Mirzoraximov Oybek Kaxramonovichning falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “ Pedagogik ta’lim klasteri vositasida umumiy o‘rta ta ta’lim  maktablari o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” (Yoshlarni harbiy – vatanparvarlik  ruhida tarbiyalash konsepsiyasi asosida), 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi.Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5016.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Narimbetova Zaxiya Axmedovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qaxramanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xayitov Bahodir Tursunovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktabi o‘quvchilarida vatanparvarlik ruhini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik usul hamda vositalarni aniqlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan asoslashdan iborat.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zaruriyati zamonaviy ijtimoiy buyurtma va davlat ta’lim siyosatida belgilangan ustuvor vazifalar, globallashuv hamda axborot makonidagi tahdidlar sharoitida yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish ehtiyoji, shuningdek, vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik-psixologik qonuniyatlari hamda ilg‘or xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-nazariy manbalar tahlilini uyg‘unlashtirgan kompleks yondashuv orqali asoslab berilgan;
 o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni (maqsad, tamoyillar, tarkibiy komponentlar va kutiladigan natijalar tizimi) shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va qadriyatga asoslangan ilmiy-pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash, mazkur jarayonning kognitiv-affektiv-xulqiy tarkibini bir butun tizim sifatida talqin etish hamda natijadorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar majmuini aniqlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariy mexanizmlari pedagogik ta’lim klasteri doirasida resurslarni integratsiyalash va institutsional hamkorlikni boshqarish tamoyillariga tayangan holda, xususan, maktab–mudofaa bo‘limlari hamda maktab–harbiy qismlar o‘rtasidagi maqsadli hamkorlik modelini (vazifalar taqsimoti, hamkorlik konturi, tarbiyaviy modul va monitoring aloqalari) ishlab chiqish va ilmiy asoslash orqali yoritib berilgan; 
o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari (indikatorlar, darajalar, diagnostik vositalar) vatanparvarlikning kognitiv (bilim va tasavvur), qadriyat-motivatsion (e’tiqod, munosabat, sadoqat) hamda faoliyat-xulqiy (ijtimoiy faollik, intizom, amaliy xatti-harakat) tarkibiy jihatlarini qamrab olgan integrativ model asosida ishlab chiqilib, baholashning darajalashtirilgan shkalasi, kompleks diagnostik paket (so‘rovnoma, kuzatuv varaqasi, situatsion topshiriqlar) va natijalarni talqin qilish algoritmini belgilash hamda amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni ilmiy asoslash orqali aniqlshtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy ijtimoiy buyurtma va davlat ta’lim siyosatida belgilangan ustuvor vazifalar, globallashuv hamda axborot makonidagi tahdidlar sharoitida yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish ehtiyoji, shuningdek, vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik-psixologik qonuniyatlari hamda ilg‘or xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-nazariy manbalar tahlilini uyg‘unlashtirgan kompleks yondashuv orqali asoslab berilgan o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zaruriyati borasidagi xulosalardan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘quv fanining davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi, 2023-yil 20-iyuldagi 7/178-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning vatanparvarlik to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va qadriyatga asoslangan ilmiy-pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash, mazkur jarayonning kognitiv-affektiv-xulqiy tarkibini bir butun tizim sifatida talqin etish hamda natijadorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar majmuini aniqlashtirish orqali aniqlashtirilgan o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni bo‘icha naklif va tavsiyalar “Rodnoy yazik i deskaya literatura” o‘quv qullanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘I 302-0879 raqamli guvohnoma) Natijada, maktab o‘quvchilarining vatanparvarlik ruhida tarbiyalanganlik darajasining ortishiga erishilgan; 
pedagogik ta’lim klasteri doirasida resurslarni integratsiyalash va institutsional hamkorlikni boshqarish tamoyillariga tayangan holda, xususan, maktab–mudofaa bo‘limlari hamda maktab–harbiy qismlar o‘rtasidagi maqsadli hamkorlik modelini (vazifalar taqsimoti, hamkorlik konturi, tarbiyaviy modul va monitoring aloqalari) ishlab chiqish va ilmiy asoslash orqali yoritib berilgan o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariy mexanizmlariga oid xulosalar “Pedagogikai umumӣ” o‘quv qullanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘I 212962 raqamli guvohnoma).  Natijada, maktab o‘quvchilarini vatanparvarik ruhida tarbiyalash, ularning rivojlanganligini uzlyuksiz nazorat qilish texnologiyasi asosida o‘quv jarayoni samaradorligi oshgan.
 vatanparvarlikning kognitiv (bilim va tasavvur), qadriyat-motivatsion (e’tiqod, munosabat, sadoqat) hamda faoliyat-xulqiy (ijtimoiy faollik, intizom, amaliy xatti-harakat) tarkibiy jihatlarini qamrab olgan integrativ model asosida ishlab chiqilib, baholashning darajalashtirilgan shkalasi, kompleks diagnostik paket (so‘rovnoma, kuzatuv varaqasi, situatsion topshiriqlar) va natijalarni talqin qilish algoritmini belgilash hamda amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni ilmiy asoslash orqali aniqlshtirilgan o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlariga oid takliflar “Zaboni modarӣ dar sinfhoi ibtidoӣ”, “Metodika prepodavaniya rodnogo yazika v nachal`nix klassax” o‘quv qullanmalari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘I,445687745241066684 raqamli guvohnoma; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i,129840 raqamli  guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarni vatanparvarik ruhida tarbiyalash (guruhiy, insonparvar jamoviy, individual tarbiya)ning pedagogik aspektlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish