Xolbo‘taeva Dilfuza Usmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika turkum fanlarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9527. 
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi  Tarbiya pedagogikasi milliy instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01 raqamli ilmiy  kengash.  
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbula Islamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi  tashkilot:  Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika turkum fanlarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalashning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlarini aniqlash va ushbu maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar, takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika turkum fanlarini o‘qitish mazmuni motivatsion-diagnostik, amaliy va refleksiv-transformativ bosqichlar kesimida refleksiv kundalik, pedagogik keys, portfolio, mikrodars va madaniy interpretatsiya texnologiyalarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash metodikasi pedagogika turkum fanlarini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv fikrlashi, pedagogik jarayonni milliy mentalitetga xos bo‘lgan insonparvarlik, tolerantlik, o‘zaro hurmat, ishonch, hamkorlik asosida tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning  metodik imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash modeli pedagogika turkum fanlarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatga oid pedagogik bilimlari va metodik mahoratini kasbiy faoliyatni refleksiv baholash va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan pedagogik munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy hamda umuminsoniy madaniyatga oid bilim va ko‘nikmalari rivojlanganligining yuqori (chuqur o‘zlashtirish va mustaqil qo‘llash), o‘rta (qisman o‘zlashtirish va vaziyatli qo‘llash), quyi (sust o‘zlashtirish va amalda qo‘llay olmaslik) darajalarini baholashning maqsadga muvofiqligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv-madaniy dunyoqarashni tarbiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
pedagogika turkum fanlarini o‘qitish mazmuni motivatsion-diagnostik, amaliy va refleksiv-transformativ bosqichlar kesimida refleksiv kundalik, pedagogik keys, portfolio, mikrodars va madaniy interpretatsiya texnologiyalarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan integrativ qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsion vazirligi 2024-yil 14-sentyabrdagi 4/17-4/-16743-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika turkum fanlarini o‘qitish mazmuniga motivatsion-diagnostik, amaliy va refleksiv-transformativ bosqichlar kesimida refleksiv kundalik, pedagogik keys, portfolio, mikrodars va madaniy interpretatsiya texnologiyalarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan integrativ qo‘llash asoslari tadbiq qilingan; 
refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash metodikasi pedagogika turkum fanlarini o‘qitishda bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv fikrlashi, pedagogik jarayonni milliy mentalitetga xos bo‘lgan insonparvarlik, tolerantlik, o‘zaro hurmat, ishonch, hamkorlik asosida tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning  metodik imkoniyatlarini kengaytirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan AL-9524115131-raqamli “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik harakatlari asosida inklyuziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik echimlardan integratsiyalashgan holda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 4-dekabrdagi 01-09/661-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalashda pedagogik jarayonni milliy mentalitetga xos bo‘lgan insonparvarlik, tolerantlik, o‘zaro hurmat, ishonch, hamkorlik asosida tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan; 
refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash modeli pedagogika turkum fanlarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatga oid pedagogik bilimlari va metodik mahoratini kasbiy faoliyatni refleksiv baholash va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan pedagogik munosabatni qaror toptirishga oid ilmiy ma’lumotlar “Pedagogik mahorat” nomli qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-480-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatga oid pedagogik bilimlari va metodik mahoratini oshirishga qaratilgan metodologik manbalar bilan ta’minlangan; 
refleksiv-madaniy dunyoqarashini tarbiyalash samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy hamda umuminsoniy madaniyatga oid bilim va ko‘nikmalari rivojlanganligining yuqori (chuqur o‘zlashtirish va mustaqil qo‘llash), o‘rta (qisman o‘zlashtirish va vaziyatli qo‘llash), quyi (sust o‘zlashtirish va amalda qo‘llay olmaslik) darajalarini baholashga oid mualliflik g‘oyalari Jizzax davlat pedagogika universiteti, Qarshi Davlat universiteti va Samarqand davlat universitetlarining pedagogik jarayonlariga tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsion vazirligi 2024-yil 14-sentyabrdagi 4/17-4/-16743-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy hamda umuminsoniy madaniyatga oid bilim va ko‘nikmalarini obektiv baholash mexanizmlari oliy pedagogik ta’lim jarayoniga tadbiq qilingan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish