Ahunova Tamannoxon Zokir qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron axborot-ta’lim muhitida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash texnologiyalari”. 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Ped9688
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharofutdinova Ra’no Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Sariev Rustam Bobomuradovich, dotsent,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron axborot-ta’lim muhitida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning mazmuni, tuzilishi va funksiyalari amaliy-kasbiy faoliyatga oid hatti-harakatlar algoritmini  raqamli muhitda o‘rgatish metodikasini ilmiy kontekst sintezida maqbullashtirish asosida aniqlashtirilgan;  
elektron axborot-ta’lim muhitida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash modeli izlanuvchilikning muammo qo‘yish, tajriba, natijalarni umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichlarida talabalarning  raqamli moslashuvchanligini mobil resurslar kombinatsiyasida individual ta’minlash asosida takomillashtirilgan;  
elektron axborot-ta’lim muhitida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning dasturiy-didaktik ta’minoti ta’limiy-ilmiy loyihalarning raqamli konstruksiyalarini individual, frontal algoritmlar va real vaqt rejimlarida nazorat topshiriqlariga hamohangligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini baholashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv mezonlari axborot, texnik va o‘quv metodik  resurslar integratsiyasi hamda Global ilmiy ma’lumotlar tahlili tizimida  raqamli metodika modifikatsiyasi ustuvorligida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron axborot-ta’lim muhitida talablarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash  texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning mazmuni, tuzilishi va funksiyalari amaliy-kasbiy faoliyatga oid hatti-harakatlar algoritmini raqamli muhitda o‘rgatish metodikasini ilmiy kontekst sintezida maqbullashtirishga oid tavsiyalari “Ma’lumotlarning intellektual tahlili” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil  9-iyuldagi 258-sonust dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga intensiv jalb qilishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
elektron axborot-ta’lim muhitida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash modeli izlanuvchilikning muammo qo‘yish, tajriba, natijalarni umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichlarida talabalarning  raqamli moslashuvchanligini mobil resurslar kombinatsiyasida individual ta’minlashga oid takliflari respublika oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari” markazining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/01-01-521-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalarning ilmiy faoliyat algoritmini ixtisoslik modullari kontekstida individual yoʻnaltirish  uchun xizmat qilgan; 
elektron axborot-ta’lim muhitida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning dasturiy-didaktik ta’minoti ta’limiy-ilmiy loyihalarning raqamli konstruksiyalarini individual, frontal algoritmlar va real vaqt rejimlarida nazorat topshiriqlariga hamohangligini ta’minlashga oid tavsiyalari  FDTU, QarDTU, TATU Samarqand filialilarning modullar kesimida nazorat topshiriqlari va jarayonini innovatsion tashkil etish amaliyotida qo‘lllangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari” markazining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/01-01-521-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muxandis-dasturchilarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini tizimli tashkil etish modeli va uni amalga oshirish metodikasi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish