Ermonov Sherzod Ibrayim o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11185.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Botir Baxtiyor o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gʻulomovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raev Muzaffarjon Mansurjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga redagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi innovatsion, texnologik va pedagogik omillar integratsiyasida talabalarni o‘zlashtirish natijalarini raqamli diagnostikasini produktivlik darajali nazoratga ko‘ra optimallashtirish asosida ochib berilgan;
pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini rivojlantirish modeli talabalarning akademik-raqamli faoliyatini tashkil etishning axborotli kombinatsiyasida interfeys qulayligi va intuitivligini metodik algoritmda ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishda dasturiy-metodik ta’minotdan foydalanish texnologiyasi talabalarni pedagogik dizaynga motivatsiyalovchi grafikli topshiriqlar va modulli bazani o‘zlashtirish uchun minimal akademik chegaraning vizuallashtirilgan qaytlarida monitoring qilish oynasini modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
redagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish samadorligi baholash mezonlari talabalarda axborotli kontentni ustida ishlash kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mustaqil topshiriqlarni individual ta’lim traektoriyasi bo‘yicha erkin tanlovlilik imkoniyatiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga redagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi innovatsion, texnologik va pedagogik omillar integratsiyasida talabalarni o‘zlashtirish natijalarini raqamli diagnostikasini produktivlik darajali nazoratga ko‘ra optimallashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-fevraldagi 02/01-01-138-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zlashtirish natijalarini raqamli diagnostika asosida baholash va nazorat qilish samaradorligi oshirilgan;
pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy-metodik ta’minotini rivojlantirish modeli talabalarning akademik-raqamli faoliyatini tashkil etishning axborotli kombinatsiyasida interfeys qulayligi va intuitivligini metodik algoritmda ta’minlashga oid tavsiyalardan “Sirdaryo ta’lim.uz” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Guliston davlat pedagogika institutining 2026-yil 14-apreldagi 01-01-04-8-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning akademik-raqamli faoliyatini tashkil etishda interfeysdan foydalanish qulayligi va o‘quv jarayonining samaradorligi oshirilgan;
redagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish samadorligi baholash mezonlari talabalarda axborotli kontentni ustida ishlash kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mustaqil topshiriqlarni individual ta’lim traektoriyasi bo‘yicha erkin tanlovlilik imkoniyatiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2026-yil 15-apreldagi 04-447-son ma’lumotnomasi). Natijada axborotli kontent ustida ishlash kompetensiyasini shakllantirish va individual ta’lim traektoriyasi asosida mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish