Begijonov Jaxongir Otabek o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Milliy kulolchilik an’analari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped4991
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Qaraxonova Lobarxon Musaxonovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muratov Xusan Xolmurotovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy kulolchilik an’analari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash metodikasini takomillashtirish va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
estetik didni rivojlantirishning didaktik mazmuni talabalarda nafosat kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy va guruh loyihalarini tayyorlash jarayonida milliy motivlarni postmodernizm dizayn echimlari bilan kompozision jihatdan uyg‘unlashtirishga asoslangan kulolchilik ustaxonasi (hunarmandchilik markazi)ni virtual modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash strategiyalari milliy hunarmandchilik namunalariga tayangan o‘quv-ijodiy faoliyat bilan kulolchilik an’analarini ma’naviy-qadriyatli mazmunda talqin etishga qaratilgan “kulol-ustalar” masofaviy mahorat darslari (onlayn master-klass) orqali didaktik ta’minotni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
estetik didni rivojlantirish modeli talabalarda milliy did me’yorlarini anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Kulolchilik-estetik moduli”ning didaktik imkoniyatlarini dual ta’limning nazariy-amaliy mexanizmlari bilan kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayoniga didaktik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik did shakllanganligi samaradorligi baholash mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori (mazmunni mustaqil tahlil qila oladigan, badiiy-estetik talqinlari boy, ijodiy yondashuvi rivojlangan), o‘rta (asosiy estetik tasavvurlar shakllangan, namunalarni talqin qilishda yordamga muhtoj), quyi (estetik idrok zaif, badiiy-bezak elementlarini farqlashda qiyinchilik qiladigan) darajalarga muvofiq aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: milliy kulolchilik an’analari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
estetik didni rivojlantirishning didaktik mazmuni talabalarda nafosat kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy va guruh loyihalarini tayyorlash jarayonida milliy motivlarni postmodernizm dizayn echimlari bilan kompozision jihatdan uyg‘unlashtirishga asoslangan kulolchilik ustaxonasi (hunarmandchilik markazi)ni virtual modellashtirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida amalga oshirilgan IL-422105582- raqamli “O‘zbekiston badiiy tizimida “Online muzey” elektron galereyasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2023-yil 12-oktyabrdagi 02-07-4578-sonli dalolatnomasi). Natijada, milliy motivlarni postmodernizm dizayn echimlari bilan kompozision jihatdan uyg‘unlashtirishga asoslangan kulolchilik ustaxonasi (hunarmandchilik markazi)ni virtual modellashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash strategiyalari milliy hunarmandchilik namunalariga tayangan o‘quv-ijodiy faoliyat bilan kulolchilik an’analarini ma’naviy-qadriyatli mazmunda talqin etishga qaratilgan “kulol-ustalar” masofaviy mahorat darslari (onlayn master-klass) orqali didaktik ta’minotni rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari “Rangshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438087-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv-ijodiy faoliyat bilan kulolchilik an’analarini ma’naviy-qadriyatli mazmunda talqin etishga qaratilgan “kulol-ustalar” masofaviy mahorat darslari (onlayn master-klass) didaktik ta’minotini rivojlantirishga erishilgan;
estetik didni rivojlantirish modeli talabalarda milliy did me’yorlarini anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Kulolchilik-estetik moduli”ning didaktik imkoniyatlarini dual ta’limning nazariy-amaliy mexanizmlari bilan kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayoniga didaktik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan AL-9524115131-raqamli “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik harakatlari asosida inklyuziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha  doirasida ishlab chiqilgan metodik echimlardan integratsiyalashgan holda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 12-avgustdagi 01-09/338-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda milliy did me’yorlarini anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Kulolchilik-estetik moduli”ning didaktik imkoniyatlarini dual ta’limning nazariy-amaliy mexanizmlari bilan didaktik uyg‘unlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik did shakllanganligi samaradorligi baholash mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori (mazmunni mustaqil tahlil qila oladigan, badiiy-estetik talqinlari boy, ijodiy yondashuvi rivojlangan), o‘rta (asosiy estetik tasavvurlar shakllangan, namunalarni talqin qilishda yordamga muhtoj), quyi (estetik idrok zaif, badiiy-bezak elementlarini farqlashda qiyinchilik qiladigan) darajalarga muvofiq aniqlashga oid mualliflik g‘oyalari “Rangshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438087-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik did shakllanganligini baholash mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori, o‘rta va quyi darajalarga muvofiq aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish