Ziyatova Barno Bahodirovna
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Falsafiy ta’lim asosida talabalarning innovasion tafakkurini shakllantirish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10818
Ilmiy rahbar: Abdullaev Elmurod Bozarboy o‘g‘li - falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Samatov Dilshodbek Toxirjonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muhammedov Asror Asadovich, falsafa fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafiy ta’lim asosida talabalarning innovasion tafakkurini shakllantirish metodikasiga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafa fani asosida innovatsion tafakkurni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga innovatsion tafakkurning kognitiv, kreativ va reflektiv komponentlari uyg‘unligida innovatsion tafakkurning shakllanishi insonning yaratuvchanligi, tanqidiy fikrlashi va tayangan integrativ jarayon ekanligi falsafiy-pedagogik tizimlashtirish asosida ochib berilgan;
falsafa fani asosida innovatsion tafakkurni shakllantirish tizimi pedagogik ta’lim jarayonida amalga oshirishning didaktik modeliga talabalarda innovatsion tafakkurni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlariga (subekt-subekt munosabati, erkin o‘quv muhiti, ijodiy motivatsiya, interfaol o‘qitish metodlari) samarali integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
falsafa fani ta’lim jarayonida innovatsion tafakkurni shakllantirish metodikasi o‘quv jarayoniga agile allianc, refleksiya doirasi va workshop texnologiyalarini kiritish orqali talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish va refleksiv tahlil ko‘nikmalarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga uyg‘un ravishda bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
falsafa fanini o‘qitish jarayonida talabalarning innovatsion tafakkurini shakllantirish samaradorligi ta’lim oluvchilarning tanqidiy, kreativ va reflektiv fikrlashini rivojlantirishning integrativ modeliga falsafiy yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va fanlararo integratsiya orqali muammoli vaziyatlarni hal etish va yangi g‘oyalar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish kompetensiyalarini adaptatsiyalash orqali aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda falsafa fani doirasi innovatsion tafakkurni shakllantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida:
falsafa fani asosida innovatsion tafakkurni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga innovatsion tafakkurning kognitiv, kreativ va reflektiv komponentlari uyg‘unligida innovatsion tafakkurning shakllanishi insonning yaratuvchanligi, tanqidiy fikrlashi va tayangan integrativ jarayon ekanligi falsafiy-pedagogik tizimlashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan “Yangi avlod darslilari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida o‘z aksini topgan (Andijon davlat pedagogiga institutining 2025-yil 6-noyabrdagi 01-1128-son ma’umotnomasi). Natijada innovatsion tafakkurni shakllantirish pedagogik xususiyatlari va shart-sharoitlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
falsafa fani asosida innovatsion tafakkurni shakllantirish tizimi pedagogik ta’lim jarayonida amalga oshirishning didaktik modeliga talabalarda innovatsion tafakkurni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlariga (subekt-subekt munosabati, erkin o‘quv muhiti, ijodiy motivatsiya, interfaol o‘qitish metodlari) samarali integratsiyalash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2025-yil 5-noyabrdagi 01-33/826-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda innovatsion tafakkurni shakllantirishda real hayot imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan tayanch kompetensiyalarini rivojlanishiga erishilgan;
falsafa fani ta’lim jarayonida innovatsion tafakkurni shakllantirish metodikasi o‘quv jarayoniga agile allianc, refleksiya doirasi va workshop texnologiyalarini kiritish orqali talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish va refleksiv tahlil ko‘nikmalarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga uyg‘un ravishda bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Respublikafan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratikdavlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishdainnovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kegashining 2025-yil 31-oktyabrdagi 04-13-867-son ma’lumotnomasi). Natijada falsafa fani doirasida innovatsion tafakkurni shakllantirish bitiruvchilarda shakllangan kompetensiyalarni amaliyotda qo‘llashning muhim elementi sifatidagi ahamiyati yoritib berilgan;
falsafa fanini o‘qitish jarayonida talabalarning innovatsion tafakkurini shakllantirish samaradorligi ta’lim oluvchilarning tanqidiy, kreativ va reflektiv fikrlashini rivojlantirishning integrativ modeliga falsafiy yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va fanlararo integratsiya orqali muammoli vaziyatlarni hal etish va yangi g‘oyalar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish kompetensiyalarini adaptatsiyalash orqali aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiligi “Xitoy tili” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i asosida berilgan 462-640 nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion tafakkurni shakllantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi oshgan.