Aslonov Firdavs Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasida bayram konseptining voqelanishi (ingliz va o‘zbek tillari materialida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil1990
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Djabbarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rustamov Ilxom Tursunovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “bayram” konseptining semantik maydoni va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash hamda qiyoslanayotgan tillarda “bayram” konseptiga oid izomorfik va allomorfik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek lisoniy madaniyatida aks etilgan “bayram” konseptini tizimli chog‘ishtirma tahlil qilish asosida milliy ong va tafakkurga tayangan kognitiv-mental mazmuni yoritilgan hamda mazkur konseptning leksik-semantik maydon doirasidagi universal jihatlar va milliy-madaniy nuqtai nazaridan o‘ziga xos xususiyatlari misollar orqali dalillangan;
qiyoslanayotgan tillarda “bayram” konseptining “vaqt” kategoriyasi, bayramni ifodalovchi semantikasi, struktur-konseptual mazmuni bilan bog‘liq izomorfizmlar hamda bayramlarni nishonlash jarayoniga oid pragmatik ma’no, bayramlar tarixi, madaniy vazifalari, ramzlari, turlari va kognitiv-aksiologik mazmunidagi allomorfizmlar aniqlangan;
“bayram” konseptining ziyofat, tantana, tabrik-tilak, mehmon, sovg‘a kabi freymlarining denotativ va konnotativ-kontekstual ma’nolari ochib berilgan hamda mazkur konseptning semantik xususiyatlari leksik tizimida, stilistik jihatlari frazeologik va paremiologik qatlamlarda, pragmatik mazmuni badiiy diskurs va publisistik matnlar misolida yoritilgan;
“bayram” konseptining yadro va peroferiyasi, strukturasi va madaniy ma’nosi badiiy va publisistik matnlarda faollashuvi misolida aniqlangan hamda mazkur konseptni ifodalovchi lisoniy birliklarni tarjima qilish usullari ingliz va o‘zbek xalqining turmush tarzi, madaniyati, milliy stereotiplari bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bayram” konseptiga oid ingliz va o‘zbek tillaridagi lisoniy birliklarning semantik, stilistik va lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek lisoniy madaniyatida aks etilgan “bayram” konseptini tizimli chog‘ishtirma tahlil qilish asosida milliy ong va tafakkurga tayangan kognitiv-mental mazmunini yoritish hamda mazkur konseptning leksik-semantik maydon doirasidagi universal jihatlar va milliy-madaniy nuqtai nazaridan o‘ziga xos xususiyatlarini dalillashga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston-24”  ijodiy birlashmasi  “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va  ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariysining  2025-yil fevral va avgust oylari  sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qarashli  “O‘zbekiston-24” telekanalining 2025-yil 19-noyabrdagi 05-09-1860-son ma’lumotnomasi). Natijada, “bayram” konseptiga oid leksik birliklar xalqning tarixiy merosi, diniy qarashlari va ijtimoiy qadriyatlari bilan uzviy bog‘liqligi, ularning qo‘llanishi tilda madaniy  ko‘lamni  aks  ettirishi xususida tasavvurlarning boyishiga xizmat qilgan;  
qiyoslanayotgan tillarda “bayram” konseptining “vaqt” kategoriyasi, bayramni ifodalovchi semantikasi, struktur-konseptual mazmuni bilan bog‘liq izomorfizmlar hamda bayramlarni nishonlash jarayoniga oid pragmatik ma’no, bayramlar tarixi, madaniy vazifalari, ramzlari, turlari va kognitiv-aksiologik mazmunidagi allomorfizmlarni aniqlashga oid xulosalardan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan - “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 12-noyabrdagi 3561/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahon xalqlarining umuminsoniy, ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy qadriyatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni yoritish hamda tillarning milliy-ma’daniy xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish ishlari amalga oshirilgan;
“bayram” konseptining ziyofat, tantana, tabrik-tilak, mehmon, sovg‘a kabi freymlarining denotativ va konnotativ-kontekstual ma’nolarini ochib berish hamda mazkur konseptning semantik xususiyatlari leksik tizimida, stilistik jihatlari frazeologik va paremiologik qatlamlarda, pragmatik mazmuni badiiy diskurs va publisistik matnlar misolida yoritishga doir natijalaridan IL-662204405 raqamli “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy til misolida)” nomli loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 4-dekabrdagi 04-04-1/6852-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida “bayram” konseptining turli tillardagi leksik-semantik tuzilmasi, u bilan bog‘liq madaniy qadriyatlar va milliy dunyoqarash unsurlari hamda “bayram” konseptini yangi ilmiy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
“bayram” konseptining yadro va peroferiyasi, strukturasi va madaniy ma’nosini badiiy va publisistik matnlarda faollashuvi misolida aniqlash hamda mazkur konseptni ifodalovchi lisoniy birliklarni tarjima qilish usullarini ingliz va o‘zbek xalqining turmush tarzi, madaniyati, milliy stereotiplari bilan bevosita bog‘liqligini isbotlashga oid natijalardan  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091378 raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 20-noyabrdagi 04-01/6659-son ma’lumotnomasi). Natijada, bayramlarga oid leksik, frazeologik va paremiologik birliklarni qiyosiy tahlil qilish orqali o‘zbek va ingliz tillari orasidagi madaniy tafovutlar, o‘xshashliklar va tarjima muammolari yoritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish