Adaxamova Muazzamxon Maxammadismoil qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarini kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish metodikasi (ingliz tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8588
Ilmiy rahbar:Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat pedagogika instituti.
Ish faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi:Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Abdullaeva Madinaxon Akmaljon qizi, dotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, Axmadjanov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarini kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarining jismonan faol kasbiy xususiyatlarini inobatga olgan holda Language Processing Problems (LPP)-ya’ni tilni qabul qilish va undan foydalanishdagi qiyinchiliklarini bartaraf etishda Action Based Learning faoliyatga asoslangan rolli o‘yin, teskari sinf, vaziyatli tahlil, mazmunga asoslangan ta’lim, mashqlarga asoslanilgan o‘qitish, loyiha asosida o‘qitish, muammoni hal qila olish metodi(role-play/simulation, flipped classroom, case-study,CBL,TBL, project work, problem solving) hamda kommunikatsiya jarayonida vujudga keladigan muammolarni bartaraf etishda aniq, bosqichma-bosqich,diagnostic, real vaziyatlarda hal qila olish, parafrazing qilish, sinonimlar bilan almashtirish, aniqlashtiruvchi savollar berish, kontekstual moslashtirish, non-verbal vositalaridan(diagnostic, situativ-kompetensiyaviy yondashuv texnologiyasi, semantic transformatsiya, paralingvistik va kinesetik komunikatsiya, pragmatic-adaptiv kommunikativ) foydalanishda kommunikativlikka olib kirish texnologiyalari aniqlangan;
    jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda o‘qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini integratsiyalashgan holda ALA (Active Language Approach), CLIL (Content and Language Integrated Learning), 4C modeli (Content, Communication, Culture, Cognition) asosida mavzuni nafaqat o‘rganish, balki uni dekonstruksiya qilish, ya’ni tarkibiy qismlarga ajratish va qayta tahlil qilish orqali mazmunni mustaqil anglay olish, analitik, interaktiv, kontextual madaniy moslashuvchan, tanqidiy fikrlash,muammoni mustaqil hal qila olish mexanizmlari aniqlashtirilgan;
    talabalarning maxsus ta’limiy ehtiyojlari (SEN-Special Educational Needs)ni inobatga olgan holda, til o‘rganishga nisbatan yuzaga keladigan hissiy to‘siqlarni-demotivatsiya yoki lingvistik depressiyani-bartaraf etishga qaratilgan emotsional-psixologik yondashuvlar bilan boyitilgan konseptual va simulatsion dars mashg‘ulotlarining didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
    jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining ko‘nikmalararo integratsiyasi yordamida sohaviy ingliz tili va kasbiy kommunikativ qobiliyatlarini nutqda qo‘llay olish bo‘yicha simulatsion dars mashg‘ulotlarini tashkil etib, taklif etilgan Action-Based Learning va integrativ yondashuv asosida jismoniy tarbiya ta’limi yo‘nalishi talabalarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashganlik darajasi CEFR me’zonlari asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarining kasbiy muloqotga kirisha olish jarayonlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
    jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishi talabalarini kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishda taqdim etgan tadqiqot ishi natijalari va “Successful English Learning in Sport” nomli o‘quv qo‘llanmasidagi materiallaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan EMI (English Medium Instruction) dasturi loyihasi doirasida O‘zbekiston OTMlarida tahsil oluvchi talabalarni ingliz tiliga o‘qitish mexanizmlarini rivojlantirish va kasbiy muloqotchanlik qobiliyatini takomillashtirishda pedagogik, metodologik va psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi tahliliy-tanqidiy fikrlar va nazariy xulosalaridan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda, ishchi dastur va o‘quv rejalarni tayyorlashda keng foydalanilgan (Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti №792-024 3.03.2025-yil ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishda va ular ongida ko‘nikmalararo bog‘liqlikni shakllantirishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyaning qo‘llanilishi va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida bakalavriat bosqichi talabalarining kasbiy mahorat va muloqot ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qilgan. 
    kommunikativ yondashuvga asoslangan til o‘rgatish Communicative Language Teaching (CLT), til ko‘nikmalarini o‘zaro integratsiyalashgan holda talabalarning til va fan kompetensiyalarini birgalikda rivojlantirishda ALA (Active Language Approach) metodi, PE CLIL (Physical Education-Content and Language Integrated Learning) tamoyillarini inobatga olgan holda “Successful English learning in sport” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan. (Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №136-sonli nashr ruhsatnomasi). Natijada, talabalarning til o‘rganish va muloqot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni engib o‘tish, o‘zlashtirilgan axborotni faol idrok qilish va uni kommunikatsiyada qo‘llay olish imkoniyati yaratilgan. 
    jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, tilni ko‘nikmalararo hamda fanlararo bog‘liqlikda o‘zlashtirish qobiliyatlarini shakllantirish, dars jarayonlarida sportchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish, xususan ingliz tilini o‘rganishda sport orqali til va til orqali sportda muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan rag‘batini kuchaytirish, ingliz tilida professional muloqotga kirisha olish, munozaralarda erkin fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish, hamda talabalarning sportga oid bo‘lgan kasbiy lug‘at boyligini samarali rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tipologiyasi va topshiriqlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi turkum ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning senariysini tayyorlashda (2024-2025 yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-martdagi №05-09-356-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy madaniyat ta’limi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning ingliz tilida kasbiy fikrlashlarida, o‘zaro professional munosabatlarga qiyinchiliklarsiz kirisha olishlarida asos bo‘luvchi 4 ta til ko‘nikmasini o‘zlashtirilishini optimallashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishining natijalari va ularning ta’lim jarayonidagi afzalliklari bilan bog‘liq amaliy takliflar ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish