Samatova Iroda Azamjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Vitagen ta’lim texnologiyasi vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi 
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi 
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9019
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, akademik Djuraev Risbay Haydarovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01 
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Madjidova Dildora Abduhamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), k.i.x. 
Yetakchi tashkilot: Guliston  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
 vitagen ta’lim texnologiyasi vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy komretensiyasini shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy kompetensiyani shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘smirlarning individual ehtiyojlarini insonparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasiga yo‘naltirilgan “maktab-oila-mahalla” hamkorligi sharoitida ijtimoiy ahamiyatli muammolarni jamoaviy hal qilish amaliyoti bilan “Yosh liderlar” nomli to‘garak mazmunini boyitish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-siyosiy savodxonlikni rivojlantirish texnologiyalari o‘z hayotidagi biror voqeani fuqarolik nuqtai nazaridan izohlash orqali o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning mediatahlil (feyk, targ‘ibot, manipulyasiyani ajratish), ma’lumotlarni tekshirish, real hayotda uchragan ijtimoiy-siyosiy hayotda uchragan holatlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘quv-amaliy faoliyat bilan tizimli rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy kompetensiyasini shakllantirish modeli  dars va darsdan tashqari faoliyatda qo‘llaniladigan perspektiv vitagen ta’lim texnologiyalari bilan proaktiv xulq-atvor (tashabbuskor, strategik munosabat bildiruvchini)ni namoyon etishga yo‘naltirilgan axloqiy-kontentlarni o‘quv- tarbiyaviy jarayonga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilar ijtimoiy-siyosiy kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi o‘smirlarning ijtimoiy vaziyatlarni talqin qilish fuqarolik pozisiyasini bildira olish va tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini olib borish ko‘nikmalarini yuqori (ongli va asosli munosabat bildirishi, mustaqil xulosa chiqarishi), o‘rta (izoh bera olishi, ammo dalillar yuqori bo‘lmasligi), quyi (vaziyatga yuzaki baho berishi , fuqarolik nuqtai nazaridan izohlay olmasligi) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Vitagen ta’lim texnologiyasi vositasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy komretentligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy-siyosiy kompetensiyani shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘smirlarning individual ehtiyojlarini insonparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasiga yo‘naltirilgan “maktab-oila-mahalla” hamkorligi sharoitida ijtimoiy ahamiyatli muammolarni jamoaviy hal qilish amaliyoti bilan “Yosh liderlar” nomli to‘garak mazmunini boyituvchi innovatsion metodologik asrektlarni intensiv joriy etish asosida aniqlashtirishga oid g‘oyalari “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 453476-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada “maktab-oila-mahalla” hamkorligi sharoitida o‘smirlarning individual ehtiyojlarini insonparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasiga yo‘naltirilgan “Yosh liderlar” nomli to‘garak mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
ijtimoiy-siyosiy savodxonlikni rivojlantirish texnologiyalari o‘z hayotidagi biror voqeani fuqarolik nuqtai nazaridan izohlash orqali o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning mediatahlil (feyk, targ‘ibot, manipulyasiyani ajratish), ma’lumotlarni tekshirish, real hayotda uchragan ijtimoiy-siyosiy hayotda uchragan holatlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘quv-amaliy faoliyat bilan tizimli rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0910202206 – “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 18-iyundagi 01-09/308-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning feyk, targ‘ibot, manipulyasiyani ajratish, ma’lumotlarni tekshirish, real hayotda uchragan ijtimoiy-siyosiy hayotda uchragan holatlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘quv-amaliy faoliyat bilan tizimli rivojlantirishga erishilgan;
o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy kompetensiyasini shakllantirish modeli  dars va darsdan tashqari faoliyatda qo‘llaniladigan perspektiv vitagen ta’lim texnologiyalari bilan proaktiv xulq-atvor (tashabbuskor, strategik munosabat bildiruvchini)ni namoyon etishga yo‘naltirilgan axloqiy-kontentlarni o‘quv- tarbiyaviy jarayonga integratsiyalash orqali takomillashtirishga doir takliflar “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 453476-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada dars va darsdan tashqari faoliyatda qo‘llaniladigan perspektiv vitagen ta’lim texnologiyalari bilan tashabbuskor, strategik munosabat bildiruvchi proaktiv xulq-atvorni namoyon etishga yo‘naltirilgan axloqiy-kontentlarni integratsiyalashga erishilgan;
o‘quvchilar ijtimoiy-siyosiy kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi o‘smirlarning ijtimoiy vaziyatlarni talqin qilish fuqarolik pozisiyasini bildira olish va tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini olib borish ko‘nikmalarini yuqori (ongli va asosli munosabat bildirishi, mustaqil xulosa chiqarishi), o‘rta (izoh bera olishi, ammo dalillar yuqori bo‘lmasligi), quyi (vaziyatga yuzaki baho berishi, fuqarolik nuqtai nazaridan izohlay olmasligi) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga oid mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” nomli olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 18-iyundagi 01-09/308-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlarning ijtimoiy vaziyatlarni talqin qilish fuqarolik pozisiyasini bildira olish va tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini olib borish ko‘nikmalarini yuqori, o‘rta, quyi darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish