Isaeva Gulora Faxriddinovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiu ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillaridagi rasmiy matnlarning leksik, stilistik xususiyatlari”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
 Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: №B2025.3.PhD/Fil6558
Ilmiy rahbar: Mahmudova Nigora Baxromovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor N.E.Yo‘ldosheva va filologiya fanlari nomzodi, dotsent Jumaniyozov Zohid Otaboevich.
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi rasmiy matnlarning leksik, stilistik xususiyatlarini chog‘ishtirma tadqiq qilish orqali o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    turkiy xalqlar va Germaniya hujjatchiligi tizimining shakllanish omillari qiyosiy tahlil etilib, hujjatchilikning tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda unga oid manbalar retrospektiv sathda tadqiq etilgan, sohaning nazariy-metodologik asoslari fundamental jihatdan yoritilgan;
nemis va o‘zbek tillari rasmiy muloqotining genezisi va evolyusion taraqqiyoti o‘rganilib, rasmiy uslubning janr xususiyatlari konseptuallashtirilgan,  jumladan rasmiy tabrik matnlarining qiyosiy tahlili orqali ushbu lisoniy sathlarning struktur-semantik va pragmatik mezonlari ochib berilgan; 
     qiyoslanayotgan tillaridagi rasmiy diskurs birliklari tematik tasniflanib, sohaga oid terminologik tizim hamda rasmiy tabrik matnlarining leksik-semantik va funksional-stilistik determinantlari qiyosiy-chog‘ishtirma usullar asosida dalillangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi diplomatik ritorika fenomenining nazariy-amaliy jihatlari, diplomatik hujjatlarning verifikatsiya qoidalari hamda ularga xos lingvopragmatik ko‘rsatkichlar o‘zaro chog‘ishtirish orqali tasniflangan. 
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillaridagi rasmiy matnlarning leksik, stilistik xususiyatlarini chog‘ishtirma tadqiq qilish orqali ularning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash jarayonida olingan natijalar asosida:
 nemis va o‘zbek tillaridagi rasmiy uslubda yozilgan matnlar tematik  guruhlanib, rasmiy yozishma doirasida qo‘llaniladigan terminlar turlarga bo‘lib o‘rganilganligi, shuningdek har ikkala tildagi rasmiy tabriklarning tuzilishi, ularning tarkibidagi leksik birliklar, ya’ni rasmiy ish uslubi hissiy bo‘yoqdor so‘zlardan xoli bo‘lgani holda rasmiy tabriklar va yozishmalar hissiy bo‘yoqdor so‘zlarga boyligi, maqtov so‘zlariga egaligi bilan ajralib turishi qiyosiy-chog‘ishtirma nuqtai nazardan asoslanganligi bilan bog‘liq xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024 - yillarda olib borilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-oktyabrdagi № 04/1-4906-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki tilda rasmiy nutqning ifoda vositalari, uslubiy xususiyatlari va madaniy konnotatsiyalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar aniqlanib, rasmiy matnlar tarjimasi hamda madaniyatlararo muloqotda muhim bo‘lgan lingvistik qonuniyatlar asoslab berilishiga xizmat qilgan; 
nemis va o‘zbek tillaridagi diplomatik ritorika va diplomatik hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalari hamda ikkala tilda rasmiy tabrik va yozishmalarga xos leksik, stilistik xususiyatlar chog‘ishtirish orqali tasniflash kabi xulosalardan 2020-2025 yillarda Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi SM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEls, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of world languaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum(Germany) - 2020-1- DE01-KA107-005433- (Evropa ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi)  amalga oshirilgan loyihasining tilshunoslik bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 26-yanvardagi №136a-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kursi tinglovchilarining nemis va o‘zbek tillaridagi diplomatik ritorika, rasmiy tabrik va yozishmalarga xos leksik, stilistik xususiyatlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada rivojlanishiga erishilgan; 
turkiy xalqlar va Germaniya hujjatchiligi tizimining yaratilish omillari, uning shakllanish tarixi, bosqichma-bosqich rivojlanishiga oid manbalar tahlilga tortilib, hujjatshunoslik bilan bog‘liq nazariy asoslar, shuningdek, nemis va o‘zbek tillaridagi rasmiy matn hamda rasmiy uslub tushunchalari, ularning turlari va o‘ziga xos mezonlari nemis va o‘zbek tillaridagi rasmiy tabriklarni tahlil etish orqali olingan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Jahon adabiyoti” dasturlarining ssenariylarini (2024-2025 yillar) tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-oktyabrdagi №05-09-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz rasmiy uslub, rasmiy matn, hujjatchilik bo‘yicha ko‘plab ilmiy ma’lumotlardan bahramand bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish