Qodirov Akmal Hojimatovichning

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslari (nemis tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6413
Ilmiy rahbar: Isroilova Dildoraxon Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti,  pedagogika fanlari doktori (DSc) Z.Sanaqulov, Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi M.Qahhorova.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishda uch asosiy kognitiv, operatsion, shaxsiy komponentlarni inobatga olgan holda hodisalarni bilish, tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z faoliyati va boshqalarning xatti-harakatlari haqida batafsil fikr yurita olish kabi analitik bilimlarga doir mexanizmlar Evropa va Osiyo davlatlari tajribasi asosida takomillashtirilgan. 
talabalarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik shartlar, bosqichlar, mezonlar hamda didaktik ta’minotni o‘z ichiga oluvchi, ijodiy va kasbiy individuallikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, aniq kasbiy pozisiya ifodalangan, moslashuvchan, pragmatik hamda integratsion modeli ishlab chiqilgan.
talabalarning muloqot faolligi va kasbiy malakalari refleksiv kompetensiya mexanizmining tarkibiy qismlari bo‘lgan tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, innovatsion yondashuv va hamkorlikda ishlash asosida refleksiv-korreksion texnologiyalar rivojlantirilgan.
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining refleksiv kompetentliligi rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir boshqalar fikrini baholash (Bewertung der Meinungen anderer), mantiqiy xatolarni tushunish (Verstehen logischer Fehler), haqiqat va xatoni ajratish (Unterscheidung zwischen Wahrheit und Irrtum), baholash hamda tuzatish (Bewertung und Korrektur) kabi diagnostik mezonlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish Nemis tili yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “Nemis tili darsida talabalarning tanqidiy va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari” nomli darsligidagi materiallaridan 2021-2023 yillarida bajarilgan talabalarning kasbiy va refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik, metodologik va psixologik xususiyatlarini tahlil qilish, tanqidiy baholash va nazariy xulosalar chiqarishda qo‘llanilgan. Namangan muhandislik texnologiya institutida amalga oshirilgan EMI xalqaro loyiha doirasida unumli foydalanilgan. (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2025-yil 3-martdagi № 795–024 sonli ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion metodlar joriy etildi hamda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda zamonaviy talablar asosida bakalavriat bosqichi talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi;
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining o‘z fikrini mantiqan asoslab ifodalash, turli ijtimoiy kontekstlarda nutqiy faoliyat yuritish, o‘z o‘qish jarayoni ustida refleksiya olib borish va xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Nemis tili darsida talabalarning tanqidiy va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari” nomli darslik nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning refleksiv kompetentliligini oshirishda o‘z-o‘zini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari takomillashtirilgan;
filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida nemis tilini o‘qitish uchun ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlar tizimi, talabalarni mustaqil fikrlashga undovchi metodik materiallardan 2024–2025-yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi ko‘rsatuvlar va eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 20-maydagi 05-09-704-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda muammolarni real hayotiy vaziyatlarda hal qilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy taklif hamda tavsiyalar ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish