Tursunova Yulduz Yusuf qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qahhor asarlari onomastikasining lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlari” (Qissa va hikoyalari asosida), 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4 1.PhD/Fil5223 
Ilmiy rahbar: Begimov Odil To‘xtamishevich filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,   DSc 03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Gulbahor Tojieva, filologiya fanlari doktori, professor Mo‘min Turdibekov.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qahhor qissa va hikoyalarida qo‘llangan onomastik birliklarning lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qahhor asarlari asosida poetonimlarning badiiy matndagi nominativ, stilistik, estetik, intertekstual, matn hosil qiluvchi, perspektivatsiya, lokalizatsiya, sotsiologik vazifalarda qo‘llanilishi dalillangan;
adib ijodida qo‘llangan poetik antroponim, toponim va ktematonimlarning badiiy-estetik ta’sirini kuchaytirish, ramziy ma’no yuklash va yumoristik kinoya kabi ifodalar mavjudligi aniqlangan;
qissa va hikoyalarda uchraydigan presedent nomlar onomastik metafora sifatida qo‘llanishi hamda bunday nomlar nasl va nasab bilan bog‘liq stereotipik obraz, muqaddaslik, ma’naviy-ruhiy poklanish ramzlari ekanligi asoslangan;
ijodkor asarlaridagi moddiy-madaniy merosiga aylangan xalq e’tiqodiy tasavvur va qarashlari, asar sarlavhalari, mukofot va ommaviy axborot vositalari nomlarining estetik qadriyatlar hamda milliy-ma’naviy stereotip ifodasi ilmiy muomalaga kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Abdulla Qahhor qissa va hikoyalarida qo‘llangan onomastik birliklarning lingvopoetik va lingvomadaniy tadqiq etilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdulla Qahhor asarlari asosida poetonimlarning badiiy matndagi nominativ, stilistik, estetik, intertekstual, matn hosil qiluvchi, perspektivatsiya, lokalizatsiya, sotsiologik vazifalarda qo‘llanilishi dalillanganligiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida f.f.d., professor L.Raupova rahbarligida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-dekabrdagi 01-4052-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi asarlarida poetonimlarning leksik-semantik jihatdan diniy, tarixiy, poetik antroponimlar kabi turlari mavjudligini aniqlash imkonini bergan;
ijodkor asarlaridagi moddiy-madaniy merosiga aylangan xalq e’tiqodiy tasavvur va qarashlari, asar sarlavhalari, mukofot va ommaviy axborot vositalari nomlarining estetik qadriyatlar hamda milliy-ma’naviy stereotiplarning ifoda etilishi yoritilganligiga oid xulosalaridan 2024-yilning 18-noyabrida “Oltin voha” radiokanalida efirga uzatilgan “Faol yoshlar” eshittirishida foydalanilgan (“Oltin voha” radiokanalining 2024-yil 26-noyabridagi 17-01-317-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radio eshittirish mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi va eshittirishning ilmiy-ommabop xususiyati oshishi imkonini bergan;
adib ijodida qo‘llangan poetik antroponim, toponim va ktematonimlarning badiiy-estetik ta’sirini kuchaytirish, ramziy ma’no yuklash va yumoristik kinoya kabi ifodalar mavjud ekanligi hamda qissa va hikoyalarda uchraydigan presedent nomlar onomastik metafora sifatida qo‘llanishi hamda bunday nomlar nasl va nasab bilan bog‘liq stereotipik obraz, muqaddaslik, ma’naviy-ruhiy poklanish ramzlari ekanligi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan “Abdulla Qahhor asarlari poetonimlarining o‘quv lug‘ati” (ISBN 978-9943-7704-0-9) nomli lug‘atni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada muallif ijodida uchraydigan poetonimlarning vazifalarini yoritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish