Jumabaev Amir Darmenbay ulining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Tarbiya” darslarida milliy tarbiyani amalga oshirishning didaktik mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7037
Ilmiy rahbar: falsafa fanlari nomzodi, professor Utamuradov Akbar
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Tarbiya” darslarida milliy tarbiyani amalga oshirishning didaktik mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy tarbiyaning didaktik mexanizmlari o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantiruvchi fanlararo integrativ hamkorlik texnologiyalarini milliy qadriyatlar mazmuni bilan boyitish orqali ularning o‘quv faoliyati tajribasiga ma’naviy-axloqiy yo‘nalganlikni transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
 “Tarbiya” darslari mazmuni milliy qadriyatlarning hayotiy ahamiyati, axloqiy tanlov vaziyatlari orqali o‘quvchilarda ichki pozisiyani shakllantirishga oid zamonaviy mavzular bilan shaxsiy rivojlanish yo‘nalishidagi didaktik materiallarni o‘quv-tarbiya jarayoniga kiritish asosida  takomillashtirilgan;
milliy odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarning sharqona axloqiy me’yorlar va xulq-atvor madaniyatini shakllantirishga qaratilgan maqsadli, bosqichli va natijaga yo‘naltirilgan pedagogik tizim bilan oilaviy va jamoaviy mas’uliyatini hamkorlik mexanizmlariga integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning milliy odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi axloqiy me’yorlar va xulq-atvor madaniyati ko‘nikmalarining yuqori (axloqiy qadriyatlarni ongli ravishda anglay olishi, barqaror ijtimoiy xulq namoyon etishi), o‘rta (axloqiy me’yorlarni tushunishi, ammo vaziyatga bog‘liq holda qo‘llashi) hamda quyi (beqaror va sust namoyon bo‘lish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Tarbiya” darslarida milliy tarbiyani amalga oshirishning didaktik mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy tarbiyaning didaktik mexanizmlari o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantiruvchi fanlararo integrativ hamkorlik texnologiyalarini milliy qadriyatlar mazmuni bilan boyitish orqali ularning o‘quv faoliyati tajribasiga ma’naviy-axloqiy yo‘nalganlikni transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Tarbiya” darslariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi  vazirligining 2026-yil 24-martdagi 04-37-954-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantiruvchi fanlararo integrativ hamkorlik texnologiyalarini milliy qadriyatlar mazmuni bilan boyitishga erishilgan;
“Tarbiya” darslari mazmuni milliy qadriyatlarning hayotiy ahamiyati, axloqiy tanlov vaziyatlari orqali o‘quvchilarda ichki pozisiyani shakllantirishga oid zamonaviy mavzular bilan shaxsiy rivojlanish yo‘nalishidagi didaktik materiallarni o‘quv-tarbiya jarayoniga kiritish asosida  takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 25-fevraldagi 01-09/133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ichki pozisiyani shakllantirishga oid zamonaviy mavzular bilan shaxsiy rivojlanish yo‘nalishidagi didaktik materiallarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga erishilgan;
milliy odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarning sharqona axloqiy me’yorlar va xulq-atvor madaniyatini shakllantirishga qaratilgan maqsadli, bosqichli va natijaga yo‘naltirilgan pedagogik tizim bilan oilaviy va jamoaviy mas’uliyatini hamkorlik mexanizmlariga integratsiya qilish asosida takomillashtirishga oid  takliflari “Tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining 2025-yil 1-iyuldagi 730-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarning sharqona axloqiy me’yorlar va xulq-atvor madaniyatini shakllantirishga qaratilgan maqsadli, bosqichli va natijaga yo‘naltirilgan pedagogik tizim bilan oilaviy va jamoaviy mas’uliyatini hamkorlik mexanizmlariga integratsiya qilishga erishilgan;
o‘quvchilarning milliy odob-axloq ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi axloqiy me’yorlar va xulq-atvor madaniyati ko‘nikmalarining yuqori (axloqiy qadriyatlarni ongli ravishda anglay olishi, barqaror ijtimoiy xulq namoyon etishi), o‘rta (axloqiy me’yorlarni tushunishi, ammo vaziyatga bog‘liq holda qo‘llashi) hamda quyi (beqaror va sust namoyon bo‘lish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslashga oid takliflaridan umumta’lim maktablari uchun “Kelajak soatlari” mavzularini ishlab chiqish va ularning mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 24-martdagi 04-37-954-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchilarning axloqiy me’yorlar va xulq-atvor madaniyati ko‘nikmalarining yuqori, o‘rta hamda quyi  darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligini asoslashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish