Bog‘bekova Dilnoza Shonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xodima ayollarda uchraydigan kasbiy stressni keltirib chiqaruvchi omillar diagnostikasi” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1013. 
Ilmiy rahbar: Djumaniyazova Muxayya Xusinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Boboeva Sayyora Boboradjabovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Ismatova Dilafruz Tuymuratovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xodima ayollarda uchraydigan kasbiy stressni keltirib chiqaruvchi omillar diagnostikasini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xodima ayollarning kasbiy stress darajasini baholashda shaxsdagi rejalashtirish, mustaqillikka intlish, moslashuvchanlik, faoliyat natijalarini baholash xususiyatlarini mehnat stajiga bog‘liq ravishda eskapizmni pasaytirganligi tufayli, kauzusli holatlarda muammoni hal qilishga intilish bilan determinatsiyalashgan koping xulqni faollashuvi muhim psixologik omil ekanligi asoslangan;
xodima ayollarning stressni engib o‘tishida konfrontatsion koping, o‘zini o‘zi nazorat qilish, javobgarlikni zimmasiga olish muammoni hal etishga intilishning kuchli ifodalanishiga, muammolarni rejalashtirish esa “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish istagi” namoyon bolishini zaif gradatsiyada yuzaga chiqishiga olib kelganligi sababli koping-xulq mexanizmlari eskapizmni susayishi orqali emotsional holatning konstruktiv faollashuvi muhim ekanligi isbotlangan;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat olib boruvchi ayollardagi kasbiy stressning namoyon bo‘lishida kauzusli vaziyatlarda hayotiy maqsadlarni belgilay olish, yutuqlarni tahlil qilish, hissiyotlarni barqarorlashtirish ko‘nikmasi muammoni hal qilish pozisiyasini kuchaytirib, muammodan qochish pozisiyasini susaytirganligiga asoslanib harbiy kasbiy motivatsiyaning quyi va yuqori chegarasi taktik qaror qabul qilish ko‘nikmasi orqali modulatsion ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
xodima ayollarning kasbiy stress darajasini bartaraf etishda muammoni hal qilish ko‘nikmasi xulq-atvorni  rejalashtirish, moslashuvchanlik, emotsiyalarni kongnitiv baholash va idrok qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi tufayli koping xulqni emotsional dissonanslarni pasaytirish orqali konstruktivlashtirish zarurati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. 
Xodima ayollarda uchraydigan kasbiy stressni keltirib chiqaruvchi omillar diagnostikasi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlovchi ayollar misolida)ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
xodima ayollarning kasbiy stress darajasini baholashda shaxsdagi rejalashtirish, mustaqillikka intlish, moslashuvchanlik, faoliyat natijalarini baholash xususiyatlarini mehnat stajiga bog‘liq ravishda eskapizmni pasaytirganligi tufayli, kauzusli holatlarda muammoni hal qilishga intilish bilan determinatsiyalashgan koping xulqni faollashuvi muhim psixologik omil ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi MM-375-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi MM-375a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning o‘z xulq-atvorini tartibga solish uslubi muhim psixologik omil ekanligi asoslangan;
xodima ayollarning stressni engib o‘tishida konfrontatsion koping, o‘zini o‘zi nazorat qilish, javobgarlikni zimmasiga olish muammoni hal etishga intilishning kuchli ifodalanishiga, muammolarni rejalashtirish esa “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanish istagi” namoyon bolishini zaif gradatsiyada yuzaga chiqishiga olib kelganligi sababli koping-xulq mexanizmlari eskapizmni susayishi orqali emotsional holatning konstruktiv faollashuvi muhim ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi MM-375-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi MM-375a-son ma’lumotnomasi). Natijada, koping-xulq mexanizmlarini namoyon bo‘lish darajasini baholash ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat olib boruvchi ayollardagi kasbiy stressning namoyon bo‘lishida kauzusli vaziyatlarda hayotiy maqsadlarni belgilay olish, yutuqlarni tahlil qilish, hissiyotlarni barqarorlashtirish ko‘nikmasi muammoni hal qilish pozisiyasini kuchaytirib, muammodan qochish pozisiyasini susaytirganligiga asoslanib harbiy kasbiy motivatsiyaning quyi va yuqori chegarasi taktik qaror qabul qilish ko‘nikmasi orqali modulatsion ta’sirga ega ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi MM-375-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi MM-375a-son ma’lumotnomasi). Natijada muammodan qochish pozisiyasini susaytirganligiga asoslanib harbiy kasbiy motivatsiya ustuvor ta’sirga ega ekanligi dalillangan;
xodima ayollarning kasbiy stress darajasini bartaraf etishda muammoni hal qilish ko‘nikmasi xulq-atvorni  rejalashtirish, moslashuvchanlik, emotsiyalarni kongnitiv baholash va idrok qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi tufayli koping xulqni emotsional dissonanslarni pasaytirish orqali konstruktivlashtirish zarurati aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi MM-375-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi MM-375a-son ma’lumotnomasi). Natijada koping xulq mexanizmlarini konstruktivlashtirish zarurati  aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish