Razakova Rayxan Saylaubekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Keksalik davrida yolgʻizlik hissi psixokorreksiyasining ijtimoiy-psixologik asoslari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/P220.
Ilmiy rahbar:  Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sagindikova Nargiza Djubatkanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keksalik davrida yolgʻizlik hissi psixokorreksiyasining  ijtimoiy-psixologik asoslarini tadqiq qilish orqali zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
keksalik davrida yolgʻizlik hissining darajaviy rivojlanishiga ko‘ra, keksalardagi hayot sifatini baholashda «do‘stlar bilan muloqot» va «salbiy emotsiyalar» ning xulqda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli, hissiy yolg‘izlikni subektiv baholanishi orqali gender differensiatsiyasi dalillangan;
keksalik davrida yolg‘izlik hissining darajaviy ifodalanishi ularning o‘z “hayot sifatini” “yolg‘izlik umumiy kechinma”, “muloqotdagi qaramlik”, “pozitiv yolg‘izlik” tarzida subekti baholashiga bog‘liqligi tufayli karera, shaxsiy intilishlar, sog‘liq, atrofdagilarni qo‘llab quvvatlashiga optimistik munosabat rakursida differensial namoyon bo‘lishi aniqlangan;
keksalar tomonidan hayot sifatini baholanishi ijtimoiy rollarni yo‘qotishning emotsional ehtiyojlar negizida differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, yolg‘izlikning subektiv idrok etilishini hissiy, oilaviy, ijtimoiy rakursda ifodalanishiga intensiv ta’siri etishi aniqlangan;
gerontologik davrda ijtimoiy hayotning keksalar psixikasida aks ettirilishiga ko‘ra, ulardagi hukmron holatning psixologik va jismoniy farovonlik, tashvishlanish, asabiylik va depressiya kabi emotsional o‘zgarishlarning o‘lim haqidagi xavotirlarini kuchaytirishi sababli hayot sifati ko‘rsatkichlarining mos ravishda o‘zgarishi dalillangan;  
keksalik davridagi insonlarning psixik salomatligini barqarorlashtirishda kognitiv, emotsional-somatik, konativ-xulqiy va ijtimoiy sohalariga autogen ta’sirning muhimligiga ko‘ra, do‘stlar bilan muloqot, optimistlilik, psixologik va jismoniy farovonlik hamda hayotga nisbatan munosabatlari tizimida hissiy barqarorlikni rivojlantirish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keksalik davrida yolgʻizlik hissi psixokorreksiyasining ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida;
keksalik davrida yolgʻizlik hissining darajaviy rivojlanishiga ko‘ra, keksalardagi hayot sifatini baholashda «do‘stlar bilan muloqot» va «salbiy emotsiyalar» ning xulqda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli, hissiy yolg‘izlikni subektiv baholanishi orqali gender differensiatsiyasi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi 179-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keksalik davrida yolgʻizlik hissini psixokorreksiya qilish borasidagi nazariy tahlillar tasniflangan;
keksalik davrida yolg‘izlik hissining darajaviy ifodalanishi ularning o‘z “hayot sifatini” “yolg‘izlik umumiy kechinma”, “muloqotdagi qaramlik”, “pozitiv yolg‘izlik” tarzida subekti baholashiga bog‘liqligi tufayli karera, shaxsiy intilishlar, sog‘liq, atrofdagilarni qo‘llab quvvatlashiga optimistik munosabat rakursida differensial namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi 179-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keksalik davrida yolgʻizlik hissini psixokorreksiyalashga ta’sir etuvchi boshqa omillar bilan aloqadorligi aniqlangan;
keksalar tomonidan hayot sifatini baholanishi ijtimoiy rollarni yo‘qotishning emotsional ehtiyojlar negizida differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, yolg‘izlikning subektiv idrok etilishini hissiy, oilaviy, ijtimoiy rakursda ifodalanishiga intensiv ta’siri etishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi 179-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keksalik davrida yolgʻizlik hissini psixokorreksiyalashga ta’sir qiluvchi omillar izohlangan;
gerontologik davrda ijtimoiy hayotning keksalar psixikasida aks ettirilishiga ko‘ra, ulardagi hukmron holatning psixologik va jismoniy farovonlik, tashvishlanish, asabiylik va depressiya kabi emotsional o‘zgarishlarning o‘lim haqidagi xavotirlarini kuchaytirishi sababli hayot sifati ko‘rsatkichlarining mos ravishda o‘zgarishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi 179-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keksalik davrida yolgʻizlik hissini psixokorreksiyalashga oid dastur yaratilgan;
keksalik davridagi insonlarning psixik salomatligini barqarorlashtirishda kognitiv, emotsional-somatik, konativ-xulqiy va ijtimoiy sohalariga autogen ta’sirning muhimligiga ko‘ra, do‘stlar bilan muloqot, optimistlilik, psixologik va jismoniy farovonlik hamda hayotga nisbatan munosabatlari tizimida hissiy barqarorlikni rivojlantirish zarurligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi 179-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada keksalik davrida yolgʻizlik hissini psixokorreksiyalashga oid ijtimoiy-psixologik dastur keksalar bilan empirik tahlil o‘tkazish jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish