Hazratqulova Ozoda Abdug‘anievnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlari ustida ishlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish”,13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi(o‘zbek tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1015. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc01/2025.27.12.Ped13.01
Ilmiy maslahatchi: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich,pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Jumaev Tursunali  filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlari ustida ishlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlarining didaktik imkoniyatlari lingvistik tushunchalarga pedagogik, psixologik va lingvodidaktik jihatdan yangicha ta’rif berilib, ularning o‘zaro farqi, qo‘llanilish o‘rinlari ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilib,  til ta’limida tutgan o‘rni va vazifalari aniqlashtirilgan;
o‘quv topshiriqlarining funksiyasi bilim ko‘nikma va malaka hosil qilish, savol va topshiriqlardan biror amalni bajarishga yo‘naltirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashga undash hamda til ta’limida nutqiy kompetensiyaning tizimli hosil bo‘lishi va rivojlanishiga erishish mumkinligi umumlashtirilgan;
filologik ta’limda o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish konsepsiyasi ilmiy jihatdan asoslanib, uning metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan holda matn ustida ishlash jarayonida  savol va topshiriqlar tuzish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda nutq vaziyatidan kelib chiqib, savol berishning til ta’limi uchun lisoniy-metodik darajalarining ahamiyati pragmatik usulga ustuvorlik berish asosida ilmiy-metodik afzalliklari dalillangan;
oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlari ustida ishlashning metodik imkoniyatlari talabalarning kommunikativ va kreativ fikrlashini rivojlantirishda matn ustida ishlashni bosqichma-bosqich tashkil etilishi o‘quv topshiriqlardan foydalanishda interfaol va dialogik metodlardan foydalanish, “pragmatik topshiriqlar”, “muammoni echish” va “ijodiy fikrlash”ga doir hamda amaliy mashqlar turlari nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirlgan  zamonaviy texnologiyalar til ta’limini loyihalash vositalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida ilmiy jihatdan aniqlashtirilgan;
oliy filologik ta’limda  o‘quv topshiriqlari ustida ishlash metodikasining samaradorligi ko‘p bosqichli pedagogik tajriba-sinovlar, diagnostik baholash natijalari imperik jihatdan asoslanib, nazariy ma’lumotni amalda qo‘llay olish hamda o‘z fikrini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda ravon va ta’sirchan ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlari ustida ishlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlarining didaktik imkoniyatlari lingvistik tushunchalarga pedagogik, psixologik va lingvodidaktik jihatdan yangicha ta’rif berilib, ularning o‘zaro farqi, qo‘llanilish o‘rinlari ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilib,  til ta’limida tutgan o‘rniga doir xulosadan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihadan foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-oktyabrdagi № 01/4-4877-son ma’lumotnomasi). Natijada, til o‘qitish metodikasi darsliklarining mazmuni, xususan, rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar qismi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
         o‘quv topshiriqlarining funksiyasi bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilsh, savol va topshiriqlardan biror amalni bajarishga yo‘naltirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashga undash hamda til ta’limida nutqiy kompetensiyaning tizimli hosil bo‘lishi va rivojlantirishga doir tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan RZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihanining bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 13 oktyabrdagi № 01/4-4878-sonli ma’lumiotnomasi).  Natijada, filologiya fanlarini o‘qitishga doir o‘quv topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan;       
            filologik ta’limda o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish konsepsiyasi ilmiy jihatdan asoslanib, uning metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan holda matn ustida ishlash jarayonida  savol va topshiriqlar tuzish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda nutq vaziyatidan kelib chiqib, savol berishning til ta’limi uchun lisoniy-metodik darajalarining ahamiyati pragmatik usulga ustuvorlik berish asosida ilmiy-metodik xulosalardan “Til o‘qitish metodikasi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i asosida 55407-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlari tuzish hamda talabalarning mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
      oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlari ustida ishlashning metodik imkoniyatlari talabalarning kommunikativ va kreativ fikrlashini rivojlantirishda matn ustida ishlashni bosqichma-bosqich tashkil etilishi o‘quv topshiriqlardan foydalanishda interfaol va dialogik metodlardan foydalanish, “pragmatik topshiriqlar”, “muammoni echish va ijodiy fikrlash”ga doir hamda “amaliy mashqlar” turlari nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirlgan  zamonaviy texnologiyalar til ta’limini loyihalash vositalarining o‘zaro uyg‘unligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston telaradiokompaniyasining 2026-yil 6-yanvardagi 05-09-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy-metodik jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish