Amirqulova Nargiza Amirqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida                                                         
E’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologizmlar tarkibida qo‘shma so‘zlarning kognitiv-semantik va pragmatik xususiyatlari (ingliz tili misolida)” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6736
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari  falsafa doktori (PhD), dotsent Elkin Denis Yurievich.. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston  davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, (DSc) professor Tatyana Anatolevna Bushuy, Buhoro davlat tibbiyot instituti (PhD) dotsenti Muhayyo Hasanovna Davlatova. 
Yetakchi tashkilot: Termiz  davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ingliz tilidagi frazeologizmlar tarkibida mavjud bo‘lgan qo‘shma so‘zlarning struktur-semantik xususiyatlarini o‘rganish va frazeologizmlar rragmatik mazmuni shakllanishida qo‘shma so‘zlarning o‘rnini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz tilidagi frazeologik birliklar tarkibida uchraydigan qo‘shma so‘zlarning kognitiv-semantik xususiyatlari ilk bor tizimli ravishda o‘rganilib, ularning til tizimidagi lisoniy maqomi va funksional o‘rni aniqlashtirildi. Qo‘shma so‘zlarga xos kategoriyal belgilarning majmuasi (strukturaviy yaxlitlik, semantik yahlitlik) ilmiy asosda tavsiflandi.
qo‘shma so‘zlar strukturaviy jihatdan tasniflanib, ular ikki asosiy guruhga ikki komponentli va ko‘p komponentli birliklarga ajratildi hamda ularning frazeologik birliklar tarkibida namoyon bo‘ladigan polisemantik xususiyatlari tizimlashtirildi.
frazeologik birliklar tarkibidagi qo‘shma so‘zlarning shakllanishida chiziqli derivatsiya eng faol va mahsuldor yo‘nalish sifatida asoslab berildi. Shuningdek, N₁+N₂, N₁+(-)+N₂, A+N, Adj+N kabi derivatsion modellar formal operatorlarining farqlanishi aniqlanib, ularning struktur- semantik ko‘chim mexanizmlari tahlil qilindi.
ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlarning lingvostilistik va konnotativ xususiyatlari, ayniqsa, ularning matn hosil qilishdagi roli ochib berildi. Qo‘shma so‘zlar ishtirok etgan frazeologik birliklarning konseptual-kognitiv modeli ishlab chiqilib, ularni tahlil qilishda freym modellaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili tarkibida qo‘shma so‘zlar ishtirok etgan frazeologizmlarning struktur-semantik tahlili, lingvostilistik  hamda konnotativlik xususiyatlari va frazeologik va idiomatik birliklarda namoyon bo‘lish imkoniyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz tili qo‘shma so‘zlarning til tizimida tutgan o‘rni uning lisoniy maqomi, qo‘shma so‘zlarga xos bo‘lgan kategorial belgilar kabi umumfilologik mohiyati ochib berilgan hamda ingliz tili qo‘shma so‘zlarning strukturaviy tuzilishi yoritilganligi xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language Comretence at Karshi State University” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 29-avgustdagi №04/242-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlarning matn shakllantirish jarayonidagi lingvostilistik hamda konnotativ xususiyatlarini tahlil qilishga oid nazariy va amaliy asoslar ilmiy tadqiqotlar olib borishda muhim manba sifatida xizmat qilishi aniqlandi.
ingliz tilida qo‘shma so‘zlar ishtirokida shakllangan frazeologik birliklarning kontekstga qarab yangidan-yangi semantik ma’nolarini tahlil qilish, frazeologik birlik orqali ifodalanayotgan jumlaning nutq vaziyati bilan munosabati aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-20 sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusidagi badiiy asarlarning elektron korrusini yaratish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyiha doirasida samarali qo‘llanilgan (Oila va xotin qizlar qo‘mitasi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining  2024-yil 27-avgustdagi  №01-09/2121-A-son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birlik vositasida ifodalanayotgan jumlaning nutq vaziyati bilan o‘zaro munosabatini tizimli ravishda tadqiq etish mazkur jumlaning pragmatik xususiyatini shakllantiruvchi hamda uning kommunikativ mohiyatini belgilovchi asosiy omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.
ingliz tili qo‘shma so‘zlarining til tizimida tutgan o‘rni, uning lisoniy maqomi, qo‘shma so‘zlarga xos bo‘lgan kategorial belgilar kabi umumfilologik mohiyati ochib berilgan hamda ingliz tili qo‘shma so‘zlarining strukturaviy tuzilishini tahlil qilishga doir xulosalardan A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetining 2020-2022 yillarda bajarilgan, AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’lim korrusini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adbiyoti universitetining  2024-yil 4-sentabragi №04/1-2278-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlarning matn shakllantirish imkoniyatlarini tahlil qilish jarayoniga doir muammolar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosalar hamda frazeologizmlar tarkibidagi qo‘shma so‘zlarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar mazmunan boyitilib, ularning nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
ingliz tili frazeologik birliklari tarkibida qo‘shma so‘zlarning derivatsiyasi aniqlangan. Ingliz tilida qo‘shma so‘zlar ishtirokida shakllangan frazeologik birliklarning kontekstga qarab yangidan-yangi semantik ma’nolariga ega bo‘lishi oid tahlil natijalaridan 2024-yil 20-avgust kuni efirga uzatilgan Oltin voha radiosining “E’zoz” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokomraniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokomraniyasining 2024-yil 23-avgustdagi №17-05/127-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya mavzusi bilan aloqador bo‘lgan O‘zbekiston Resrublikasi Rrezidentining 2019-yil 21 oktyabrdagi RF-5850 sonli “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘grisidagi farmoni, 2019-yil oktyabrdagi RQ-4479-sonli “O‘zbekiston Resrublikasining Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 12-dekabrdagi 989-son “Davlat tilini rivojlantirish derartamenti to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi”qarorlari ijrosini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarorlari mohiyatini ommaga yetkazishda yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish