Atajanov Xurmet Abdimuratovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaviy jurnalistika: nazariya va amaliyot (2000–2020-yillar Qoraqalpog‘iston OAV misolida)”, 10.00.09 – Jurnalistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil388. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Aminova Dilnoza Xikmatilla qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy jurnalistikaning rivojlanishida hududiy jurnalistikaning o‘rni va ahamiyatini nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy jurnalistikaning o‘ziga xos jihatlari, hududiy media muhitning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar qiyosiy tahlil qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston media makonida keyingi yillarda o‘ziga xos axborot muhiti shakllanganligi isbotlangan; 
mustaqillikkacha bo‘lgan davrga nisbatan mustaqillik yillarda milliy an’ana va qadriyatlar, tarixga yangi yondoshuvdagi mavzularning har xil kontekstda yoritilishi masalalari jamiyatning rivojlanish tendensiyasi kontekstida o‘rganilib, ijtimoiy mas’uliyat va yangicha yondashuv mintaqaviy OAVlarning asosiy tamoyillari sifatida shakllanganligining konstruktiv jihatlari aniqlangan;
mintaqaviy OAVlar va zamonaviy kommunikatsiya kanallari tomonidan tayyorlanayotgan kontentlar mahalliy auditoriyaning qarashlari va talablari asosida tayyorlanishi masalalari media tanqid nuqtayi nazaridan tahlil qilingan, jamiyatda yuz berayotgan voqea va hodisalarning zamonaviy media talablari asosida tayyorlanishi kerakligi va ushbu tamoyilni amaliyotga tadbiq qilish zarurati asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyati yuqori, jamiyat taraqqiyoti va demokratiya ustuvorligini ta’minlashda mahalliy OAVlarning o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlab o‘tilib, mahalliy OAVlar faoliyatini zamon talablari asosida tuzish va shakllantirishda rivojlangan davlatlar tajribalariga suyangan holda media konsepsiya yaratish zarurligi aniqlangan;
 mintaqaviy media makonini auditoriya talablari asosida shakllantirishda mahalliy jurnalistlarning mahorati va zamon talablari asosida kontent yarata olish ko‘nikmalari shakllanganligining ahamiyati katta ekanligi isbotlangan va hududiy jurnalistlarda zamonaviy media kontentlarni tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda jurnalistlar uchun offlayn va onlayn treninglar, onlayn o‘quv platformalarining yuritilishi zarurati katta ekanligi ijtimoiy so‘rovnoma asosida tahlil qilinib amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mintaqaviy jurnalistikaning o‘ziga xosligi va shu asosda ishlab chiqilgan nazariy-metodologik, amaliy takliflar asosida:
mintaqaviy jurnalistikada media makon, media siyosat, vazifalar, kontent yaratishning nazariy-amaliy qonuniyatlari va talablari mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar tomonidan o‘z faoliyatida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2024-yil 30-martdagi 01-429-son ma’lumotnomasi). Natijada, jurnalistlarning mintaqaviy media makonda ma’lumotlarni tanlash va ularni e’lon qilish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari ortishiga zamin yaratilgan.
mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida monetizatsiya, media kontentlarni vizuallashtirish, kontent tayyorlashda qo‘llaniladigan talablar O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan seminar-treninglarda qo‘llanildi (O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 30-maydagi              9-son ma’lumotnomasi). Natijada, seminar ishtirokchilarining mintaqaviy mediada vizuallashtirish va monetizatsiya bo‘yicha ko‘nikmalari takomillashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar” bosh tahririyati tomonidan tayyorlanadigan ayrim ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun ssenariy yozishda bugungi kundagi mintaqaviy ommaviy axborot vositalari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, kontent yaratishga qo‘yiladigan talablar, mintaqaviy ekologik jurnalistika va uning yo‘nalishlari, shuningdek, jurnalistlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-iyundagi 05-22/354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh jurnalistlarning mintaqaviy jurnalistika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yangicha shaklda rivojlanishiga asos solingan.
Mintaqaviy matbuotni transformatsiya qilish, uni zamon talablariga mos ravishda monetizatsiya qilish, bolalar uchun zamonaviy kontent yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalardan “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” tomonidan moliyalashtirilgan “Jetkinshek” gazetasini transformatsiya qilish orqali yangi kontent yaratish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Jetkinshek” bolalar va o‘smirlar gazetasi o‘tkazgan seminar-treninglarda keng foydalanildi. Auditoriyaning mediasavodxonlik bo‘yicha bilim darajasini baholash va oshirishga doir olingan nazariy xulosalar esa “Jetkinshek” gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grant tanlovida g‘olib bo‘lgan “Farzandlarimiz qalbining pokligi – kelajagimiz kafolati” loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-treninglarda hamda loyiha yakunida nashr etilgan “Mediasavodxonlik asoslari” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmani tayyorlashda qo‘llanildi. Mintaqaviy jurnalistikaga oid nazariy va ilmiy-amaliy xulosalardan amaliyotchi jurnalistlar tomonidan o‘tkazilgan seminar-treninglar va mahorat darslarida ham foydalanildi (“Jetkinshek” gazetasining 2025-yil 11-iyundagi 3-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish