi va eMBB, URLLC hamda mMTC xizmatlari vaqt-ehtimollik xarakteristikalariga belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda turli xil trafik paketlarini uzatish uchun radiokanalning minimal o‘tkazish kengligini aniqlash imkonini beruvchi 5G tarmog‘i radiokanal resurslarini segmentlarga taqsimlash modeli O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati va “UNITEL” MChJ G‘HFga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 34-8/8495-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5G tarmog‘i slayslarini ishlash samaradorligini o‘rtacha 12% ga oshirishga erishilgan.
radiokanalning signal/shovqin nisbati va xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlariga belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda optimal modulyasiya-kodlash sxemasi va paketlarni qayta uzatish sonini aniqlash imkonini beruvchi URLLC trafigi paketlarini uzatishning optimal parametrlarini aniqlash modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatiga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 34-8/8495-son ma’lumotnomasi). Natijada paketlarning o‘rtacha kechikish vaqtini o‘rtacha 13 %ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
paketlarni uzatishning oldingi bosqichidagi to‘qnashuvlar sonini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beruvchi mustahkamlash orqali o‘rganishga asoslangan mMTC trafigi qurilmalarining radiokanalga kirish modeli va algoritmi “UNITEL” MChJ G‘HFga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 34-8/8495-son ma’lumotnomasi). Natijada radiokanalga muvaffaqiyatli kirish ehtimolligi va radiokanal o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffisientini o‘rtacha 8 %ga oshirish imkoni yaratilgan;
xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlariga belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda paketlarni umumiy kechikishlarini minimallashtirish imkonini beruvchi AnyLogic dasturiy ta’minoti asosida 5G pastki kanalida turli xil trafiklarga xizmat ko‘rsatishning imitatsion modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatiga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 34-8/8495-son ma’lumotnomasi). Natijada paketlarning umumiy kechikishini o‘rtacha 9 %ga kamaytirishga erishilgan.