Raxmanova Dildora Abdulxamid qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning  yozuv malakalarini rivojlantirish metodikasi (yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Ped5110
Ilmiy rahbar: Yakubbaev Murodilla Marufovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev G‘ayrat Shovdarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Isroilova Dildora Muxtorovna
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining yozuv malakalarini rivojlantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalarini rivojlantirishning lingvodidaktik (didaktik tamoyillar, usullar) va lingvometodik (metodlar, strategiyalar, texnologiyalar) imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
ingliz tilida yozuv malakalarini rivojlantirish jarayonida talabalar huquqiy diskurs doirasida ilmiy maqola, aloqa xatlari, memorandum, turli xil shartnomalar va rasmiy hujjatlar kabi yozuv turlarini yozishda duch keladigan lingvistik (grammatik, leksik, orfografik), kognitiv (idrok, xotira, tafakkur), pragmatik (kontekstual, kommunikativ maqsad va uslubga oid) qiyinchilklar va xatolarni bartaraf etish yo‘llari ishlab chiqilgan;
ingliz tilida yozuv malakalarini CLIL texnologiyasi doirasidagi analitik (huquqiy terminlarni aniqlash, matn tuzilishini tahlil qilish, argumentatsiyani tahlil qilish), interaktiv (hamkorlikda yozish, guruhda tahlil qilish, juftlikda tahlil qilish), reproduktiv (gaplarni to‘ldirish, paragrafni qayta yozish, modelga asoslanib yozish) kabi mashq va topshiriqlar tizimi yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi fanlari mazmuni bilan integratsiyalashtirib takomillashtirilgan; 
yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalarini CLIL texnologiyasining hamkorlikda yozuv, (collaborative writing), juftlikda o‘rganish (tandem learning), skafolding (scaffolding), topshiriqqa asoslangan ta’lim (task-based learning), namuna asosida yozish (modelling) kabi usul va metodlari asosida rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning akademik yozuv malakalarini rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida: 
    yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalarini rivojlantirishning lingvodidaktik (didaktik tamoyillar, usullar) va metodik (metodlar, strategiyalar, texnologiyalar) imkoniyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60420100- Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Lawers’ Legal English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 21-avgustdagi “316”-son buyrug‘i asosida №555623-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalari rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
    ingliz tilida yozuv malakalarini rivojlantirish jarayonida talabalar huquqiy diskurs doirasida ilmiy maqola, aloqa xatlari, memorandum, turli xil shartnomalar va rasmiy hujjatlar kabi yozuv turlarini yozishda duch keladigan lingvistik (grammatik, leksik, orfografik), kognitiv (idrok, xotira, tafakkur), pragmatik (kontekstual, kommunikativ maqsad va uslubga oid) qiyinchiliklar va xatolarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi dastur va roliklarni tasvirga olish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2026-yil 19-yanvardagi 05-09-73-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalarini rivojlantirishni ommalashtirishga xizmat qilgan;
    ingliz tilida yozuv malakalarini rivojlantirishning CLIL texnologiyasi doirasidagi analitik (huquqiy terminlarni aniqlash, matn tuzilishini tahlil qilish, argumentatsiyani tahlil qilish), interaktiv (hamkorlikda yozish, guruhda tahlil qilish, juftlikda tahlil qilish), reproduktiv (gaplarni to‘ldirish, paragrafni qayta yozish, modelga asoslanib yozish) kabi mashq va topshiriqlar tizimi yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi fanlari mazmuni bilan integratsiyalashtirib ishlab chiqishga doir taklif va xulosalaridan 60420100- Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Lawers’ Legal English” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 21-avgustdagi “316”-son buyrug‘i asosida №555623-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalarini CLIL ta’lim texnologiyasiga ustuvorlik berish orqali rivojlantirishga muvaffaq bo‘lindi.
    yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozuv malakalarini CLIL texnologiyasining hamkorlikda yozish, (collaborative writing), juftlikda yozish (tandem learning), skafolding (scaffolding), topshiriqqa asoslangan ta’lim (task-based learning), namuna asosida yozish (modelling) kabi usul va metodlar asosida rivojlantirish metodikasiga oid xulosa va tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida bajarilgan EMPOWER-0167 raqamli Erasmus+Capacity Building Project 101129076 loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2026-yil 10-martdagi ma’lumotnomasi) Natijada, talabalarning ingliz tilida yozuv malakalarini kompleks rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish