Ergasheva Gulnoz Xaydarovnaning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11058
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: 
Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Qosimova Gavxar Islomovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodima Xalilovna pedagogika fanlari            doktori (DSc), professor, Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich pedagogika fanlari      doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ona tili darslarida nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning nutqiy etiket munosabatlarni shakllantirish va muloqot madaniyatiga o‘rgatishning muhim vositalaridan biri bo‘lgan nutqiy etiketlar o‘quv izohli lug‘atini tuzishning lingvodidaktik tamoyillariorqali aniqlangan; 
ona tili darslarida etiket konsepti va uning o‘zbek muloqot madaniyati tarixida tutgan o‘rnini yoritish nutqiy etiket ifodalovchi birliklarni semantik jihatdan tasnif qilish asosida nutqiy etiket bildiruvchi vositalarning struktur-grammatik tarkibi takomillashtirilgan;
ona tili darslarida nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish metodikasining nutqiy etiketlar o‘quv lug‘ati korpusi va so‘zlikni tanlash mezonlarini komponentlarini rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish nutqiy etiketlar o‘quv lug‘atida izoh va illyustatsiyaga qo‘yiladigan talablarni aniqlash orqali nutqiy etiket ifodalovchi vositalarning leksikografik talqini muammolarini bartaraf qilish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ona tili darslarida nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Ona tili fani misolida) mavzusiga doir takliflar asosida:
ona tili darslarida talabalarning nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish hamda etiket konseptining o‘zbek muloqot madaniyati tarixida tutgan o‘rnini yoritish va nutqiy etiket ifodalovchi birliklarni semantik jihatdan tasnif qilish asosida nutqiy etiket bildiruvchi vositalarning struktur-grammatik tarkibini aniqlash orqali rivojlantirishga doir xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ilmiy-tadqiqot rejalari asosida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining       2025-yil 21-noyabrdagi 04/1-5588-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga axloqiy munosabatlarni shakllantirish va muloqot madaniyatini oshirish imkonini bergan;
nutqiy etiketlar o‘quv lug‘atida izoh va illyustratsiyaga qo‘yiladigan talablarni aniqlash orqali nutqiy etiket ifodalovchi vositalarning leksikografik talqini muammolarini yoritish asosida takomillashtirilganiga doir xulosalari “Ta’lim texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan bo‘lib, ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tavsiyalari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrugʻiga asosan tasdiqlangan, guvohnoma raqami № 537213).Natijada talabalarni nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish ko‘nikmasini takomillashtirilgan va ularning kasbiy faoliyati davomida uchraydigan muammolarni hal qilish imkoniyatlari kengaytirilgan va nazariy olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llash imkoniyatini bergan;
ona tili darslarida nutqiy etiket me’yorlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflaridan ona tili va ona tili o‘qitish metodikasi fanlarini fan dasturlari va sillobuslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari  markazining 2025-yil 5-dekabrdagi 02/-01-558-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning etiket me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirishdagi kamchiliklarni sezilarli darajada bartaraf etish orqali pedagogik samaradorlikni oshishiga  erishilgan.
ona tili darslarida nutqiy etiketlar o‘quv lug‘ati korpusi va uning turlari aloqadorligini aniqlashda nutqiy etiketlar lug‘ati uchun so‘zlikni tanlash mezonlarini aniqlash orqali takomillashtirilganiga doir “Ta’lim texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan bo‘lib, ona tili darslarida ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayonida tadbiq etishga oid takliflaridan foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari  markazining 2025-yil 5-dekabrdagi 02/-01-558-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy va hayotiy faoliyati davomida so‘zlikni tanlash mezonlari ko‘nikmasi shakllantirilgan va bu orqali turli xil jarayonlarda axloqiy munosabatlarni shakllantirish hamda muloqot madaniyatiga o‘rgatishning muhim muammolarni hal etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish