Umarova Mehriniso Ibragim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoidali o‘yinlar asosida bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uyg‘unligini ta’minlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 –Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.2.PhD/Ped5362
Ilmiy rahbar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, Qarshi davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Djamilova Nargixa Nuritdinovna pedagogika fanlari doktori, professor
ikkinchi opponent – Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi - Qoidali o’yinlar asosida bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uyg‘unligini ta’minlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolalarni jismoniy va ruhiy rivojlantirishning pedagogik tizimi sinxron rivojlantirishning ta’sir mexanizmi hamda pedagogik-psixologik rivojlantirish darajasi o‘zaro ta'siriga doir nazariy-metodik yondashuv asoslarini faoliyat jarayoniga ko‘ra tartibli tzimlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy va ruhiy rivojlantirish metodikasi pedagogik jarayonga koperativ, muammoli, imitatsion, visual, og‘zaki integrativ-korrelyasion o‘yin metodlarini strukturaviy va izchil tashkil etish hamda jismoniy va psixik rivojlanish ko‘rsatkichlarini prioritetlashtirish asosida takomillashtirildi.
qoidali o‘yinlarni o‘rgatishning pedagogik shart-sharoitlari faoliyat jarayonining texnologik xaritasiga kvest texnologiyasini sintezlash hamda koordinatsiya va emotsiyalarni rivojlantiruvchi “Logo uz” nomli platformasini amaliyotda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
qoidali o‘yinlarda bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlantirish pedagogik modelining jarayonli bloki texnologik va tashkiliy bosqichlarga rivojlantiruvchi komponentlarni qo‘shish hamda The Global Institute for Play-Based Learning (GiPBL) dasturining First steps, Step by step stadiyalarini translyasiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi natijasida bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanish darajasi harakatli komponentlar orqali aniqlangan, bolalarni jismoniy va ruhiy rivojlantirishning samarali usullari jismoniy, ruhiy, emotsional ijtimoiy yondashish asosida kompleks takomillashtirish natijasida bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uyg‘unligini ta’minlash metodikasini takomillashtirish mazmuni bolalarning aqliy-jismoniy rivojlanganlik darajasini diagnostik usullar bilan tashxislash, pedagogik jarayonining muvofiqlashtiruvchi vazifasini xarakatli komponent orqali takomillashtirish hamda jismoniy va ruhiy rivojlanish sohasidagi mustaqillik, o‘z-o‘zini jismoniy rivojlantirishning samarali usullarini bo‘yicha xulosa va tavsiyalardan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 232-522). Natijada, bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanish darajasini harakatli komponentlar orqali aniqlashga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy va ruhiy rivojlanish uyg‘unligini ta’minlash metodikasi integratsiyalashgan o‘yin yondashuvini ishlab chiqish asosida takomillashtirildi. Bunda qoidali o‘yinlar asosida bolalarning motorika, koordinatsiya, diqqatni jamlash, ijtimoiy ko‘nikmalari va hissiy barqarorliklarini bir jarayonda rivojlantirishga oid tavsiyalar RZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)”(2021-2023) nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-noyabrdagi №04/1-3178 raqamli dalolatnomasi). Natijada qoidali o‘yinlar asosida bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uyg‘unligini takomillashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarga qoidali o‘yinlarni o‘rgatishning redagogik shart-sharoitlari, didaktik o‘yinni o‘tkazish metodikasi, faoliyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘yinni o‘tkazish hamda o‘yin natijalarini nazorat qilish bosqishlari integratsiyalandi va “Logo uz” nomli mobil platformagasiga singdirilgan va pedagogik tajriba-sinov ishlari davomida foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi DGU 31322 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 16.12.2023 yil ro‘yxatdan o‘tkazildi.) Natijada bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uyg‘unligini ta’minlash metodikasini takomillashtirish faoliyatini tizimli rivojlantirish mexanizmini qaror toptirishga xizmat qilgan.