Jamolova Lubat Ilhomovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ahmad Donishning ta’lim-tarbiyaviy qarashlari va ma’rifiy faoliyati” 13.00.01 –Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8971
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qurbonova O‘lmasoy Usmonovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti,
DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01
Rasmiy opponentlar: Safarova Rohatoy Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor Jumaev Rustam G‘anievich
Yetakchi tashkilot. Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Ahmad Donishning ta’lim-tarbiyaviy qarashlari va ma’rifiy faoliyatini o‘rganish hamda ta’lim-tarbiyaviy qarashlaridan pedagogik jarayonda foydalanishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Ahmad Donishning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid ilmiy-falsafiy, pedagogik-psixologik, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini pedagogika, falsafa yo‘nalishlari bo‘yicha tahlil qilish;
Ahmad Donish ilmiy-pedagogik merosi mazmunidan bevosita tarbiya jarayonida foydalanish e’tibordan chetda qolganligini inobatga olib, “Navodir ul-vaqoe” asarini o‘rganish, hikoyat va rivoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
hikoyat va rivoyatlar mazmunini didaktik tahlil qilish asosida barkamol shaxsni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tasniflash;
Ahmad Donishning ta’limiy-axloqiy g‘oyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish yuzasidan pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish hamda olingan natijalar asosida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obekti Ahmad Donish asarlaridagi ta’limiy-axloqiy g‘oyalarning pedagogik mazmunidan oliy ta’lim muassalari pedagogika, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlariga Buxoro davlat pedagogika instituti, Urganch davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika institutlarining(universiteti) 469 nafar respondent talabalari ishtirok etgan.
Tadqiqotning predmeti oliy o‘quv yurtida Ahmad Donishning asarlaridagi ta’limiy-axloqiy g‘oyalar pedagogik mohiyatini o‘rganishning shakl, metod va vositalari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida pedagogik-psixologik va ilmiy manbalar, didaktik materiallar, o‘quv-metodik adabiyotlarni tizimli o‘rganish va tahlil qilish; tajriba-sinov ishlari (so‘rovnoma, pedagogik eksperiment, anketa, test, suhbat) kuzatish, modellashtirish, tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil qilish metodlaridan foydalanildi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ahmad Donish ma’naviy merosini o‘rganishning nazariy imkoniyatlarini pedagogik jihatdan oshirish maqsadida asarlari mazmunida aks etgan ilmiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati pedagogika, falsafa tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tahlil qilingan;
Ahmad Donish ilmiy-pedagogik merosi mazmunidagi g‘oyalar “sabr-qanoat”, “oliyhimmatlilik”, “rostgo‘ylik”, “nafsni engish”, “odamiylik”, “halimlik”, “fahm-farosat”, “adolatparvarlik”, “saxovat” kabi tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilgan hikoya qilish, pand-nasihat qilish, bahs-munozara, tasniflash, bayon qilish, o‘git aytish, namuna keltirish, tanqidiy fikrlash orqali aniqlangan;
hikoyat va rivoyatlar mazmunidagi tarbiyaviy sifatlar “kamtarlik”, “iffat-hayolilik”, “ilm-u hunar”, “oqillarning mehnati” kabi ta’limiy va tarbiyaviy g‘oyalar didaktik tahlili asosida yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik qilishni rivojlantirish tarbiyaning axloqiy, aqliy, nafosat, oila, fuqarolik, ekologik, iqtisodiy, mehnat, vatanparvarlik yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflangan;
Ahmad Donishning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan barkamol shaxsni rivojlantiruvchi ta’limiy-axloqiy g‘oyalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlariga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi oliy pedagogik ta’lim muassasalarida pedagogik turkum fanlarni o‘qitish jarayonida Ahmad Donishning asarlaridagi ta’limiy-axloqiy g‘oyalardan foydalanishning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Navodir ul-vaqoe” asari mazmunida aks etgan didaktik g‘oyalar yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan bo‘lajak barkamol shaxsni tarbiyalash jarayonida foydalanishga oid tavsiyalar “Xalq pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, 333-413-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talabalari hamda pedagogika turkum fanlaridan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “Ahmad Donish va Buxoroda jadidchilik harakatlari tarixi” nomli elektron dastur mazmuniga singdirilgan (Adliya vazirligining 2025-yil 17-noyabrdagi № 56467-sonli guvohnomasi). Natijada, jamiyatda yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik berilib, yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
ma’rifatparvarlardan Ahmad Donishning yangi usul maktablarida, tarbiyada an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish, zamonaviy ta’lim tizimiga allomaning ilg‘or g‘oyalarini tadbiq etishga oid tavsiyalardan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 28 oktyabr 01-11-05/6656 son ma’lumotnomasi). Natijada, allomaning ilg‘or g‘oya va qarashlari orqali oliy ta’limda o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga erishilgan;
Ahmad Donish asarlaridagi “sabr-qanoat”, “oliyhimmatlilik”, “rostgo‘ylik”, “nafsni engish”, “odamiylik”, “halimlik”, “fahm-farosat”, “adolatparvarlik”, “saxovat” tushunchalaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari oila, jamoa, ustoz va shogird munosabatlarini birlashtirish asosida shaxs ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishga doir ilg‘or pedagogik g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi Buxoro viloyat bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi Buxoro viloyat bo‘limining 2025-yil 21-noyabrdagi 01/09/288-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy va umuminsoniy qadriyatlar (hikoyat, rivoyat, hikmatlar, masal) negizida viloyat miqyosida o‘tkazilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, O‘zbek xalqi madaniyatini asrash, milliy an’analar, urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “aql-u donish”, “ilm-u hunar”, “kasb tanlash”, “Oila muqaddas va oilada otaning o‘rni” kabi ta’limiy va tarbiyaviy g‘oyalardan “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvida hamda “Dolzarb mavzu”, “So‘z yoshlarga”, “Ijod zavqi” eshittirishlarida unumli foydalanilgan.