Xayrullaev Umidulla Toxir uglining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chap qorincha otish fraksiyasi past, yurak qopqog‘lari patologiyasi bo‘lgan bemorlarda davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.06 – Kardiologiya va 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/ Tib5127.
Ilmiy rahbarlar: Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori; Sharipov Islom Mamatxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Xubulava Gennadiy Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Rossiya Federatsiyasi); Kurbonov Abdukodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadkiqotning maqsadi: «Beating Heart» usuli yordamida chap qorincha otish fraksiyasi pasaygan va yurak qopqolari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarning jarroxlik davolashini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadkiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yurak nuqsonlari bo‘lib chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda “beating heart” texnikasini kasallikning klinik kechishiga ijobiy roli aniqlangan;
ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda turli kardiodjarroxlik texnikasi qo‘llanilganda perioperatsion o‘lim va asoratlarning yangi prediktorlari (yuqori sezuvchan troponin I >0,12 ng/ml, NT-proBNP >8500 pg/ml) aniqlangan;
ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda “beating heart” va kardioplegiya texnikasini yurak zararlanishi markyorlariga qiyosiy ta’siri aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda “beating heart” va kardioplegiya texnikasini xayot sifatiga va yashovchanlikka ta’siri baxolanib, “beating heart”ning ushbu ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadkiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 16-fevraldagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №18/20 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak nuqsonlari bo‘lib chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda “beating heart” texnikasini kasallikning klinik kechishiga ijobiy roli aniqlangan bo‘lib, ushbu taktika bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 9 iyuldagi 6-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Yurak qopqoqlari patologiyasi va chap qorincha chiqarish fraksiyasi past bo‘lgan bemorlarda yurak qopqoqlari jarroxligida Beating Heart texnikasidan foydalanib operatsiya o‘tkazish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.10.2025-yildagi 14 - sonli buyruq, hamda, Jizzax filialiga 10.10.2025-yildagi 15 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shunday qilib, ijtimoiy samaradorlik bemorlar uchun prognozni yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va kasalxonaga yotqizilishlar soni hamda statsionarda bo‘lish muddatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: SYuE bilan og‘rigan bemorlarni yangi xirurgik texgika yordamida olib borish natijasida yillik shifoxonaga yotqizilish soni kamayishiga, shu bilan birga, bemorlarning statsionar davolanish kunlari soni kamayishiga erishiladi. Agar shifoxonada 1 kunlik yotoq kuni narxi 247000 so‘m bo‘lsa, 10 kun davolanish 2470000 so‘m bo‘ladi, SYuE medikamentoz davosi uchun kuniga o‘rtacha 150000-200000 so‘m sarflanishini hisobga olsak, 10 kun uchun 1500000- 2000000 so‘m bo‘ladi, SYuE tashxislash uchun esa 1 bemorga o‘rtacha 1500000- 2000000 so‘m sarflanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda turli kardiodjarroxlik texnikasi qo‘llanilganda perioperatsion o‘lim va asoratlarning yangi prediktorlari (yuqori sezuvchan troponin I >0,12 ng/ml, NT-proBNP >8500 pg/ml) aniqlangan bo‘lib, ushbu taktika bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 9 iyuldagi 6-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Yurak qopqoqlari patologiyasi va chap qorincha chiqarish fraksiyasi past bo‘lgan bemorlarda yurak qopqoqlari jarroxligida Beating Heart texnikasidan foydalanib operatsiya o‘tkazish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.10.2025-yildagi 14 - sonli buyruq, hamda, Jizzax filialiga 10.10.2025-yildagi 15 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shunday qilib, ijtimoiy samaradorlik bemorlar uchun prognozni yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va kasalxonaga yotqizilishlar soni hamda statsionarda bo‘lish muddatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: SYuE bilan og‘rigan bemorlarni yangi xirurgik texgika yordamida olib borish natijasida yillik shifoxonaga yotqizilish soni kamayishiga, shu bilan birga, bemorlarning statsionar davolanish kunlari soni kamayishiga erishiladi. Agar shifoxonada 1 kunlik yotoq kuni narxi 247000 so‘m bo‘lsa, 10 kun davolanish 2470000 so‘m bo‘ladi, SYuE medikamentoz davosi uchun kuniga o‘rtacha 150000-200000 so‘m sarflanishini hisobga olsak, 10 kun uchun 1500000- 2000000 so‘m bo‘ladi, SYuE tashxislash uchun esa 1 bemorga o‘rtacha 1500000- 2000000 so‘m sarflanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda “beating heart” va kardioplegiya texnikasini yurak zararlanishi markyorlariga qiyosiy ta’siri aniqlangan bo‘lib, ushbu taktika bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 9 iyuldagi 6-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Yurak qopqoqlari patologiyasi va chap qorincha chiqarish fraksiyasi past bo‘lgan bemorlarda yurak qopqoqlari jarroxligida Beating Heart texnikasidan foydalanib operatsiya o‘tkazish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.10.2025-yildagi 14 - sonli buyruq, hamda, Jizzax filialiga 10.10.2025-yildagi 15 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shunday qilib, ijtimoiy samaradorlik bemorlar uchun prognozni yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va kasalxonaga yotqizilishlar soni hamda statsionarda bo‘lish muddatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorlig: SYuE bilan og‘rigan bemorlarni yangi xirurgik texgika yordamida olib borish natijasida yillik shifoxonaga yotqizilish soni kamayishiga, shu bilan birga, bemorlarning statsionar davolanish kunlari soni kamayishiga erishiladi, bu esa yiliga har 100 bemor uchun 53000000 so‘m, yoki 1 nafar bemorga 530000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha otish fraksiyasi 40% past bo‘lgan bemorlarda “beating heart” va kardioplegiya texnikasini xayot sifatiga va yashovchanlikka ta’siri baxolanib, “beating heart”ning ushbu ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri aniqlangan bo‘lib, ushbu taktika bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 9 iyuldagi 6-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Yurak qopqoqlari patologiyasi va chap qorincha chiqarish fraksiyasi past bo‘lgan bemorlarda yurak qopqoqlari jarroxligida Beating Heart texnikasidan foydalanib operatsiya o‘tkazish» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.10.2025-yildagi 14 - sonli buyruq, hamda, Jizzax filialiga 10.10.2025-yildagi 15 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shunday qilib, ijtimoiy samaradorlik bemorlar uchun prognozni yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va kasalxonaga yotqizilishlar soni hamda statsionarda bo‘lish muddatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorlig: SYuE bilan og‘rigan bemorlarni yangi xirurgik texgika yordamida olib borish natijasida yillik shifoxonaga yotqizilish soni kamayishiga, shu bilan birga, bemorlarning statsionar davolanish kunlari soni kamayishiga erishiladi, bu esa yiliga har 100 bemor uchun 53000000 so‘m, yoki 1 nafar bemorga 530000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.